Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020



Yüklə 209 Kb.
səhifə7/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

TARIXIY MA’LUMOTLAR
TARIXIY MA’LUMOTLAR
ARASTU
MUSO
AL-XORAZMIY
AL-FAROBIY
Arastu ilmining davomchisi, Markaziy osiyolik faylasuf, IX asrda
ko‘plab ilmiy asarlari bilan mashhur bo‘lgan alloma Abu Nasr Farobiy
o‘zining asarlarida mantiq ilmining bilish bilan bog‘liqligi haqida
tushunchalar bergan. U “Aql ma’nolari haqida” nomli risolasida
shunday deydi: “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular o‘tkir
mulohazali, foydali ishlarga sodiq, zarur narsalarni ixtiro qilish
iste’dodiga egadirlar va aksincha, o‘z aqli va zehn-zakovatini yomon
ishlarga sarflaydiganlarni aqlli deb bo‘lmaydi. Ularni ayyor, yolg‘onchi
nomlar bilan atamoq lozim”.
Markaziy Osiyoning boshqa bir faylasufi, Muso Al-Xorazmiy IX asrda
Xorazmda yashab o‘tgan. Uning 20 dan ziyod asarlari matematika,
astronomiya, geografiya kabi ilmlarning rivojlanishiga ulkan
hissa qo‘shgan. Al-Xorazmiy, shuningdek, matematikadagi to‘rtta
amalning bajarilish ketma-ketligi qoidasi, algoritm va algoritmlash
tushunchalari asoschisi bo‘lgan, bu tushunchalar hozirgi kunga ham
kompyuterga buyruq va ko‘rsatmalar berish ketma-ketligini (dastur)
tuzish jarayonida ishlatiladi.
TARIXIY MA’LUMOTLAR
Eslab qoling!



12
I BOB. 


INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
1. Informatika fanining kelib chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
2. Informatika fani bizga nimani o‘rgatishi mumkin?
3. Informatika fani qanday yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganiladi?
4. Bu fanning kelajakda o‘rganiladigan yangi yo‘nalishlari haqida nimalarni bilasiz?
5. Informatika faniga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk allomalar haqida gapirib bering.
1. Nuqtalar o‘rnini tushirib qoldirilgan so‘zlar bilan to‘ldiring:
a) Informatika atamasi ….. va ….. so‘zlaridan kelib chiqqan.
b) Informatika fani ….. izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va …..
usullarini o‘rgatuvchi fan.
d) Informatika fani asosan uch yo‘nalishda o‘rganiladi
1) ……. 2) ….. 3) …..
2. Rasmda ko‘rsatilgan rangli doiralar ichiga qanday so‘zlar yozilsa,
mantiqqa to‘g‘ri keladi?
Variantlar:
1) texnologiya, dasturlash, sun’iy intellekt;
2) kompyuter, Windows, robototexnika;
3) Hardware, Software, Brain ware.
3. “Kompyuter olamidagi eng serdaromad kasblar” mavzusida
kichik hikoya yozing.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin