2-mavzu. Madaniy tadbirlarni o‘tkazishda sahnalashtirish tamoyillari



Yüklə 143,09 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.10.2023
ölçüsü143,09 Kb.
#155544
2-ma\'ruza(4 soat)



2-mavzu. Madaniy tadbirlarni o‘tkazishda sahnalashtirish tamoyillari. 
Режа: 
1.Sahnalashtirish asoslari. 
2. Obraz, rol ustida ishlash.
3.Maydonlarda tadbirlarni o‘tkazish metodikasi. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlarini bilish 
shu sohaga oid bilimlarni konkretlashtiradi, ularni egallashga aniqlik kiritadi, 
tadbirlar mohiyati va xarakterini to`laroq yoritib berishga yordam beradi. 
O`ziga xos xususiyatlar haqida so`z borganda, hodisalarni bir-biridan ajratib 
turadigan, faqat bir hodisaning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan xususiy belgilari va 
tomonlari tushuniladi. Lekin o`ziga xos xususiyatlar bir hodisaning yakka o`zini 
o`rganish bilangina aniqlanmaydi. Balki bir necha hodisalarni bir-birlari bilan 
solishtirib ko`rilganda, ularning avval umumiy, keyin esa xususiy tomonlarini 
topish mumkin bo`ladi. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarning xususiyatlarini aniqlash uchun ularni san`at, 
ommaviy axborot turlari bilan taqqoslab ko`riladi. CHunki badiiy-ommaviy 
tadbirlarning 
teatr 
spektakllari, 
kontsert 
programmalari, 
kinofil’m va 
radioeshittirishlar, teleko`rsatuvlar bilan umumiy bo`lgan hamda ulardan ajralib 
turadigan o`ziga xos tomonlari bor. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishning birinchi asosiy xususiyati 
shundan iboratki, u kundalik hayotning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo`ladi. 
Agar san`at asarlari real «birinchi dunyo»ni badiiylashtirish asosida «ikkinchi 
dunyo»ni vujudga keltirsa, badiiy-ommaviy ish shakllari kundalik hayotning 
o`zidagi muhim va diqqatga sazovor voqealarni tadbir sifatida uyushtiradi. 
YUqorida qayd etganimizdek, mehnatkashlarning bo`sh vaqtini mazmunli 
tashkil qilish asosan madaniy-ma`rifiy muassasalarning zimmasiga tushadi. 
SHunday ekan, aholining ishdan xoli vaqtida hayotning muhim daqiqalarini va 
mehnat yutuqlarini nishonlash hamda ular ehtiyojini qondirish uchun badiiy-
ommaviy 
tadbirlar 
(turmushning tarkibiy 
qismi 
sifatida) uyushtiriladi. 
Mehnatkashlarning bo`sh vaqtlarida ularning bilimini oshirish uchun og`zaki 
jurnal, hordiq chiqarishlari uchun dam olish kechalari, biron buyuk sanani yoki 
mehnat yutug`ini nishonlash uchun bayramlar kabi ko`plab tadbirlar tashkil 
qilinadi. Bu tadbirlar esa maxsus o`ylab topilmaydi. Ularni mahalliy hayotning 
o`zi, kishilarning ma`naviy ehtiyoji bevosita taqozo qiladi va shularga binoan 
tadbirlar tashkil qilinadi. 
Badiiy-ommaviy tadbirlar kundalik turmushning tarkibiy qismi sifatida 
hayotning muhim daqiqalarini o`zida mujassamlashtirish bilan birga, ular hayotni 
real xujjatli materiallar bilan bog`liq holda aks ettiradi. Albatta, ularda barcha 
hayotiy materiallar badiiy-estetik bezalib, madaniy tadbir shakliga keltiriladi. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarning ikkinchi xususiyati shundan iboratki, u bir 
marta tashkil etilib, asosan bir marta namoyish qilinadi. Agar teatr spektakllari 
kinofil’mlar tayyorlangandan keyin yuzlab marta namoyish qilinsa, madaniy-
ma`rifiy muassasalardagi tadbirlar esa takroran qo`yilmaydi. U muayyan va muhim 


sanalarga bag`ishlangan uchun faqat belgilangan kunda (yoki uning arafasida) 
tashkil qilinadi. 
Agar teatrda qo`yilgan p’esani yana bir necha yildan keyin qaytadan 
sahnalashtirish mumkin bo`lsa, klub tadbirlarida bu holat takrorlanmaydi. Biron 
tadbir stsenariysining sxemasini ikkinchisiga qo`llash mumkin emas. Har qanday 
yangi stsenariy yangi tuzilishni, asosiy detallar va fikrlarning obrazi, o`ziga xos 
tuzilishini, o`y-kechinmalarni hamda ijodiy mehnatni talab qiladi. 
Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: 
a) (Klub) tadbirlari ma`lum va muhim sanaga bag`ishlangani uchun faqat 
belgilangan kunda (yoki o`sha kun arafasida) tashkil qilinadi. Boshqa kunlarda 
ma`lum sanaga bag`ishlangan tadbirlarga ommaning ehtiyoji bo`lmaydi. 
b) Klub hamda madaniyat va istirohat bog`i aholining ma`lum qismi uchun 
tayyorlangan tadbirlarni bir marta namoyish qilishi etarlidir. Masalan, o`qituvchilar 
kuniga bag`ishlangan tadbir asosan murabbiylar uchun bir marta — oktyabr’ 
oyining boshida o`tkazilishi mumkin. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarning uchinchi xususiyati shundan iboratki, ular 
asosan mahalliy aholi uchun, ularning real hayotidan olingan materiallar asosida 
tuziladi. Tadbirlar aks ettiradigan materiallar muayyan muassasa xizmat qiladigan 
konkret xo`jalik, mahalla, korxona, kolxoz-sovxoz, rayon hayotidan olinadi. 
Tadbirlarning bosh qahramoni sifatida muayyan joyda mehnat qilib, mahalliy aholi 
orasida namuna bo`layotgan kishilar namoyon bo`ladi. 
SHu bilan birga, badiiy-ommaviy tadbirlar xalqaro, umumittifoq yoki 
respublika miqyosidagi muhim voqealarga murojaat qilishi mumkin. Lekin 
madaniy-ma`rifiy muassasalardagi tadbirlar mazmunida faqat xalqaro, umumittifoq 
masalalari aks ettirilsa, boshqa ommaviy axborot vositalarining (radio, televidenie, 
matbuot) bajaradigan vazifalarga o`xshab ketadi. Madaniy-ma`rifiy muassasalar 
boshqa muassasalar bajaradigan vazifalarga o`z diqqatini jalb qilsa, bu 
takrorlanishga olib keladi va o`ziga xos xususiyatini yo`qotadi. 
Radio, televidenie va matbuot ulkan kuchga, keng imkoniyatga ega bo`lgani 
bilan ularning ko`pgina eshittirish va ko`rsatuvlari barcha mahalliy hayot 
masalalarini aks ettira olmaydi. Ular asosan xalqaro, umumittifoq, respublika va 
oblast’ ahamiyatiga ega bo`lgan voqealarni aks ettirishi mumkin. Madaniy-ma`rifiy 
muassasalar esa, o`z tadbirlari orqali mahalliy hayot masalalarini muhim ijtimoiy 
voqealarga bog`lab olib borishi lozim. 
Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z tadbirlarini, asosan, buyuk sanalarga
xalqaro va ittifoq miqyosidagi masalalarga bag`ishlab o`tkazadi-ku! Demak, 
tadbirlarning mazmunida, asosan, muhim voqealar aks etishi kerak emasmi? degan 
savol tug`ilishi mumkin. Albatta, bunday bo`lishi qonuniy, lekin madaniy-ma`rifiy 
muassasalar tadbirlarida muhim sanalarga bag`ishlangan materiallar mahalliy 
hayot sharoiti prizmasi orqali beriladi. Masalan, 9 may — G`alaba kuniga 
bag`ishlangan bayramni olaylik. Madaniy-ma`rifiy muassasalarning bu bayram 
tadbirida sovet xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabasini yoritish bilan 
konkret kolxoz, sovxoz, korxona bu buyuk tarixiy voqeada qanday rol’ 
o`ynaganligi, mahalliy joyda yashaydigan urush qatnashchilarining ko`rsatgan 
jasoratlariga asosiy urg`u berilishi kerak. Urush qahramonlarining hayoti haqida 


ularning 
o`z 
so`zlarini eshitish tadbirni jonlantiradi va ta`sirchanligini oshiradi. 
Faqat shunday yo`llar bilangina badiiy-ommaviy tadbirlarning muhim xususiyati 
vujudga keladi. Bu xususiyatning eng afzallik tomoni shundaki, u umumiy tadbir 
mavzusini mahalliy aholi hayotiga yaqinlashtiradi. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarning barchasi mahalliy sharoit masalalarini bir xil 
darajada yoki bir tekisda yorita olmaydi: ba`zilari (masalan, badiiy 
agitkollektivlarning programmalari, tematik kechalar, og`zaki jurnallar) butunlay 
mahalliy materiallar asosida tuziladi, boshqalari (teatrlashtirilgan tomoshalar, 
diskoklub programmalari) ijtimoiy masalalarni mahalliy hayot bilan bog`lagan 
holda uyushtiriladi va yana boshqalari (badiiy kompozitsiyalar, xronika kechalari) 
ko`proq umumiy mavzularga bag`ishlanib uyushtiriladi. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarning to`rtinchi xususiyati shundan iboratki, ularda 
juda keng ko`lamda ta`sirchan vositalar sintezlashtiriladi. Tadbirlar real hayotning 
o`zini tashkil qilishi bilan birga, undagi muhim voqealarni o`z mazmuniga 
singdiradi. Ularning mohiyatini ochish va ahamiyatini yoritish uchun ta`sirchan 
vositalarga murojaat qiladi. Tadbirda mazmun ma`lum bir kompozitsion tuzilish 
holatiga keltirilishi uchun undagi barcha bayon qilish va ta`sirchan vositalar ham 
bir-birlari bilan birlashtiriladi, uyg`unlashtiriladi. Aks holda, tadbirning mazmuni 
puch, shakli esa samarasiz bo`lib qolishi mumkin. Ma`lumki, tadbirlar agitatsiya va 
propaganda hamda axborot xarakteriga egadir. Tadbirlarda agitatsiya, propaganda 
va axborot materiallari «quruq» va zerikarli bo`lib qolmasligi, ya`ni yuqoridagi 
xarakterli xususiyatning yo`qolmasligi uchun ularni mantiq talab qilgan ta`sirchan 
vositalar bilan badiiy boyitish lozim. Notiqning og`zaki nutqini yoki tadbirdagi 
hujjatli informatsion materiallarni badiiy vositalar bilan birlashtirish - bu 
tadbirning ta`sirchanligini va samaradorligini oshirib borish demakdir. Xuddi 
shunday yo`l bilan vositalarning sintezlashishi natijasida ta`sirchanligi kuchli 
bo`lgan badiiy agitatsiya va propaganda vujudga keladi. 
A. V. Lunacharskiy badiiy agitatsiya va propagandaning ommaga ta`sir 
o`tkazishdagi rolini yuksak baholab, agitatsiya va propagandani badiiy vositalar 
bilan boyitish va san`at shakllariga agitpropagandistik xarakter berish kerakligini 
bir necha bor ta`kidlagan edi. 
Tadbirlardagi agitpropagandistik informatsiyalarni san`at vositalari bilan 
bog`lash darajasi ikki xil yo`l yoki metod bilan belgilanadi: 1. Oddiy (birin-ketin) 
ulanish — illyustratsiyalash; 2. Murakkab sintezlashgan bog`lanish - 
teatrlashtirish. 
Badiiy-ommaviy tadbirlarning beshinchi navbatdagi muhim xususiyati — bu 
ommani tadbir qatnashchisiga aylantirishdir. 
Madaniy-oqartuv muassasalarida uyushtiriladigan tadbirlarni ommaviy deb 
atashning boyisi shundan iboratki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning 
ishtirokida o`tadi. Agar teatr, kino hamda televizorda asar qatnashchilari va 
tomoshabinlar o`rtasida ko`rinmas «devor» mavjud bo`lib, omma faqat tomoshabin 
rolini bajaradigan bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlarda esa ommaning aktiv ishtiroki 
ko`zda tutiladi. Muayyan tadbir mahalliy aholi hayotining ma`lum daqiqasi 
bo`lganligi uchun unda omma ma`lum voqeaga o`z fikr va munosabatini 
bildiruvchi kishilar sifatida qatnashadi. 


Albatta, tadbirda hammani birday aktiv qatnashtirish qiyin. Uning asosiy 
qatnashchilari — oldindan belgilab qo`yilgan badiiy havaskorlik kollektivlarining 
a`zolari hamda so`zga chiqadigan kishilardir. 
Lekin tadbir tashkilotchisi bu asosiy qatnashchilar bilan kifoyalanib 
qolmasdan, balki ommani ham aktivlashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish 
yo`llaridan foydalanmog`i lozim. Buning uchun tadbir ishtirokchilari o`rtasida 
ommaviy o`yinlar, qo`shiqlar, viktorinalar, savol-javoblar kabi maxsus tadbirlar 
uyushtirish maqsadga muvofiqdir. 
San`at — odamni tomoshabin yoki tinglovchi bo`lib qolganda emas, balki u 
ommaviy harakatda aktiv ishtirok etganda o`ziga hammadan ko`proq qamrab oladi, 
— deb ta`kidlagandi N. K. Krupskaya. Bu jarayon badiiy-ommaviy tadbirlarning 
ham o`ziga xos xususiyati bo`lib, ijtimoiy turmush quruvchisi bo`lgan xalqni ijodiy 
jarayonga 
biriktirib, 
ularning 
ijtimoiy-madaniy 
aktivligini 
oshiradi. 
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Madaniy hordiq tadbirlari belgilari qanday? 
2.
Madaniy hordiq tadbirlari xususiyatlari nimalardan iborat? 
3.
Madaniy hordiq tadbirlari turlari necha xil bo`ladi? 
4.
Madaniy hordiq tadbirlari informatsiyalari qanday ko`rinishga ega? 
TAYANCH SO`ZLAR:
Madaniy hordiq tadbirlari, mazmuni, xususiyatlari. 

Yüklə 143,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin