22
I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
1. Quyidagi kodlash usullari haqida nimalarni bilasiz? Mitti hikoya yozing.
UYGA VAZIFA
Semafor alifbosi
А
E
B
D
2. Anvar, Karim, Lola, Go‘zal va Botir she‘r aytish bo‘yicha musobaqada qatnashdi. Agar
Botir birinchi bo‘lib, Lola esa Botirdan keyin she’r aytsa, qolgan bolalar qanday ketma-
ketlikda chiqishadi? Barcha variantlarni yozib chiqing.
3. Qayiqda suzish bo‘yicha musobaqada qatnashish uchun 4 ta jamoa tayyorgarlik ko‘rdi.
Hakamlar hay’ati a’zolari musobaqa paytida jamoalarni adashtirib qo‘ymaslik uchun
yelkanlarni turli ranglarga bo‘yashni maslahat berishdi. Agar har bir qayiqda 2 tadan yelkan
bo‘lsa va faqatgina 2 xil rangli (qizil va ko‘k) bo‘yoq berilgan bolsa, har bir jamoa yelkanlarini
qanday kombinatsiyalarda bo‘yashi mumkin?
Brayl alifbosi
А
B
D
E
4. Jadvalning birinchi yarmida 0 va 1 raqamlari yordamida tasvir kodlangan. Agar jadvalning
ikkinchi yarmida 0 ning o‘rnini sariq, 1 ning o‘rnini esa qora rang bilan bersangiz, yashiringan
tasvirni ko‘ra olasiz.
0 0 1 0 0 0 0 0 0 1 0 0 0 0 0 0
0 0 0 1 0 0 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0
0 0 0 0 1 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0
0 0 0 0 1 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0
0 0 0 0 1 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0
0 0 0 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 1
0 0 0 0 0 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 0
0 0 0 0 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 0
0 0 0 0 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 0 0
0 0 0 1 1 0 1 1 0 0 0 0 1 1 1 0
0 0 0 1 0 0 0 1 0 0 0 0 1 0 1 0
0 0 0 1 0 0 0 1 0 0 0 0 1 0 1 0