Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

1
2
3


71
1
– hujjatning barcha parametrlari sozlab bo‘linganidan keyin 
ishga tushiriladigan chop etish tugmachasi;
2
– kompyuterga ulangan printerlar ro‘yxati hamda ularni 
ulanish holati yuzasidan ma’lumot olish oynasi;
3
– hujjatning chop etiladigan varaqlari sonini o‘rnatish 
oynachasi (to‘liq hujjat, hujjatning toq yoki juft sahifalari, 
hujjatning belgilangan qismi). “Страницы” qismiga aynan 
chop etiladigan sahifalar raqamini kiritish mumkin:
“5” – faqat beshinchi sahifa;
“1–5” – birdan beshinchi sahifagacha;
“1–5, 8” – birdan beshinchi sahifagacha hamda sakkizinchi 
sahifalarni chop etish;
4
– varaqning bir tomoniga yoki ikki tomoniga chop etishni 
o‘rnatish;
5
– varaqning yo‘nalishini o‘rnatish;
6
– bitta varaqqa chop etiladigan sahifalar sonini o‘rnatish;
7
– belgilangan sahifalarni chop etish nusxasining soni.
Katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlash jarayonida matnning bir sahifasidan kerakli boshqa sahifasiga 
o‘tish yoki biror belgilangan matn qismiga murojaat etish hamda uni tahrirlash uchun ko‘p vaqt 
sarflanadi. MS Word matn protsessorida bu muammoni hal etishda “Гиперссылка” buyrug‘idan 
foydalaniladi. Atama 1962-yilda amerikalik sotsiolog Teodor Nelson tomonidan fanga kiritilgan. 
Shundan so‘ng, u Xanadu nomli gipermatn tizimini ishlab chiqdi.
Gipermurojaat gipermatnli hujjatning bir qismi bo‘lib, u hujjatda joylashgan biror harf, so‘z, jumla, 
xatboshi yoki grafik obyektga murojaatni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, 
u orqali mahalliy diskda joylashgan papka yoki faylga, kompyuter tarmog‘idagi ilovalarga, veb-
sahifalarga ham murojaatni amalga oshirish mumkin.
Elektron matn va hujjatlarda gipermurojaatlarni joylashtirish osonlik bilan amalga oshiriladi. 
Gipermurojaatga ega matn 
gipermatn
deb ataladi.
MS Word dasturida gipermurojaatlar yaratish uchun kerakli harf, so‘z, jumla, xatboshi yoki grafik 
obyekt tanlanadi hamda “Вставка” 
(1)

“Cсылки” 
(2)

“Cсылка” 
(3) 
(Ctrl+K) buyrug‘i tanlanadi.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin