I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
314
Elektron hujjat bevosita elektron hujjatni jo‘natuvchi yoki uning axborot
vositachisi tomonidan
jo‘natilgan bo‘lsa,
jo‘natilgan
deb hisoblanadi.
Elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul
qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi, hatto
boshqa yerda joylashgan bo‘lsa ham, Ehni
qabul
qilib oluvchi turgan joyda
qabul qilib
olingan
deb hisoblanadi.
Kundalik faoliyat raqamli texnologiyalarga
ko‘chgani uchun ham virtual tarmoqda erkin
va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni
tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish
uchun har bir kishiga ERI kerak bo‘ladi.
Jumladan, davlat organlarining interfaol
xizmatlaridan, shuningdek, Yagona portalda
ko‘rsatiladigan xizmatlaridan foydalanish
uchun albatta ERI bo‘lishi lozim.
Aks holda
bu xizmatlardan foydalanishning imkoni yo‘q.
Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat,
taklif yuborish uchun ham sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro
ishonchli hamkorlikni
ta’minlaydigan ERIga ega bo‘lishingiz zarur.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (jumladan, shartnomalar) tuzish, hisob-kitob, rasmiy va
norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-apreldagi 611-II-sonli “Elektron hujjat aylanishi
to‘g‘risidagi”gi Qonunida quyidagi tushunchalar keltirilgan:
Elektron hujjatni jo‘natuvchi
–
elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan
hamda Ehni
qabul qilib oluvchiga Ehni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi
–
elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan yo‘llangan Ehni
qabul qilib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Elektron hukumat doirasida davlat organlarining foydalanuvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi
uchun elektron hujjatlar
muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: