19
4-DARS.
AXBOROTNI KODLASH. AXBOROT O’LCHOV BIRLIKLARI
Lashkarboshi Yuliy Sezar harbiy sirlarni yashirish
maqsadida boshqa usulni qo‘llagan. Bu usul
“Alifboni surish usuli” deb ataladi.
TARIXIY MA’LUMOTLAR
1
- rasm
A
B
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
R
01 02 03 04 05 06 07 08 09 10 11 12 13 14 15 16 17
S
T
U
V
X
Y
Z
O‘
G‘
W CH SH Ng
18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
Eng sodda kodlash usullaridan biri — harfli-raqamli tartiblangan kodlash. Bunda harflar
raqamlar bilan almashtiriladi. Masalan: 21 01 19 01 13 –
sonlarni jadvaldagi harflar
bilan almashtirsak, VATAN so‘zi kelib chiqadi.
TARIXIY MA’LUMOTLAR
Ikkilik kodlash
Kompyuterlar inson tilini qanday tushunadi? U katta hajmdagi axborotni o‘zida qanday
saqlay oladi?
Harflarni sonlardan, sonlarni esa belgilardan qanday farqlay oladi? Bu
savollarga javob berish uchun biz ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak.
Kompyuter texnikasida barcha turdagi axborotni faqat 2 ta belgi: 0 va 1 orqali ifodalash
mumkin. Bu ikkita belgini binar sonlar deb ham atashadi va ularni 2
ta holatda ifodalash
mumkin:
0 – signal yo‘q holati;
1 – signal bor holati.
Kompyuter xotirasidagi holatlarning har biri bitlarda o‘lchanadi.
Bit — axborot o‘lchov birligining (kompyuter xotirasidagi) eng kichik qiymati
Bu 2 holat bilan 4 ta turli kodlashni amalga oshirish mumkin. Masalan: 00, 01, 10 va 11= 2
2
Agar bitlar (razryadlar) sonini ko‘paytirsak, 8 ta har xil kod (kombinatsiya) hosil qilishimiz
mumkin. 000, 001, 010, 011, 100, 101, 110, va 111 = 2
3
Mana shunday usullardan foydalangan holda alifbodagi harf va raqamlarni kodlashimiz
mumkin.
Ammo 2 va 3
razryadli kodlash ingliz, rus alifbosi harflarini, turli
belgilar va sonli alifbo