79
24-DARS.
QATLAMLAR BILAN ISHLASH
79
Paint.Net dasturida ham Photoshop grafik muharriridagi kabi Qatlamlar (Слои) bilan ishlash
imkoniyati mavjud. Qatlam o‘zi nima?
Qatlam bu — ishchi maydonning ustki qismiga joylashtirish mumkin bo‘lgan ko‘rinmas
(shaffof) mato. Har bir yangi qo‘yilgan qatlamda uskunalar panelidan foydalanib rasmlar
chizish yoki tayyor rasmlarni ochib, ular ustida turli amallar bajarish mumkin.
Dastur interfeysida qatlamlar bilan ishlash uchun maxsus oyna mavjud bo‘lib, uning quyi
qismida joylashgan 7 ta tugmachaning vazifalari bilan tanishib chiqamiz:
1. Yangi qatlam hosil qilish.
2. Faol qatlamni o‘chirib tashlash.
3. Qatlamdan nusxa olish.
4. Keyingi qatlam bilan birlashtirish.
5. Qatlamni yuqoriga siljitish.
6. Qatlamni quyiga siljitish.
7. Xususiyatlar.
Qatlam hosil qilish
Paint.Net dasturida yangi qatlamni hosil qilish uchun Mеню bo‘limidan Слои bandi tanlanadi
yoki bu ish Ctrl+Shift+N tugmachalari yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘pincha, qatlamlar bilan ishlash davomida ularni ko‘rinmas yoki aksincha, faol holatga
keltirish zaruriyati tug‘iladi. Bu amalni bajarish uchun dastur interfeysining chap tomonida
joylashgan qatlamlar oynachasiga murojaat etamiz. Unda hosil qilingan qatlamlar nomi
qatoridagi belgisi tanlanadi.
Fonga rang berish uchun eng quyi qatlamni belgilab olish kerak.
Dostları ilə paylaş: