Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Shakllar hamda SmartArt elementlaridan foydalangan holda “Kompyuterning turlari” 
mavzusida ikki xil usulda “Idrok xaritasi”ni yarating.
2. SmartArt obyektlaridan foydalangan holda oilangiz shajarasini yarating. Bunda oila 
a’zolaringiz rasmlarini kiritishni unutmang.
UYGA VAZIFA
13-dars. MATEMATIK FORMULA VA BELGILARNI 
JOYLASHTIRISH
Hujjat bilan ishlash jarayonida kompyuter klaviaturasida mavjud bo‘lmagan turli ko‘rinishdagi 
belgilarni kiritish zaruriyati tug‘iladi. 
Deylik, “Munajjimlar bashorati” nomli maqolaning kerakli joylarini olib, do‘stingizga yubormoqchisiz. 
Bu jarayonda berilgan ko‘rinishdagi belgilardan foydalanish 
ehtiyoji tug‘iladi. Muammoni qanday hal etish mumkin?
Zamonaviy kompyuterlar 65 536 belgidan iborat Unicode belgilar jadvalidan foydalanadi. MS Word 
matn protsessorida klaviaturada aks etmagan, ammo Unicode jadvalida mavjud belgilarni qo‘shish 
imkoniyati mavjud.
Masala
n, – kulib turgan 
odamcha belgisini qo‘shish uchun 
“Вставка” 

“Символ” 

“Другие 
символы” buyrug‘i bajariladi. 
Unicode belgilar jadvali yordamida 
Yevropa va Sharq tillariga xos 
matematik va musiqiy, valyuta, hatto 
rasmli belgilarni topish hamda ularni 
hujjatga joylashtirish mumkin.


II BOB. 
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
68
1) “Вставка” 

“Уравнение” 

”Вставить новое уравнение” buyruqlari tanlanadi;
2) “Конструктор” 

“Структура” 

“Скобка” amallar ketma-ketligini bajargan holda ro‘yxat 
hosil qilinadi hamda undan bittalik qavslardan kerakli shablon belgilanadi: 
3) so‘ngra “Maтрица” shablonlar ro‘yxatidan 2 × 1 ko‘rinish tanlanadi:
4) “Конструктор” 

“Символы” bandidan tengsizlik belgilarini, 
x
2
ko‘rinishini hosil qilish uchun 
esa 
shablondan foydalaniladi;
5) barcha ma’lumotlar kiritilib bo‘lganidan keyin tengsizliklar sistemasining kontekst menyusidan 
“Выравнивание по левому краю” buyrug‘i yordamida chapdan tekislab joylanadi.
Kiritilgan formulani tahrir etish uchun sichqonchaning chap tugmachasi formulaga ikki marta 
bosiladi hamda menyular satrida yana “Работа с уравнениями” 

“Конструктор” menyusi 
paydo bo‘ladi. Mavjud kiritilgan formulani tahrir etish uchun kontekst menyudan ham foydalanish 
mumkin.
Ammo bu belgilardan foydalanish matematika (science fanlari)ni o‘rganish jarayonidagi barcha 
formulalarni, ayniqsa, qiyin ko‘rinishdagi jarayonlarni tasvirlash uchun yetarli emas. Matematika 
darslarida katta sinflarda o‘rganiladigan ildiz osti belgisi, kasr sonlarning ko‘rinishi, tengsizlik yoki 
tenglamalar sistemasi kabi ma’lumotlarni kiritishda “Уравнение” buyrug‘idan foydalaniladi.
Formulani kiritish tartibi:
1. “Вставка” 
(1) 

“Уравнение” 

“Вставить новое уравнение” buyruqlar ketma-ketligi 
tanlanadi. Buyruq tanlanganda, ekranda formula kiritish uchun quyidagi 
ko‘rinishdagi maydon paydo bo‘ladi: 
2. Menyular satrida qo‘shimcha ravishda “Работа с уравнениями” 
(2)

“Конструктор” 
(3)
menyusi hosil bo‘ladi. Ushbu menyuda turli ko‘rinishdagi formula elementlarini kiritish uchun 
shablon va buyruqlar to‘plami mavjud.
Yuqorida keltirilgan buyruqlar to‘plamidan foydalangan holda ixtiyoriy ko‘rinishga ega formulalarni 
kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Namuna sifatida yuqori sinfda o‘rganiladigan tengsizliklar sistemasini MS Wordda yozish tartibi 
bilan tanishamiz:

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin