80
24-DARS.
QATLAMLAR BILAN ISHLASH
80
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
1–mashq. Qatlamlarga matn kiritish. Paint.Net dasturini ishga tushirib biror rasmni yuklang.
Matn kiritish uskunasi yordamida “SALOM” so‘zini kiriting. Yangi qatlam hosil qilib, bu
qatlamga “MYAU…” so‘zini kiriting. Shunday usulda ixtiyoriy sonda qatlamlar hosil qilib ishlash
mumkin. Mana shunday qiziqarli muqova hosil qilish mumkin. Qatlamlarni birlashtirish va
yagona bitta rasm hosil qilish uchun Слои Объеденить со следующим слоем amali
bajariladi.
2-mashq. Tabriknoma yaratish.
1. Rasm tanlab olingandan so‘ng, rasm ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va
kontekst menyudan “Открыть с помощью - Paint.Net” ko‘rsatmasi bajariladi.
2. Dasturdan chiqmasdan ikkinchi rasmni yuklab olamiz.
3. Endi rasmning orqa fonini o‘zgartiramiz. Buning uchun uskunalar panelidan
“Sehrli
tayoqcha” tanlanadi va rasmning fon qismi ajratib olinadi. Ajratilgan qismni DEL tugmasi
yordamida o‘chiramiz yoki menyuning “Edit (Правка)” - “Erase Selection (Очистить
выделенное)” ko‘rsatmasi orqali o‘chiriladi.
(Shaxmat shaklida hosil bo‘lgan fon uning shaffofligini ko‘rsatadi). Endi ish maydonida faqat
shaklning o‘zi qoladi va undan nusxa ko‘chirib olamiz. Nusxa olingan rasmni endi istalgan
qatlamga qo‘yish mumkin.
4. Yangi qatlam yaratamiz va unga rasm nusxasini joylashtiramiz. Rasm (ertak qahramoni)
belgilangan holatida uni kichraytiramiz va qulay qismiga joylashtiramiz.
5. Hosil bo‘lgan yangi rasmga uskunasi yordamida “Tabriklaymiz!” so‘zini kiritamiz va GIF
formatida saqlab qo‘yamiz. Chunki bu formatda rasm shaffofligi yaxshi saqlanib qoladi.