Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Periferik qurilma
– kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi qurilma. 
Immersivlik
– insonning o‘zini virtual voqelikda his qilishi. 
Interfaollik
– insonning real vaqtda virtual voqelikdagi obyektlar bilan o‘zaro muloqotda 
bo‘lishi, ularga ta’sir ko‘rsatishi.
Inson miyasidagi neyronlar virtual elementlarga haqiqiy dunyo elementlariga javob bergani 
kabi javob beradi. Shuning uchun inson virtual muhitni idrok etadi va virtual olam ichra sodir 
bo‘layotgan voqealarga haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealar singari munosabatda bo‘ladi .
Virtual olam
– foydalanuvchi tomonidan yaratilgan 3D virtual muhit. Virtual olam haqiqiy 
dunyoga qanchalik yaqin hamda interfaol, tezkor, xatolarsiz bo‘lsa, foydalanuvchi virtual 
olamga shunchalik oson singib keta oladi. Agar insonning uchishi, balandlikdan sakrab o‘tishi 
kabi jarayonlar real hayotdan uzoq bo‘lsa, haqiqiy virtual voqelikni yaratib bo‘lmaydi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


3-DARS
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
227
VIRTUAL VOQELIK TURLARI
Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik 
(ingl.
 Non-immersive Virtual Reality
) – insonning 
o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda kompyuter orqali virtual muhitdagi qahramon yoki 
harakatlarni boshqarishi. Bunda virtual muhit inson bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmaydi. 
Bunga kompyuter o‘yinlaridagi qahramonlarni boshqarishni misol keltirish mumkin, ya’ni 
virtual muhit bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani o‘yin qahramoni amalga oshiradi, foydalanuvchi 
esa virtual muhit bilan texnik jihatdan aloqada bo‘ladi. 
To‘liq immersiv virtual voqelik (
ingl. 
Fully Immersive Virtual Reality
) – immersiv bo‘lmagan 
virtual voqelikning aksi. Bunday voqelik haqiqiy virtual tajribani ta’minlaydi. Bunda odam 
o‘zini virtual dunyoda jismonan mavjuddek, u yerda sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok 
etayotgandek sezadi. Haqiqiy virtual tajribani ta’minlash uchun sensorli detektorlar bilan 
jihozlangan VR ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar, virtual kostyum kabi maxsus uskunalar talab 
qilinadi. Sensorlardan olingan ma’lumotlar kompyuter tomonidan qo‘llaniladi va virtual dunyo 
foydalanuvchilarga real virtual tajribani taqdim etish uchun real vaqtda javob beradi. Masalan, 
virtual o‘yin maydonida maxsus virtual qurilmalardan foydalangan holda virtual muhit va 
undagi qahramonlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin