uchun asos bo‘lmaydi. Bu vijdon erkinligi huquqi asosida kafolatlangan imtiyoz
hisoblanadi. Kimning qanday e’tiqodga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi
uning
vijdoniga havola etiladi. Lekin havola etilayotgan e’tiqod qonunga xilof bo‘lmasligi
shart. Ya’ni e’tiqod qilaman deb taqiqlangan diniy tashkilotlarga e’zo bo‘lishi yoki
ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishi qonunga xilof sanaladi. O‘z navbatida, bunday
xatti-harakat javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ba’zi huquqiy adabiyotlarda «vijdon erkinligi» o‘rnida «e’tiqod erkinligi»
tushunchasini ham uchratish mumkin. Aslida «e’tiqod» (arabcha «i’taqada»
fe’lidan) so‘zi ham ko‘p ma’noli so‘zlar jumlasiga kirib, ishonch, imonli bo‘lish,
ko‘ngilda tasdiqlash kabi bir necha ma’nolarga ega. Biz uchun kerakli bo‘lgan
ma’nosiga keladigan bo‘lsak, xudoga yoki umuman g‘ayritabiiy kuchlarga imon
keltirishni anglatadi.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan vijdon erkinligi
huquqi asosida inson dinda
buyurilgan amallarni bajarmay, hatto o‘sha dinga ishonmay, uni inkor etishi, ya’ni
dahriy bo‘lish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadi. Agar xohlasa, dinga ishonadi, diniy
ibodat va rasm-rusmlarni bajaradi. Bunda ixtiyor shaxsning o‘zida qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2012 yil mualliflar jamoasi
tomonidan nashr etilgan «Inson huquqlari umumiy nazariyasi» darsligida
keltirilishicha, vijdon erkinligi shaxsning turli diniy qadriyatlardan birini tanlash
erkinligini o‘zida aks ettiradi va uning e’tiqod erkinligidan farqi diniy va dinsiz
ma’naviy qadriyatlardan birini tanlash erkinligidadir.
Bu haqida yanada to‘liqroq to‘xtalib o‘tsak, e’tiqod
erkinligida ham vijdon
erkinligi singari shaxs u yoki bu dinni tanlab, unda ko‘rsatilgan amallarni bajarish
yo bajarmaslik ixtiyoriga ega bo‘ladi. Lekin bu huquq dahriy bo‘lish huquqini
kafolatlamaydi. Shu kabi farqlar sababli ayrim davlatlar qonunchiligida vijdon
erkinligi emas, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga asosan agar inson amal qilib
turgan dinidan chiqadigan bo‘lsa, ayrim hollarda qonuniy jazo sanksiyalarining
qo‘llanilishi ham e’tiqod erkinligining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, vijdon erkinligi e’tiqod erkinligidan kengroq
tushuncha hisoblanadi.
Vijdon erkinligi tushunchasi xalqaro huquqiy hujjatlarda ham atroflicha
bayon etilgan.
Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-
moddasida shaxsning vijdon erkinligi huquqi kafolatlangan. Unda aytilishicha, «Har
bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini
o‘zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda
marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga
yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga
oladi».
Mazkur normaga ko‘ra vijdon erkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni
kafolatlaydi:
Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish;
Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda
marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish;
O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga
amal qilish.
Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning
19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan.
Shu o‘rinda bir masalaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Vijdon
erkinligi shaxsning o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish huquqini kafolatlashi aniq.
Lekin bunday o‘zgartirish boshqa shaxsning ta’sirida bo‘lmasligi shart. Aks holda,
bu qonunchiligimizda taqiqlangan missionerlikning bir ko‘rinishiga aylanib qolishi
mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, vijdon erkinligi shaxsning konstitutsiviy tabiiy
huquqi bo‘lib, davlat bu erkinlikni huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, uni poymol etishga nisbatan har
qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon
bo‘lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim.
Chunki
eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining
amalda
ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy
rivojlanganlik darajasining ham muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: