Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS TARMOQ TOPOLOGIYASI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
TARMOQ TOPOLOGIYASI
TARMOQ TOPOLOGIYASI
171
1. Topologiya nima va qanday maqsadlarda ishlatiladi?
2. Yulduz topologiyasi nima va uning afzalliklari nimada?
3. Halqa topologiyasi nima va uning afzalliklari nimada?
4. Gibrid topologiyasi qanday topologiya?

Topshiriqlar
1.
Tavsif qaysi topologiyaga tegishli? 
"Agar birorta tugun sinsa, butun tarmoq buziladi".
a) halqa;
b) shina;
d) yulduz;
e) tо‘rli.
2.
Tavsif qaysi topologiyaga tegishli? 
"Agar markaziy qurilma ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlamay qoladi".
a) halqa;
b) shina;
d) yulduz;
e) tо‘rli.
3.
Tavsif qaysi topologiyaga tegishli? 
"Agar markaziy kabel ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlamay qoladi".
a) halqa;
b) shina;
d) yulduz;
e) tо‘rli.
4.
Ikki qavatli bino uchun gibrid topologiya chizing (xonalar sonini ixtiyoriy ravishda 
olishingiz mumkin).
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


I I I BOB. 
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
172
Tarmoqdagi har bir tugun yagona nom bilan aniqlanishi lozim. Shunda tarmoq qurilmasi 
yuboruvchi va qabul qiluvchini aniqlay oladi va ma’lumotlarni uzatish uchun yо‘nalish yo‘lini 
belgilaydi. Tarmoqdagi tugunlar nomining yagonaligini ta’minlash maqsadida IP-manzillash 
deb nom olgan tizim qo‘llaniladi.
 IP-manzil
IP-manzil Internet protokolidan foydalanadigan tarmoqning har bir tuguniga beriladi. IP-man
-
zili ma’lum bo‘lgan kompyuter bilan dunyoning istalgan nuqtasidan aloqa qilish mumkin. 
Biroq MAC manzilidan farqli o‘laroq, tugun bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa ko‘chirilsa, 
IP-manzil o‘zgarishi mumkin. Bu takrorlanmas IP-manzillar qurilma (kompyuter, svitch, router, 
...)da emas, balki tarmoq interfeysida bо‘ladi.
IP manzillarning hozirda ikki turi mavjud:
1) IPv4 (Internet protokolining 4-avlodi).
2) IPv6 (Internet protokolining 6-avlodi).
IP-manzilning dastlabki 4-versiyasi qisqacha IPV4 deb nomlanadi. IPV4 manzil 32 bitli uzun-
likka ega bo‘lib, uni 8 bitdan iborat 4 ta qismga bo‘lish va o‘nlik raqamlar ko‘rinishida yozish 
mumkin. Yozilishda ular bir-biridan nuqta bilan ajratiladi va 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlarni 
qabul qiladi. Bu manzil kompyuterni aniqlash uchun yetarli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin