KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI 6-dars. KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI Kompyuter — XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri. Uning yaratilish tarixi bir necha
bosqichdan iborat bo‘lib, davr sinovidan o‘tgan eng yangi avlodi hozirgi kunda inson
faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llanilib kelmoqda.
Kompyuter - (inglizcha Computer, “hisoblagich”) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, hisob-kitobni
amalga oshiruvchi qurilma ma’nosini bildiradi.
Dastlab yaratilgan kompyuter, asosan, murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan. Keyinchalik kompyuterda matn, rasm, tovush, video kabi ma’lumotlarni
saqlash, ularni qayta ishlash, uzatish kabi ishlarni bajarish imkoniyatlari yaratilgan.
Kompyuterning turlari xilma-xil bo‘lib, ular nafaqat o‘lchamlari, balki ma’lum bir imkoniyat va
vazifalari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
KOMPYUTERNING TURLARI Bugungi kunda dastlab yaratilgan kompyuterlar davriga nisbatan ishlab chiqarish
texnologiyalari keskin o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojning
kundan-kunga oshishi esa kompyuter ishlab chiqaruvchi yangi kompaniyalarning paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirda jahon bozorlarida kompyuter texnikasining 100 dan
ortiq turi sotuvga chiqarilgan bo‘lib, kompyuter savdosi biznes olamidagi serdaromad
manbalardan biri hisoblanadi.
Kompyuterlar, eng avvalo, o‘lcham hamda ishni bajarish imkoniyatlari bilan bir-biridan farq
qiladi. Shuningdek, nima maqsadda qo‘llanilishiga ko‘ra, dasturiy ta’minoti, texnik vosita va
qo‘shimcha qurilmalari bilan ham bir-biridan ajralib turadi.
• shaxsiy (personal) kompyuter – PK (Desktop);
• monoblok;
• noutbuk (notebook) – bloknot tipidagi shaxsiy kompyuter (Laptop);
• planshetli shaxsiy kompyuter (Tablet);
• nettop (Netbook);
• cho‘ntak kompyuteri, organayzerlar (Palmtop)ga bo‘linadi.
Zamonaviy kompyuterlar:
Kompyuter — axborotni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma.