I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
311
Kompyuter texnologiyalarining
rivojlanishi
natijasida hujjatlarning aksariyati raqamli
ko‘rinishga o‘tkazildi. Buning natijasida,
“raqamli imzo”, “elektron imzo”, “elektron
raqamli imzoning dasturiy ta’minoti” kabi
atamalar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘ldi. XXI asrning eng katta yutuqlaridan biri “elektron
raqamli imzo” hisoblanib, u qog‘oz shaklidagi hujjatlarni elektron
hujjat yoki faylga aylantirish,
elektron shaklda
imzolash, asl hujjat yaxlitligini saqlash va imzo chekuvchining shaxsini
tasdiqlash kabi imkoniyatlarni beradi.
ERI hujjatlar bilan ishlashga sarflanuvchi vaqtni tejaydi.
Boshqacha aytganda, ERI USB
flesh-diskdagi faylni chop etish va uni imzolashni emas,
aksincha, hujjat aylanish jarayonini
tezlashtiradi.
Agar ERI mavjud bo‘lmasa, u holda dastlab varaqni chop etish, imzolash, zarur bo‘lsa
muhrlash, konvertga solish, pochta bo‘limiga borish va konvertni kerakli manzilga yuborish,
shundan so‘nggina qolgan ishlarni bajarish mumkin. Agar elektron
hujjat aylanishi va ERI
mavjud bo‘lsa, butun jarayon sezilarli darajada tezlashadi.
64-dars. ELEKTRON IMZO VA ELEKTRON HUJJAT
ALMASHINUVI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Imzo
– hujjatning haqiqiyligi hamda yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini
tasdiqlovchi shaxs fiziologik xususiyati.
Muhr
– hujjatning haqiqiyligi hamda qandaydir yuridik shaxsga tegishli ekanligini
tasdiqlovchi isbot.
Elektron raqamli imzo
(ERI) – hujjatni imzolashning tez, qulay va ekologik toza usuli.
Bundan bir necha yillar ilgari ariza,
murojaat, taklif kabi hujjatlar
qo‘lda qo‘yilgan imzolar bilan tasdiqlangan. Nima uchun imzo
qo‘lda qo‘yilganligini tushunish juda oson.
Hujjat yuritish ishlari
qog‘ozda qilinganligi sababli ham qo‘lda qoyilgan imzo, muhr
hujjat kimga tegishli ekanligi va uning haqiqiyligini tasdiqlash
uchun eng yaxshi usul hisoblangan.