115
Audioaxborotlar analogli va raqamli ko‘rinishda bo‘ladi. Tovushning havodagi tebranishi (ovozli
signallar), ya’ni to‘lqinlar – audioaxborotning
analog
shakli
deb ataladi.
Avvallari analog shakldagi audioaxborotlar studiyalarda yozib
olingan hamda patefon va
magnitofonlar yordamida ijro etilgan.
Kompyuterlar rivojlanishi bilan tovush signallari raqamlashtirila boshlandi, ya’ni to‘lqinlar
nuqtali
(impuls) signallar to‘plamlari bilan almashtirilishi natijasida
diskret shakli
paydo bo‘ldi.
So‘ngra impulslarning kattaligi raqamli
kodlar bilan almashtirildi, natijada audioaxborotning
raqamli
shakli
vujudga keldi.
24-dars. AUDIO VA VIDEOFAYLLARNI
BOSHQARUVCHI DASTURLAR
Audio va videofayllar
Audio
(lotincha
eshitmoq
) – yozilgan ovoz,
tovush hamda ovoz
bilan ishlash tizimi va
texnologiyalari.
Kadr
(fr.
cadre
– kadr) – film parchasi yoki
video ketma-ketligi, alohida tasvir.
Fotokadr
– buyum,
manzara vа
hokazolarning yagona fotografik tasviri.
Dostları ilə paylaş: