Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi
Ma’lumotlarni o‘g‘irlash ikki xil jinoyatni nazarda tutishi mumkin: 
1) uchinchi tomon ruxsatsiz sizning Internet tarmog‘ingizga ulanib olishi va foydalanishi 
natijasida ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanadi. Ma’lumot o‘g‘irlanishidan himoya qilish uchun login va 
parol yordamida tarmoqni himoya qiling; login va parolingizning sir saqlanishiga ishonch hosil 
qiling va uni o‘zingiz ishonmaydigan odamlarga bermang. Agar kimdir tarmog‘ingizga ulanib 
olganligiga shubha qilsangiz, login va parolingizni tez o‘zgartiring; 
2) 
hotlink 
bo‘lib, bunda kimdir o‘z veb-saytidagi fayl yoki videoni sizning veb-saytingizga 
bog‘lab qo‘yadi. Foydalanuvchi faylni yuklab olish yoki video ko‘rish uchun linkni bosganda


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
309
har gal sizning Internet tarmog‘ingizdan foydalanadi.
“Shaxs” o‘g‘irlanishi
"Shaxs o‘g‘irlanishi" – kimdir o‘zini sizning “o‘rningiz”ga qo‘yib olishi, ya’ni tarmoqlarda 
“siz” bo‘lib harakat qilishi. Boshqacha aytganda, begona shaxslar sizning shaxsiy 
ma’lumotlaringizdan foydalanib, o‘zini “siz qilib” ko‘rsatadi. Bu ma’lumotlar o‘g‘irlanishiga 
juda o‘xshaydi. Bunda jinoyatchi noqonuniy ravishda sizning to‘liq ism-familiyangiz, bank 
rekvizitlaringiz, tug‘ilgan sanangiz, parollaringiz, elektron pochta manzilingiz va bank kartangiz 
haqida ma’lumotlarni oladi va ulardan foydalanib, telefon yoki bank hisob-raqamingizga kirish, 
pullaringizni o‘g‘irlash, ma’lumotlaringizni boshqalarga sotish kabi jinoyatlarni sodir etadi.
Internet orqali sodir etiladigan ayrim firibgarlik usullari va ulardan himoyalanish yo‘llari
1. Yordam so‘rash.
 
Ijtimoiy tarmoq yoki veb-saytlarga yordam so‘rab e‘lon beriladi va 
unda pul o‘tkazish uchun bank kartalari yoki uning raqami joylashtiriladi. Ko‘pincha, e‘londa 
haqiqiy muhtoj insonlarga tegishli ma’lumotlar joylansa, pul o‘tkazish uchun esa firibgarga 
tegishli bank rekvizitlari taqdim etiladi. 
Himoyalanish yo‘li.
 
Pul o‘tkazmasdan avval muallifga 
qo‘ng‘iroq qilib, batafsil ma’lumot olishga harakat qiling.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin