Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kompyuter xavfsizligi – kompyuterdagi 
ma’lumotlarni tasodifiy yoki qasddan o‘chirish, 
o‘zgartirish, zararlash yoki yo‘q qilishdan 
himoyalash.
Zararli dastur – kompyuter tizimi va unda 
saqlanadigan fayllarga zarar yetkazish yoki 
buzish uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kompyuter virusi – о‘z-о‘zidan kо‘payuvchi, 
kompyuter tarmoqlari va axborot 
tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi hamda 
kompyuter, unda saqlanayotgan axborot va 
dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi 
yoki buyruqlar ketma-ketligi.


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
267
xususiyati, asosan, virusli dasturlarga xos. Virus, aksariyat hollarda, nosozlik va buzilishlarga 
sabab bо‘ladi. U qandaydir hodisa yuz berishi bilan, masalan, oldindan belgilangan aniq kun 
(vaqt) kelishi bilan ishga tushishi mumkin. Ko‘plab virusli dasturlar ma’lumotlarni yo‘q qiladi 
yoki kompyuterining normal ishlashiga yo‘l bermaydi. 
Viruslar qayerdan paydo bo‘ladi? Ularni malakali darsturchilar o‘z g‘arazli niyatlarini 
amalga oshirish, kimdandir o‘ch olish, turli tashkilot va korxonalarda raqobat va zararlarni 
keltirib chiqarish hamda pul ishlash maqsadida “yozadi”. Virus “yozuvchi” shaxs 
virmeyker
 
deb ataladi. 
1-rasm.
Zararli dasturlarning kompyuterga kirishi yo‘llari
Virusning kompyuterdagi “hayot tarzi”, asosan, 4 bosqichda kechadi:
Foydalanuvchi kompyuteridagi Internet yoki tanishlaridan olgan virusli dasturni ishga 
tushiradi. Bu bosqichda virus dasturi ishlamaydi, faqat foydalanuvchi kompyuteri yoki 
dasturiy ta’minotiga kirib oladi va hech qanday harakat qilmaydi. 
Dasturni yuklashdan oldin yoki keyin virus faollashadi va 
ko‘payishni boshlaydi

Virus 
o‘z nusxalarini boshqa dastur yoki diskdagi ma’lum tizim maydonlariga joylashtiradi. 
Virus 
kompyuterga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha fayllarni topadi va o‘zini faylning boshi 
yoki oxiriga yozib qo‘yadi. Hujum qiladigan belgilangan sana kelganda, virus vayronkorlik 
harakatlarini amalga oshiradi. Belgilangan sana tugaguncha virus turli kichik-kichik 
zararlarni amalga oshiradi, masalan, qattiq diskdagi kichik maydonlarni “shifrlashi” mumkin. 
uxlash,
turg’unlik
ishga
kirishish
vayron qilish
ko‘payish



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin