Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org
5-DARS. AMALIY MASHG’ULOT 5-dars. AMALIY MASHG‘ULOT Kompyuterda axborot ikkilik kodlash orqali saqlanish usullari bilan avvalgi darslarda
tanishib o‘tdik. Ikki raqam (2 holat) orqali cheksiz belgi va sonlarni kodlash mumkinligi va
ular shu raqamlarning kombinatsiya soniga bog‘liq ekanligini misollardan tushunib oldik.
Informatikada bu usul kombinatorika deb ataladi. Va uning qo‘llanilishi hozirgi kunda turli
sohalarda: ishlab chiqarilayotgan mahsulot, texnik vosita va texnologiyalarda uchratish
mumkin. Kompyuter va smartfonlarning klaviaturasida joylashgan belgi, son va harflar,
boshqarish tugmachalarining ikkilik kodi bunga misol bo‘la oladi. Bunday kombinatorik
amallar yana qayerlarda ishlatilishi mumkin? Buni misollarda ko‘rib chiqamiz.
1. Agar qo‘lingizda faqat 3 rangdagi bo‘yoq bo‘lsa, planshetning qanday dizaynini yaratishni
xohlar edingiz? Ularni ranglarga bo‘yab, ko‘rsating.
A
J
S
B
K
T
D
L
U
E
M
V
F
N
X
G
O
Y
H
P
Z
I
Q
O‘
J
R
G‘
2. Agar o‘zbek alifbosining harflari turli davlatlar
bayroqchalari bilan kodlansa, quyida berilgan qatorda
yashiringan so‘zlarni aniqlang.
A)
В)
C)
3. Tenglik hosil bo‘lishi uchun nuqtalar o‘rniga nima qo‘yilishi kerak?
А) 5 bayt = … bit; С) 4 Мbayt = … кbayt;
В) 2 bayt = … bayt; Д) 2048 Кbayt = … Мbayt.
4. Quyidagi jumlalarning bit va baytlardagi hajmini aniqlang:
А) «XXI asr — yangi axborot texnologiyalari asri»;
B) «Kompyuterdagi barcha axborot ikkilik kodda saqlanadi»;
С) «374 + 267 = 641»;
D) «Welcome to my lovely city Tashkent!»
5. Ilmiy maqola uncha katta bo‘lmagan 8 varaqli kitobchada chop etildi. Agar kitobchaning
har bir satrida 256 ta belgi joylashgan bo‘lsa, ilmiy maqolaning axborot hajmini hisoblang.