Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS TARMOQ TOPOLOGIYASI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
TARMOQ TOPOLOGIYASI
TARMOQ TOPOLOGIYASI
167
26-dars. TARMOQ TOPOLOGIYASI
Tarmoqdagi kompyuter va boshqa qurilmalarning bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashuvi 
tarmoq topologiyas
i deb ataladi. 
Keng tarqalgan tarmoq topologiyalari: umumiy shina (Bus), halqa (Ring), yulduz (Star), to‘rli 
(Mesh), aralash (Gibrid).
Shina (bus) topologiyasi
Tugun 
(ing. host) – ma’lumotlarni qabul qilish, о‘tkazish, turli tarmoq yо‘nalishlariga 
yuborish imkoniyatlariga ega har qanday ixtiyoriy tarmoq qurilmasi. 
Mazkur topologiyada barcha ishchi stansiyalar umumiy shinaga ulangan bо‘lib, axborot 
almashuv shu chiziq orqali amalga oshiriladi. Shinali topologiyada axborot uzatish anchagina 
oson, lekin umumiy shina vositasi bir talay qimmat hisoblanadi. 
Agar kompyuterlar bitta kabel (segment) bo‘ylab ulangan 
bo‘lsa, bunday topologiya 
shina
(bus) deb ataladi. Bitta 
kabel barcha tugunlarni birlashtiradi. Shina topologiyasida 
har bir qurilma shina deb ataluvchi umumiy aloqa kanaliga 
parallel ulanadi. Har bir kompyuter shinadan boshqa 
bitta kompyuter bilan bog‘lanish uchun foydalanadi. 
Shina topologiyasida ma’lumotlar har ikkala yo‘nalishda
uzatiladi. Bu degani, ma’lumotlarni shinaga ulangan har qanday tugun qabul qilishi mumkin.
Afzalliklari
Kamchiliklari
– oson o‘rnatiladi va 
kengaytiriladi;
– kabel kam miqdorda 
ishlatiladi;
– sodda va kafolatli.
– kabelning ishdan chiqishi tarmoq ishini to‘xtatadi; 
– ma’lumotlarning ko‘pligi o‘tkazish qobiliyatini susaytiradi; 
– sekin ishlaydi; 
– oson sinadi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


I I I BOB. 
TARMOQ TOPOLOGIYASI
168
Halqa (ring) topologiyasi 
Agar kompyuterlarda kabel halqa tarzida ulangan bo‘lsa, 
bunday topologiya 
halqa 
(ring) deb ataladi. Barcha kompyuterlar 
bir-biri bilan halqa bo‘ylab ketma-ketlikda bog‘lanadi. 
Ma’lumotlarni uzatish ham ketma-ketlik asosida amalga oshadi. 
Ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda (soat yo‘nalishi bo‘yicha 
yoki teskari yo‘nalishda) uzatilishi mumkin. Agarda halqasimon 
tarmoqdagi stansiyalardan birortasida nosozlik kelib chiqsa, bu 
butun tarmoqqa ta’sir qiladi.
Tarmoqqa ulanadigan stansiyalar soni o‘rnatilgan bosh boshqaruvchi kompyuterning quvvati 
va dastur ta’minotiga bog‘liq. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin