Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


III BOB.  INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
86
Ishonchli manba 
– kompyuterga zarar 
yetkazmaydigan, aniq ma’lumot beradigan, tahdid 
solmaydigan yoki tahqirlamaydigan manba.
Wikipediya 
– dunyodagi ko‘plab foydalanuvchilar 
birgalikda yozgan bepul onlayn ensiklopediya.
Xatcho‘p 
– ma’lum bir veb-sahifaga o‘tish 
imkonini beruvchi saqlangan yorliq. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kо‘pchilik foydalanuvchilar “Wikipediya” 
veb-saytini ishonchli manba deb 
о‘ylashadi. Ammo ma’lumot topish uchun 
undan foydalanishda ehtiyot bо‘lish zarur. 
“Wikipediya” veb-saytidagi ma’lumotlarni 
xohlagan foydalanuvchi о‘zgartirishi 
mumkin. Demak, “Wikipediya”da 
ma’lumotlar kо‘p bо‘lsa-da, manba sifatida 
ularga ishonmaslik kerak.
Veb-sahifani saqlash
Foydali ayrim veb-sahifalardan keyinroq yana foydalanish hamda ma’lumotning qayerdan 
olinganligini kо‘rsatish uchun ular rо‘yxatini saqlab qo‘yish mumkin. 
Bunga quyidagi usullar bilan erishiladi:
1) veb-sahifani saqlash;
2) veb-sahifani belgilab qо‘yish (xatchо‘pga qo‘shish);
3) veb-sahifa manzilini saqlash.
Veb-sahifani saqlash
Veb-sahifani saqlash uchun sichqonchaning о‘ng 
tugmachasini veb-sahifaning istalgan bo‘sh joyida 
bosish, sо‘ngra kontekstli menyudan “Save as…” 
buyrug‘ini tanlash lozim 
(1)
. Veb-sahifaning qayerga 
saqlanishi ko‘rsatilib, “Save” tugmachasi bosiladi. Veb-
sahifa saqlangan joyda veb-sahifani kо‘rish mumkin.
ishonchliligini aniqlashdir. Ishonchli ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardangina olish mumkin. 
Ishonchli manba, odatda, nufuzli kompaniya, tashkilot yoki rasmiy manbalar bо‘lishi mumkin. Bu 
kabi manbalarga joylashtiriladigan ma’lumotlar kо‘plab dalillar asosida tekshiriladi.
Veb-sahifani belgilab qо‘yish (xatchо‘pga qo‘shish)
Veb-sahifani yana osongina ochish uchun, uni 
xatchо‘plarga qо‘shib qo‘yish mumkin. Veb-sahifani 
belgilash (xatchо‘pga qo‘shish) uchun manzil satrining 
oxiridagi yulduzcha ustiga bosiladi 
(3)
. Kо‘rsatilgan 
maydonda esa “Done” tugmachasi bosiladi 
(4)

Saqlangan xatchо‘pni topish uchun xatchо‘plar 
menyusini ochish lozim. Odatda, uni veb-sahifaning 
yuqori о‘ng burchagidan topish mumkin.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin