I BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
6
Dasturda ko‘plab o‘zgaruvchilar bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar tomonidan Scratch dasturida
kiritilgan ma’lumot kompyuter xotirasida saqlanishi uchun
(O‘zgaruvchi) bo‘limi bloklaridan
foydalaniladi. O‘zgaruvchini yaratish uchun “Variables” bo‘limidan
“Make a Variable” tugmachasi orqali muloqot oynasi hosil
qilinadi. Oynaning “New variable name:” bandiga o‘zgaruvchi
nomi kiritiladi. O‘zgaruvchi barcha spraytlarda qo‘llanilishi uchun
“For all sprites” turi, faqat mana shu spraytdagina qo‘llanilishi
uchun esa “For this sprite only” turi tanlanadi.
“Variables” bo‘limida yaratilgan o‘zgaruvchilar bo‘lim ro‘yxatidan
joy oladi. Spraytda qo‘llash uchun o‘zgaruvchilarni shu ro‘yxatdan
tanlash mumkin.
iborat bo‘lishi mumkin, masalan,
eni, bo‘yi, a, b, S, P, x
1
, x
2
. Agar berilgan nom o‘zgaruvchini tavsiflay
olsa, yanada yaxshi. Deylik, o‘zgaruvchi to‘plar sonini saqlash uchun mo‘ljallangan, u holda uni
“to‘plar soni” yoki “to‘plar” deb nomlagan ma’qul.
O‘zgaruvchilar
nom
bilan bir qatorda
qiymat
ga ham ega bo‘ladi. Masalan, to‘plarning soni 12 ta.
Misolda o‘zgaruvchi nomi –
to‘plar soni
, uning qiymati esa
12
ga teng.
Scratch dasturida to‘q sariq (apelsin) rangli “Variables” deb nomlangan bo‘limda bir nechta blok
mavjud. Quyidagi jadvalda ularning vazifalari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: