Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


I BOB.  INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI



Yüklə 209 Kb.
səhifə6/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 2-DARS.
I BOB. 
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
Yaqin vaqtlargacha Informatika fani
3 ta platformaga asoslanib o‘rganiladi,
deb hisoblashgan va uni “uchta kit”
ko‘rinishida tasvirlashgan.
Vaqt o‘tishi bilan informatika fanini
tashkil etuvchi bo‘limlar o‘zgardi. Hozirgi
kunda bu fan quyidagi yangi tushuncha-
bo‘limlar asosida o‘rganilmoqda:
NAZARIY
UMUMIY
AMALIY
INFORMATIKA
Kompyuterlar uchun zarur bo‘lgan bu qismlar:
Hardware (qattiq qism yoki texnik ta’minot),
Software (yumshoq qism yoki dasturiy ta’minot)
Brainware (aqliy ta’minot yoki intellekt)
deb ataladi va ular o‘zaro bog‘liq holatda ishlaydi.
Lekin ilmiy qarashlarning va kompyuter texnologiyalarning yuqori tezlikda rivojlanishi
atrofimizdagi olamning va inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida ko‘p o‘zgarishlarga
olib keldi.
1
2
3
Kompyuter injeneriyasi,
nano-texnologiya,
robototexnika,
tibbiyot,
fizika,
kosmonavtika,
astronavtika.
Ushbu yo‘nalishlarning rivojlanishida esa, yangi istiqbolli kasblar vujudga kelmoqda. Bunda
Informatika fanining ahamiyati beqiyosdir.
Olimlarning ta’kidlashicha: kelajakda shaffof aqlli oynalar (smart glases),
gologrammalar, shaffof panellar, sun’iy intellekt, aqlli uy robotlari, dronlar, hyperloop
kabi innovatsion texnologiyalar bizning hayotimizda oddiy hol bo‘lib qoladi. Ular albatta,
ixtirolarning so‘nggisi emas.



11
2-DARS. 


INFORMATIKA FANI HAQIDA
Informatika fanini o‘rganishda axborot asosiy ashyo hisoblansa, kompyuter asosiy
quroldir.
Informatika yosh fan hisoblansa-da, uning kelib chiqish ildizlari uzoq
tarixga borib taqaladi. Bu fanning yaratilishiga ko‘plab yillar va buyuk
allomalarning mashaqqatli mehnatlari sabab bo‘lgan. Uning birlamchi
ilmiy asoslari bilish, mantiq va algoritm tushunchalari ustiga
qurilgan.
Elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishidan ancha oldin
buyuk olim Platonning o‘quvchisi, qadimgi yunon faylasufi Arastu
(Aristotel) formal mantiq va mulohaza tushunchalariga asos solgan
bo‘lib, ular kompyuter texnikasi ishlash prinsiplari nazariyasining
yaratilishida muhim rol o‘ynadi.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin