Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)


Topshiriqlar
1.
Ko‘chmas mulk sotuvi ofisi 3 nafar rieltori kompyuter bilan ta’minlangan. Ofisning 
menejerlar xonasida 2 nafar menejerning noutbuki va smartfoni bor. Statsionar 
kompyuterlar Internetga kirishi kerak. Menejerlar xonasida server kompyuteri va 
unga ulangan boshqa kompyuterlar foydalanishi mumkin bo‘lgan printer mavjud. 
Ushbu ofis tarmog‘i loyihasini tuzing.
2.
Uyingizda mavjud qurilmalarning Internetga kirishini ta’minlash uchun tarmoq 
loyihasini tuzing.
UYGA VAZIFA
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR


3-DARS
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
185
3.
Sobirning kompyuteriga Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U kompyuteriga 
Google Chrome brauzerini o‘rnatdi. U Uztelecom kompaniyasi bilan 1 yillik 
shartnoma tuzgan. Sobir kompyuterini Internetga ulamoqchi.
1) Sobir Internetga ulanish uchun dasturiy ta’minotga egami? 
2) Internetga ulanish uchun Sobirga kompyuteridan tashqari yana qanday 
qo‘shimcha qurilmalar kerak bo‘ladi? 


I I I BOB. 
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
186
30–31-darslar. INTERNET VA UNING XIZMATLARI
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun 
jahon bo‘ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborot muhitiga birik
-
tirish imkoniyati tug‘ildi. Foydalanuvchi nuqtayi nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, Internet, 
birinchidan, tarmoq mijozlariga o‘zaro ma’lumot almashish, virtual muloqot qilish imkonini 
yaratib beruvchi “axborot magistrali”vazifasini o‘taydi, ikkinchidan, unda mavjud ma’lumotlar 
bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari, Internet bugungi 
kunda dunyo bozorini o‘rganish, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng 
muhim vositalaridan biriga aylanib ulgurdi.
Internet
( ingl. 
International Network
– xalqaro kompyuter tarmog‘i) – yagona andaza 
asosida yuqori darajadagi kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi jahon global 
kompyuter tarmog‘i.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin