15
3-DARS.
AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Biz yashab turgan olamni endi televizor, smartfon, internet,
kompyuterlarsiz tasavvur
etish qiyin. Axir olimlar XXI asrni axborot texnologiyalari asri, deb bejiz aytishmagan,
chunki bu texnologiyalar jamiyatimizdagi asosiy masalalarni yechishda muhim ahamiyat
kasb etadi va bu jarayon axborotli jarayon deyiladi.
O‘tgan
yuz yillikdan farqli ravishda, hozirgi kunda axborot ustida katta tezlikda: izlash,
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish, nusxa olish, bloklash,
uni maxfiylashtirish,
chop etish kabi amallarni bajarish mumkin.
Axborotli jarayonlar
BUNI BILASIZMI?
Insondan farqli kompyuterlar, axborotni bir necha milliard barobar tezlikda va aniqlikda
qayta ishlay oladi.
Masalan: 3 752 sonini 6 901 ga ko‘paytirish amaliga inson 1 minut vaqtini sarflasa,
zamonaviy telefonlar protsessori bu amalni sekundiga 100 milliard
marta tez bajarishi
mumkin.
Demak, kompyuterlar inson kabi turli axborotlarni (matn, rasm, tovush, musiqa
ko‘rinishidagi axborotlarni tez va aniq jarayonlarni bajarar ekan uni qanday amalga
oshiradi degan savol tug‘iladi. Bu jarayonda albatta texnik vositalar va kompyuter
dasturlari xizmat qiladi va ular bir so‘z bilan “Axborot texnologiyalari” deb nomlanadi.