Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

QR
-kod (ingl. 
Quick Response
– tezkor javob) – maxsus tarzda kodlangan, kvadrat 
ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumot.
GPS
(ing. 
Global Positioning System
– global joylashishni aniqlash tizimi) – dunyo 
bo‘ylab masofa, vaqt va joylashishni belgilaydigan sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi.
DIQQAT


3-DARS
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
233
QR-skaner orqali skaner qilish bilan kod joylashgan sayt, buyum, reklama yoki biror narsa 
haqidagi ma’lumotni gipermurojaat orqali smart qurilma yordamida qidirib topish mumkin.
Ular real dunyo bilan raqamli axborot va kommunikatsiya kanallarini bog‘lab turadi. 
QR-kodni yaratish uchun kerakli axborot o‘lchami aniqlab olinadi va maxsus generator 
dasturidan foydalaniladi. Masalan, qrcoder.ru sayti orqali QR-kodni onlayn tarzda yaratish 
mumkin.
Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar QR-kodli ma’lumotlarni oson o‘qiy oladi. 
Buning uchun QR-kodni o‘qiydigan dasturni ishga tushirish yetarli. 
Zamonaviy to‘ldirilgan voqelik texnologiyasi axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi 
o‘zgarishlar tufayli har xil turlarga ega. 
Markerga asoslangan to‘ldirilgan voqelikni 
ishga tushirish uchun ko‘pincha QR-
kodlaridan yoki boshqa shu kabi naqshlar 
bilan yaratilgan markerlardan foydalaniladi. 
Tabiiy dunyodagi marker rasmga olingan 
vaqtda to‘ldirilgan voqelik ilovasi tomonidan 
ushbu marker tanib olinadi va unga mos 
raqamli kontent ishga tushadi.
Tasvirga asoslangan AR markerga 
asoslangan ARga nisbatan biroz 
takomillashgan bo‘lib, u foydalanuvchiga 
virtual obyektni ixtiyoriy joyga joylashtirish 
imkonini beradi. 
Ushbu AR turida tasvirlar marker vazifasini 
bajaradi. Uning yordamida virtual muhitni 
aniqlab, virtual obyektlarni joylashtirish 
mumkin. Tasvirga asoslangan ARga namuna sifatida tibbiyot kitoblaridagi tasvirlarning 
jonlantirilishini misol keltirish mumkin.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin