71
1
– hujjatning barcha parametrlari sozlab bo‘linganidan
keyin
ishga tushiriladigan chop etish tugmachasi;
2
– kompyuterga ulangan printerlar ro‘yxati
hamda ularni
ulanish holati yuzasidan ma’lumot olish oynasi;
3
– hujjatning chop etiladigan varaqlari sonini o‘rnatish
oynachasi (to‘liq hujjat, hujjatning
toq yoki juft sahifalari,
hujjatning belgilangan qismi). “Страницы” qismiga aynan
chop etiladigan sahifalar raqamini kiritish mumkin:
“5” –
faqat beshinchi sahifa;
“1–5” – birdan beshinchi sahifagacha;
“1–5, 8” – birdan beshinchi sahifagacha
hamda sakkizinchi
sahifalarni chop etish;
4
– varaqning bir tomoniga yoki
ikki tomoniga chop etishni
o‘rnatish;
5
– varaqning yo‘nalishini o‘rnatish;
6
– bitta varaqqa chop etiladigan sahifalar sonini o‘rnatish;
7
– belgilangan sahifalarni chop etish nusxasining soni.
Katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlash jarayonida matnning bir sahifasidan kerakli boshqa sahifasiga
o‘tish yoki biror belgilangan matn qismiga murojaat etish hamda uni tahrirlash uchun ko‘p vaqt
sarflanadi. MS Word matn protsessorida bu muammoni hal etishda “Гиперссылка” buyrug‘idan
foydalaniladi. Atama 1962-yilda amerikalik sotsiolog Teodor Nelson tomonidan fanga kiritilgan.
Shundan so‘ng, u Xanadu nomli gipermatn tizimini ishlab chiqdi.
Gipermurojaat gipermatnli hujjatning bir qismi bo‘lib, u
hujjatda joylashgan biror harf, so‘z, jumla,
xatboshi yoki grafik obyektga murojaatni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari,
u orqali mahalliy diskda
joylashgan papka yoki faylga, kompyuter tarmog‘idagi ilovalarga, veb-
sahifalarga ham murojaatni amalga oshirish mumkin.
Elektron matn va hujjatlarda gipermurojaatlarni joylashtirish osonlik bilan amalga oshiriladi.
Gipermurojaatga
ega matn
gipermatn
deb ataladi.
MS Word dasturida gipermurojaatlar yaratish uchun kerakli harf, so‘z, jumla,
xatboshi yoki grafik
obyekt tanlanadi hamda “Вставка”
(1)
→
“Cсылки”
(2)
→
“Cсылка”
(3)
(Ctrl+K) buyrug‘i tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: