Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Bulutli hisoblash
– hisoblash resurslari (ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, serverlar, 
ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, ilova va xizmatlar)dan foydalanishda axborot 
texnologiyalari xizmatlarini vebga asoslangan vositalar orqali taqdim etish modeli. Bulutli 
hisoblash resurslari bir nechta serverda joylashgan bo‘lib, ular markazlashtirilgan holda 
boshqariladi. 
33-dars. BULUTLI HISOBLASH 
TEXNOLOGIYALARI
Texnologiyalar rivojlanishiga mutanosib ravishda insonlarning ma’lumot olishga bo‘lgan 
ehtiyojlari ham ortmoqda. Bugungi kunda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va 
saqlash uchun shaxsiy kompyuterlar texnik imkoniyatlari yetarli bo‘lmay qoldi. Bunday 
holat inson faoliyati turli sohalaridagi izlanishlarini osonlashtirish maqsadida bulutli (cloud) 
texnologiyalarning yaratilishiga olib keldi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


3-DARS
 BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI
 BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI
199
amalga oshiriladi, mijoz u orqali ijaraga olingan resurslarni mustaqil ravishda boshqarishi va 
sozlashi mumkin.
Bulutli hisoblash texnologiyalari qo‘llanilish sohasiga ko‘ra, ommaviy, xususiy, jamoaviy va 
gibrid turlarga ajratiladi. 
Ommaviy bulut
(ingl. 
Public Cloud
) – keng jamoatchilik tomonidan, ya’ni ko‘p 
foydalanuvchilar birgalikda erkin foydalanish 
uchun mo‘ljallangan infratuzilma. 
Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi 
ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat 
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, 
barcha mas’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. 
Foydalanuvchi esa foydalanayotgan resurslari 
uchun haq to‘laydi. Ommaviy bulut xizmatlarini 
taklif etuvchi tizimlar: Amazon elastic compute 
cloud (EC2), IBM SmartCloud Enterprise, 
Microsoft, Google App Engine, Windows Azure 
Services Platform. 
Xususiy bulut
(ingl. 
Private Cloud
) — odatda, 
tashkilot, biznes yoki individual ish muhiti uchun 
mo‘ljallangan infratuzilma. Unda xavfsizlik 
ommaviy bulutga nisbatan kuchaytirilgan. Xususiy 
bulut xizmatlarini taklif etuvchi tizimlar: HP Data 
Centers, Microsoft, Elastra-private cloud va 
Ubuntu. 
Gibrid bulut
(ingl. 
Hybrid Cloud
) – ikki yoki undan 
ortiq turli (xususiy, jamoaviy yoki ommaviy) 
bulutlardan bir vaqtda foydalanishga mo‘ljallangan 
bulutli infratuzilmalar kombinatsiyasi. Odatda, 
gibrid bulut tashkilot tomonidan yaratiladi, ularni 
boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa tashkilot 
bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi xizmat 
o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga 
tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Gibrid bulut xizmatlarini taklif etuvchi tizimlar: 
Google Application Suite (Gmail, Google Apps va Google Drive), Office 365 (MS Office on the 
Web va One Drive), Amazon Web Services.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin