91
28-DARS.
SPRAYTLAR BILAN ISHLASH
91
Choose a Sprite (spraytlarni tanlash) bo‘limidan Sports Soccer Ball - koptok rasmi
tanlanadi. Koptok sahna markaziga joylashadi. Sichqoncha bilan koptok belgilanadi va
sahnaning kerakli qismiga sudrab o‘tkaziladi.
1
2
Sizlar bilan avvalgi mavzuda Scratch dasturlash
muhiti va imkoniyatlari bilan tanishib chiqdik.
Spraytlarni harakatga keltirish yoki multfilmlar
yaratishdan oldin, ularni joylashtirish,
kostyumlarni almashtirish, sahna fonini
o‘zgartirish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishimiz
kerak.
Scratch interfeysining spraytlar panelida
joylashgan:
1-Choose a Sprite (spraytlarni tanlash);
2-Choose a Backdrop (sahna fonini tanlash) yordamida va sichqonchani ular ustiga olib
borish bilan suzib chiquvchi bo‘limlar orqali tanlanadi.
Ammo spraytlarning quyidagi parametrlarini o‘zgartirish uchun shu oynachada joylashgan
sprayt rasmi tanlanadi, ular faol holatga o‘tgach, kerakli parametrlar o‘zgartiriladi.
Name — Spraytga nom berish;
Show — Faol yoki ko‘rinmas qilish;
Size — sprayt o‘lchami;
28-dars. SPRAYTLAR BILAN ISHLASH
Direction — burilish burchak qiymati;
X,Y — spraytning boshlang‘ich pozitsiyasini o‘rnatish .
1-mashq. “Mening birinchi loyiham!” Sahnaga yangi sprayt va fon joylash.
Bajarish texnologiyasi:
1-rasmda ko‘rsatilgan Choose a Backdrop (fon tanlash) tugmachasi
bosiladi va hosil bo‘lgan oynachadan Sports Playing Field rasmi tanlanadi.