Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


-DARS. KOMPYUTER XONASIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI



Yüklə 209 Kb.
səhifə4/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

1-DARS. KOMPYUTER XONASIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 
QOIDALARI VA SANITARIYA–GIGIYENA TALABLARI
16
30
KO‘Z MASHQLARI 
Olimlarning ta’kidlashicha, kompyuterda uzoq vaqt ishlash jarayonida ko‘z nurining
pasayishi va ko‘rish qobiliyatining susayishi tezroq sodir bo‘lishi mumkin. Buning asosiy
sababi monitorga uzoq tikilib o‘tirish va ko‘zlarni namlab turuvchi qovoqlarning kam ochilib-
yumilishidir. Bunday holatning oldini olish uchun har kuni maxsus mashqlarni bajarib turish
kerak bo‘ladi.
• o‘rindiqda bukchaymasdan, umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri tutgan
holda o‘tirish kerak;
• kompyuterda ishlaganda monitorga to‘g‘ri yuzlanish, noutbukda
ishlaganda esa boshni biroz pastga egib o‘tirish lozim;
• siz bilan ish stoligacha bo‘lgan masofa 20 sm dan kam
bo‘lmasligi kerak;
• monitordan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 50–60 sm dan kam
bo‘lmasligi kerak;
• qo‘llarni ish stoliga qo‘yganda tirsaklar tashkil etgan burchak
90–120

gradus oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq;


• kompyuterda 1kun davomida 2 yoki 3 soatdan oshiq ishlamaslik,
har 20 daqiqada ko‘zga dam berib turish;
• dam olish daqiqalarida ko‘z va tana mashqlarini bajarib turish
foydali, buni odatga aylantiring;
• ish o‘rniga faqat toza yuvilgan yoki maxsus antiseptik
salfetkalarda artilgan qo‘llar bilan o‘tirish, shuningdek, kompyuter
xonasida doimiy ravishda tozalik va tartibga e’tibor berib turish
zarur;
• ishni to‘xtatgach, qo‘llarni albatta sovunlab yuvish yoki antiseptik
moddalar bilan zararsizlantirish muhimdir.
BADAN GIMNASTIKASI
1. Tanaffus paytida xonada qo‘llarni baland ko‘targan holda 2-3
daqiqa yurish;
2. Xonada qo‘llar bilan qarama-qarshi yelkalarni qoqib yurish;
3. Boshni asta-sekin avval o‘ng tomonga, so‘ngra chap tomonga
5 martadan burish;
4. O‘ng yelkani o‘ng quloqqa 5 marta ko‘tarib-tushirish, chap yelkani
chap quloqqa 5 marta ko‘tarib-tushirish.



8


Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin