Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
223
ravishda boshqarish uchun datchiklar 
konferensiya xonasi to‘lganligini aniqlashi, 
konditsionerni yoqishi yoki ishxonaning 
barcha xodimlari uyiga ketgan bo‘lsa, 
issiqlikni o‘chirishi mumkin.
Aqlli dehqonchilik.
Qishloq xo‘jaligida 
IoTga asoslangan aqlli dehqonchilik 
tizimlari faoliyat yuritadi. Masalan, 
sensorlar ekin maydonlarining yoritilishi, 
harorati, namligi hamda tuproq namligini 
kuzatishda yordam beradi. IoT sug‘orish 
tizimlarini avtomatlashtirishda ham muhim 
ahamiyatga ega.
Aqlli shaharlar.
Shaharlarning jadal 
kengayishi natijasida ulardagi yuk kun sayin 
ortib bormoqda. Bu esa yer osti suvlari, 
chiqindilar, havoning ifloslanishi, sog‘liqni 
saqlash va sanitariya, transport tirbandligi, 
jamoat xavfsizligi va uni boshqarish kabi 
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday muammolar dunyodagi ko‘plab shaharsozlarni 
shaharlarni barqaror boshqarish, inson yashashi uchun qulaylashtirish yo‘llarini izlashga 
majbur qilmoqda.
Aqlli shahar g‘oyasi resurslarni samarali boshqarish va taqsimlash uchun IoT bilan birga 
kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. 
Aqlli shahardagi aqlli bino zilzila silkinishini aniqlash uchun datchiklardan foydalanadi. Aqlli 
ko‘prik simsiz datchiklari yordamida bo‘shagan murvat, simlarni yoki yoriqlarni aniqlaydi. 
Bu haqida SMS orqali tegishli idoralarni ogohlantiradi. Aqlli tunnel simsiz datchiklardan 
foydalanib, tunneldagi har qanday tirbandlikka baho beradi. Datchik ma’lumoti sensorli 
tugunlar tarmog‘i orqali simsiz signal sifatida markazlashtirilgan kompyuterga qo‘shimcha 
tahlil uchun yuborilishi mumkin. Aqlli shaharda IoT datchiklari aqlli ko‘cha chiroqlaridagi aqlli 
hisoblagichlar trafigini kamaytirish, energiyani tejash, atrof-muhit muammolarini hal etish va 
sanitariya holatini yaxshilashga yordam beradi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin