Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


-DARS.  WORD DASTURIDA HUJJAT YARATISH VA TAHRIRLASH AMALLARI



Yüklə 209 Kb.
səhifə39/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

15-DARS. 
WORD DASTURIDA HUJJAT YARATISH VA TAHRIRLASH AMALLARI
57
1-mashq. Elektron diktant (musobaqa darsi). MS Word dasturini ishga tushiring va quyida
berilgan matnni yozing. Barcha o‘quvchilar kompyuterga bir vaqtda o‘tirib, bir vaqtda tugatadilar.
Matndagi so‘zlar soni sanaladi va baholanadi.
Inson va tabiat
Biz yashayotgan olam juda ham go‘zal. Unda o‘simlik hamda hayvonot dunyosining turli vakillari
hayot kechiradi. Insonlar ushbu tabiat qo‘ynida yashar ekanlar, uni asrab-avaylashlari, ularga zarar
yetkazmasliklari kerak. Ammo insonlar o‘ziga qulayliklar yaratish maqsadida ba’zan shunday
ixtirolar qiladilarki, ularning ayrimlari nafaqat inson salomatligiga, balki o‘simlik va hayvonot olamiga
ham zarar yetkazishi mumkin. Keling, bo‘lg‘usi ixtirochilar, bilim, kuch-g‘ayrat va aql-u shijoatimizni
faqat ezgu narsalarga sarflaylik!
(63 ta so‘z – 15 daqiqa)
1. MS Word dasturida yangi hujjatni hosil qilish yoki avvalgi hujjatni ochish usullarini tushuntirib
bering.
2. Hujjatni tahrir qilishga qanday amallar kiradi?
3. Hujjat bilan ishlash jarayonida ishlatiladigan asosiy tugmachalar vazifasini tushuntirib bering.
4. Sichqoncha bilan belgilashning qanday usullarini bilasiz?
1. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) kursorni yangi qatorga o‘tkazuvchi tugmacha bu - ….;
b) kursordan chap tomonda turgan belgini o‘chirish tugmachasi bu - ….;
c) so‘zlar orasida bo‘sh joy qoldirish uchun xizmat qiluvchi tugmacha bu - …;
d) faqat bosh harflarda yozish uchun qo‘llaniladigan tugmacha bu - …;
e) oxirgi amalni bekor qiluvchi tugmacha bu - ….;
f) kursordan o‘ng tomonda turuvchi belgini o‘chirish uchun ishlatiladigan tugmacha bu - …;
2. Hujjatlarni tahrirlashga kiruvchi asosiy amallarni yozing.
UYGA VAZIFA
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 



5858


Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin