13
3-DARS.
AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Informatika fanining asosiy ashyosi axborot ekan, demak, uni yanada
mukammal o‘rganishimiz hamda, “Axborot nima?”, “Inson axborotni
qanday qabul qiladi?”, “Axborotning qanday turlari mavjud?”,
“Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?” degan savollarga
javob topishimiz zarur.
3-dars. AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Olimlarning fikriga ko‘ra, insoniyat 40 ming yildan ziyod vaqtdan beri hayot kechirib
va shu vaqt davomida doimiy ravishda sezgi organlari
orqali atrof-muhitdan turli
ma’lumotlarni qabul qilib kelgan.
Jamiyat paydo bo‘lgandan keyin esa odamlar muloqot jarayonida axborot almashinib,
uni saqlashga urinishgan.
Axborot saqlashning eng qadimgi usullari haqida arxeologlar tomonidan topilgan rasm,
belgilar, qadimgi qo‘lyozmalar orqali bilish mumkin.
AXBOROTNI QABUL QILISH USULLARI
• ko‘rish orqali atrof-muhitni, ranglarni va obrazlarni qabul qiladi;
• eshitish orqali tovush, musiqa, ovoz
kabi axborotni qabul qiladi;
• hid sezish, burun retseptorlari yordamida turli hidlarni ajrata oladi;
• ta’m bilish, til retseptorlari yordamida achchiq, chuchuk, sho‘r yoki nordon
narsalarni ajrata oladi;
• his etish, teri retseptorlari yordamida issiqni sovuqdan,
yumshoqni qattiq
narsadan ajrata oladi. Barcha retseptorlar orqali olingan axborot inson miyasida
saqlanib qoladi.
Axborotni qabul qilishda insonning sezgi organlari (retseptorlar) muhim rol o‘ynaydi.
Ular, asosan, quyidagilardan iborat:
14
I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
Demak, axborot —
bu inson sezgi
organlari orqali atrof-muhitdan olingan
turli ma’lumotlar ekan.
Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham
axborot hisoblanadi.
BUNI BILASIZMI?
Inson axborotning:
90% ini — ko‘rish,
9% ini — eshitish,
1% ini —
his qilish, ta’m va hid bilish
orqali qabul qilar ekan.
Dostları ilə paylaş: