Va diniy tashkilotlar bilan munosabati



Yüklə 134,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#184396
1   2   3   4   5   6
i2Ekzgr1WkQmq7r8OGEZSGeXj7JE9CLuku5yx84O

buyumlarni, audio va video yozuvlarni ishlab chiqarish, olish, tarqatish, eksport va 
import qilish; 

ustav maqsadlariga mos keladigan va xizmat qiladigan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanish. 
Diniy tashkilot ustavida tashkilot faoliyatni tashkil etish va tugatish tartibi 
ham bo‘lishi lozim. Diniy tashkilotlar amaldagi qonunchilik va o‘z ustavi talablarini 
buzganda, qalbaki hujjatlar taqdim etganda, shuningdek ustavdagi faoliyati haqida 
tegishli ma’lumotlarni olti oy muddatda adliya organlariga taqdim etmaganda, 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish 
yuzasidan unga yozma ogohlantirish yuboradi. Ogohlantirishda ko‘rsatilgan 
kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilmasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ diniy 
tashkilotni tugatish huquqiga ega bo‘ladi. 
Bundan tashqari, diniy tashkilotlarni tugatish ularning majlis (konferensiya) 
qarori yoki sud qarori asosida ham amalga oshirilishi mumkin. 


Respublikamizda davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro 
munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklangan. 
Qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, 
fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, 
shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish 
sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi 
hisoblanadi. U mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal 
qilishda yagona siyosatni amalga oshiradi.
Diniy tashkilotlarni vijdon erkinligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini 
hisobga olib davlat tomonidan ularga bir qator imtiyozlar ham belgilangan. 
Jumladan, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 16-
moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davlat mulkidan foydalanishlari 
mumkin ekani ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, diniy tashkilotlar o‘z ehtiyojlari uchun 
davlat organlari tomonidan shartnoma asosida beriladigan binolar va mol-mulkdan 
foydalanishga haqlidir. Bu esa tegishli hokimiyat organlari ruxsati bilan amalga 
oshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros ob’ektlarini 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 27-moddasiga 
muvofiq tarixiy va madaniy yodgorliklar ob’ektlari va buyumlar diniy tashkilotlarga 
tekin foydalanish shartnomasi shartlarida berib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Din sohasidagi ma’naviy-
ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va 
imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi Qarorini bir so‘z bilan diniy tashkilotlarga nisbatan 
belgilangan sanatsiya deb atash mumkin. Chunki, bu Qaror diniy tashkilotlarga 
kommunal xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarni yuridik shaxs sifatida emas, balki 
jismoniy shaxslardan olinadigan miqdorda to‘lash huquqini berdi.
Kommunal xizmat to‘lovlaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushumlar va 
ziyoratgohlardan tushadigan xayriya mablag‘larini O‘zbekiston musulmonlari 
idorasi tizimidagi masjidlarni ta’mirlash, diniy ta’lim muassasalarining o‘quv va 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi-mudarris va imom-xatiblarning 
mehnatini rag‘batlantirish ishlariga sarflash belgilab qo‘yildi. 
Ma’lumki, respublikamizda hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga 
nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining islom dinining asl 
insonparvarlik mohiyatini asrash, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni diniy 
aqidaparastlik va ekstremizm xataridan himoya qilish bo‘yicha murojaati va bir 
qator jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda qabul qilingan, 
yuqorida aytib o‘tilgan Qaror faqat islom dini tashkilotlariga tatbiq etilsa, boshqa 
diniy konfessiyadagi tashkilotlarga nisbatan tenglik tamoyili buzilgan bo‘lar edi.
Shu jihatni hisobga olgan holda, 2003 yil 10 sentyabrda hukumatning maxsus 
Farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishda belgilanishicha, faqatgina O‘zbekiston 
musulmonlari idorasi tizimidagi tashkilotlar emas, balki barcha diniy tashkilotlar 


2003 yilning 1 sentyabridan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar 
uchun to‘lovlarni jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘laydi.
Diniy tashkilotlarga hukumat darajasida bu kabi ijtimoiy yordamlarning 
berilishini ham davlatning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy konfessiyalarni 
rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarining amaliy ifodasi sifatida baholash 
mumkin. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda barcha shaxslarning vijdon va e’tiqod erkinligi 
huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi diniy tashkilotlarning hech bir to‘siqlarsiz, 
qonunda belgilangan tartib va asoslarda faoliyat olib borishlari uchun tegishli 
huquqiy asos va tashkiliy shakllar ta’minlangan. Bu holat davlatimizning dunyoviy 
demokratik davlat sifatida rivojlanayotgani hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillariga 
sodiq ekanini ko‘rsatadi. 

Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin