Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


I BOB.  INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI



Yüklə 209 Kb.
səhifə10/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

I BOB. 
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Axborot nima?
2. Axborotni qabul qilish usullarini aytib bering.
3. Insonlar qaysi sezgi organlari yordamida ko‘proq axborot qabul qiladi?
4. Axborot turlarini aytib bering.
5. Axborot qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
6. Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?
TOPSHIRIQLAR
1.Matndagi ko‘p nuqtalar o‘rnini tushirib qoldirilgan so‘zlar bilan to‘ldiring.
Insonlar kundalik hayotda atrof-muhitdan turli ko‘rinishdagi … qabul qiladilar. Ular
axborotni …., ….. , ….. , … kabi sezgi organlari yordamida qabul qiladi. Aniqlik, to‘liqlik,
tushunarli va ishonchililik — bularga axborotning …. deyiladi.
2.Strelka yordamida savol bilan javobni bog‘lang:
Disk va fleshkalar ma’lumotlarni … uchun xizmat qiladi.
Kompyuterlar — axborotni … uchun qulay vosita.
Web-sayt yaratishdan oldin dasturchilar ma’lumotlarni …
jarayoni bilan shug‘ullanadilar.
Monitorlar axborotni faqat … uchun mo‘ljallangan.
Internetda qiziqarli ma’lumotlarni … va ulardan foydalanish
mumkin.
izlash
qayta ishlash
to‘plash
uzatish
saqlash
Axborot texnologiyalari — Inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash,
saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonida ishlatiladigan usullar va texnik vositalar.
Ularni bajarilishiga ko‘ra 4 yo‘nalishda o‘rganish mumkin:
1. Aloqa vositalari;
2. Telekommunikatsiya vositalari;
3. Internet;
4. Kompyuterlar va ularning qo‘shimcha vositalari.
Eslab qoling!



17
4-DARS. 


AXBOROTNI KODLASH. AXBOROT O’LCHOV BIRLIKLARI
4-dars. AXBOROTNI KODLASH. AXBOROT 
O‘LCHOV BIRLIKLARI 
Yo‘l harakati qoidalari rasm va shakllarda ifodalansa-da, biz ular orqali qanday
harakat qilish kerakligini anglab yetamiz .
Qo‘l harakatlari orqali esa eshitib bo‘lmaydigan axborotni so‘zsiz tushunib
olamiz.
Yuz ifodalari orqali suhbatdoshimizning kayfiyatini, ichki kechinmalarini ham
bilib olishimiz mumkin.
Eng buyuk va mashhur musiqiy asarlar esa — 7 ta tovush (nota)ning genial
ketma-ketligidan vujudga keladi.
BUNI BILASIZMI?
Biz atrof-muhitdan axborotni qabul qilar ekanmiz, ular bizga nur, tovush, hid kabilar
sifatida yetib kelishi mumkin. Yoki boshqacha ko‘rinishlarda: so‘z, belgi, qo‘l harakatlari,
imo-ishora bo‘lishi mumkin.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin