Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-bosqich. Aloqa vositalarini aniqlash



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-bosqich. Aloqa vositalarini aniqlash
Qanday aloqa vositalaridan foydalanmoqchisiz: simli, simsiz yoki aralash? 
– Simli aloqa vositalari simsiz aloqa vositalariga nisbatan yuqori о‘tkazuvchanlik qobiliyatiga 
ega. 
– Tashkil etilayotgan kompyuter tarmog‘ida kompyuterlar soni kо‘p bo‘lib, ular о‘rtasida katta 
hajmdagi fayllarni almashish zarur bо‘lsa, yuqori о‘tkazuvchanlikka ega simli aloqa vositasi 
kerak bо‘ladi. 
2-bosqich. Tarmoq arxitekturasini aniqlash
Tashkil etilayotgan tarmoq qaysi arxitektura asosida bо‘ladi. Mijoz/server arxitekturasidami 
yoki bir xil darajali. Bunda:
1) katta tashkilotga fayllar, elektron pochta xabarlari va boshqalarni saqlash uchun server 
kerak bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bitta printer orqali boshqa kompyuterlarning hamkorlikda 
ishlashini tashkil etish mumkin;
2) uy tarmog‘i yoki kichik ofis tarmog‘ini tashkil etishda serverga ehtiyoj bо‘lmaydi. Har bir 
kompyuter ma’lumotlarini o‘zida saqlaydi, elektron pochtaga esa Internet orqali kirish mum-
kin;
3) server xizmat kо‘rsatish uchun unga tarmoq administratori kerak bо‘ladi, lekin u qimmatga 
tushishi mumkin. 


3-DARS
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
181
– Tashkil etilayotgan kompyuter tarmog‘ida kompyuterlar soni kam bo‘lib, ular о‘rtasida kichik 
hajmdagi fayllarni almashish zarur bо‘lsa, simsiz aloqa vositasi yetarli bо‘ladi. 
– Noutbuk, planshet kabi kо‘chma qurilmalar uchun esa simsiz aloqa vositasi foydaliroq.
– Simsiz aloqada bino devorlari tо‘sqinligi oqibatida signal pasayishi, ma’lumotlarni ting-
lash ehtimoli mavjudligi sababli xavfsizlik ta’minlanmasligi mumkin. 
Yuqoridagi sabablarni e’tiborga olgan holda tarmoqni aralash holda tashkil etish mumkin. 
4-bosqich. Tarmoq qurilmalarini aniqlash 
– Agar tarmoq mijoz/server arxitekturasiga asoslangan bо‘lsa, u holda server qurilmasi kerak 
bо‘ladi.
– Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biriga bog‘lash uchun router, svitch yoki xab qurilmalaridan 
biri kerak bо‘ladi. 
– Xab arzon, lekin kam samarador bо‘lganligi uchun kam sondagi kompyuterlar uchun yaxshi 
variant.
– Svitch xabga nisbatan qimmatroq va samaradorroq bо‘lganligi uchun, taxminan, 20–30 ta 
kompyuterni ulashda foydaliroq.
– Router esa xab va svitchga nisbatan eng samaralisi hisoblanadi, lekin uni sozlash uchun 
tarmoq administratori kerak bо‘ladi. Routerlar, asosan, kо‘p sonli kompyuterlarni birlashtirish 
va boshqa tarmoqqa ulanish uchun kerak bо‘ladi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin