Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS  BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
 BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI
 BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI
201
Platforma – xizmat sifatida
(ingl. 
PaaS – Platform as a Service
).
PaaS foydalanuvchiga operatsion tizim, 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va 
turli dasturiy ta’minotlar o‘rnatilgan virtual 
serverlarni taqdim etadi. PaaS ishlab 
chiqaruvchiga har qanday dasturlash tilidan 
foydalanish erkinligini, dasturlarni tezkor va 
tejamkor ravishda ishlab chiqish, sinash va 
joylashtirish uchun platforma yoki muhitdan 
foydalanish imkoniyatlarini beradi. Deylik, 
dinamik veb-sayt yaratish uchun o‘zida veb-
texnologiya hamda ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimini jamlagan veb-serverni o‘rnatish hamda sozlash talab etilmoqda. PaaSda 
foydalanuvchiga tayyor o‘rnatilgan dastur taqdim etiladi, u esa ushbu dastur va uning 
konfiguratsiyasi ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishi mumkin. Bunday holat dasturchilarni 
asosiy apparat va dasturiy ta’minotni sotib olish hamda o‘rnatishdan xalos etadi. 
PaaSning eng mashhur namunalari: Amazon Web Services (AWS), Google App Engine, 
Microsoft Azure, Heroku, OpenShift, Jelastic, Apache Stratos.
texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash uchun xarajatlar tejaladi. 
Hozirgi IaaS bozori yetakchilari: Amazon EC2, Google Compute Engine, IBM Smart Cloud, 
IBM Cloud va Cisco Metapod. 
Dasturiy ta’minot – xizmat sifatida
(ingl. 
SaaS- Software as a Service
).
SaaS foydalanuvchini Internet orqali uzoqdan 
turib litsenziyali dasturiy ta’minotdan foydalanish 
imkoniyati bilan ta’minlaydi. SaaS bugungi 
kunda xizmat ko‘rsatishning eng mashhur 
shakli hisoblanadi. Odatda, SaaS qo‘shimcha 
dasturlarni yuklab olishni talab qilmaydi, chunki 
dasturlarning katta qismi brauzerda ishlaydi. 
PaaS singari SaaSda ham foydalanuvchiga 
dasturiy ta’minotning kerakli konfiguratsiya 
sozlamalariga kirish huquqi beriladi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin