qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish
maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi.
Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak
jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot
inson va fuqarolarning
vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli
tashkilot hisoblanadi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi
boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati
fuqarolarning
dinga e’tiqod qilish
,
ibodat qilish
,
diniy rasm-rusumlar va
marosimlarni birgalikda ado etishlariga ko‘maklashish
ni maqsad qiladi.
Qonunchilikda diniy tashkilotlarning bir necha turlari e’tirof etiladi. Unga
ko‘ra,
diniy jamiyatlar
,
diniy o‘quv yurtlari
,
masjidlar, cherkovlar
,
sinagogalar
,
monastirlar
va boshqa tashkilotlarga diniy tashkilot maqomi beriladi.
Diniy tashkilot huquqiy jihatdan e’tirof etilishi uchun, avvalo, u qonuniy
asoslarga ega bo‘lishi lozim. Respublikamizda tuziladigan diniy tashkilotlar
ustav(nizom)i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi
organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib,
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin.
Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi»
Qonuni va «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori asosida diniy tashkilot
tuzish uchun to‘rtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga ko‘ra diniy tashkilot
tuzish uchun tashabbuskorlar:
18 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim. Bu holat deyarli barcha
davlatlarning qonunchiligida mustahkamlangan qoida bo‘lib, shaxs 18
yoshga
to‘lgach o‘z xatti-harakatining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab yetadi va sudda
da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda muqim yashayotgan bo‘lishlari lozim. Diniy tashkilotda
o‘tkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi
insonlarga mo‘ljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa
mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadi har
doim ham ezgu bo‘lavermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizda ayrim diniy ekstremistik
oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham ko‘rish
mumkin.
O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishlari kerak.
Bu esa, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan
qat’i nazar faqat O‘zbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi.
Lekin diniy tashkilotga a’zo bo‘lishda shaxsning biror davlatning fuqarosi bo‘lish-
bo‘lmasligining unchalik ahamiyati yo‘q. Chunki, diniy tashkilotga a’zo bo‘lish
vijdon erkinligining tarkibiy qismi bo‘lib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga
haqlidir.
Son jihatdan 100 nafardan kam bo‘lmasliklari shart qilinadi.
Respublikamizning dastlabki tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risdagi» Qonunining 13-moddasida diniy tashkilot kamida o‘n kishidan iborat
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd etilgan edi. Diniy
tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi va mas’uliyati ham
kattaroq. Shu bilan birga qonunchilikda belgilangan
qoidalar jamiyat rivoji va
zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar.
Dunyo davlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi
qonunchiligiga e’tibor qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bo‘lgan
tashabbuskorlarga qo‘yilgan minimal miqdor turlicha ekanini ko‘rish mumkin.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15,
Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirg‘izistonda 200, Chexiyada 300,
Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot
tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davlatning o‘z
shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini ko‘rsatadi.
Diniy tashkilot tuzilib, ustav (nizom)i qabul qilingach, u bir oylik muddatda
Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
«O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida»gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli
hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini o‘rganishga xizmat qiladi. Bu hujjatlar
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Dostları ilə paylaş: