11
2-DARS.
INFORMATIKA FANI HAQIDA
Informatika fanini o‘rganishda
axborot asosiy ashyo hisoblansa,
kompyuter asosiy
quroldir.
Informatika yosh fan hisoblansa-da, uning kelib chiqish ildizlari uzoq
tarixga borib taqaladi. Bu fanning yaratilishiga ko‘plab yillar va buyuk
allomalarning mashaqqatli mehnatlari sabab bo‘lgan. Uning birlamchi
ilmiy asoslari bilish, mantiq va algoritm tushunchalari ustiga
qurilgan.
Elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishidan ancha oldin
buyuk olim Platonning o‘quvchisi, qadimgi yunon faylasufi Arastu
(Aristotel) formal mantiq va mulohaza tushunchalariga asos solgan
bo‘lib, ular kompyuter texnikasi ishlash prinsiplari nazariyasining
yaratilishida muhim rol o‘ynadi.
Dostları ilə paylaş: