5
1-DARS. KOMPYUTER XONASIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARI VA SANITARIYA–GIGIYENA TALABLARI
1-dars. KOMPYUTER XONASIDA XAVFSIZLIK
TEXNIKASI QOIDALARI VA SANITARIYA-
GIGIYENA TALABLARI
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganish maqsadida maktablarda maxsus
kompyuter xonalari tashkil etilgan. Hammaga ma’lumki, barcha elektr asboblari kabi
kompyuter ham inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan tok yordamida ishlaydi.
Bunday qurilmalardan foydalanishda ehtiyot choralarini bilish talab etiladi.
O‘quvchilar kompyuter xonasidagi tartib-intizom qoidalarini bilmasligi oqibatida, ko‘plab
noxush holatlar va xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Natijada, u nafaqat o‘ziga, balki:
• atrofdagilar sog‘lig‘iga;
• qimmatbaho texnik qurilmalarga zarar yetishiga;
• shuningdek, kompyuter xotirasidagi muhim ma’lumotlarning o‘chib ketishiga sabab bo‘lishi
mumkin.