Va diniy tashkilotlar bilan munosabati



Yüklə 134,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#184396
1   2   3   4   5   6
i2Ekzgr1WkQmq7r8OGEZSGeXj7JE9CLuku5yx84O

diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari imzolagan va notarial tartibda 
tasdiqlangan ariza;

ta’sis hujjatlarining asli va ikki nusxadan iborat notarial tartibda tasdiqlangan 
ta’sis yig‘ilishi bayoni va ustav (nizom)i; 

pul mablag‘lapining tashkil topish manbalari – dalolatnoma-deklaratsiya; 

diniy tashkilot ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari haqidagi ma’lumot; 

diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi hujjat nusxalari; 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning roziligi; 

diniy tashkilotning yuridik va pochta manzili to‘g‘risida mahalliy hokimiyati 
organlarining kafolat xati kabi hujjatlar tayyorlanishi lozim. 
Adliya organlariga bu hujjatlar taqdim qilingach, bir oylik muddatda 
ko‘rib chiqadi va tashkilot ustavini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad 
etish yoki arizani inobatsiz qoldirish haqidagi qarorni qabul qiladi. 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunga ko‘ra 
ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini 
muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona 
markaziy boshqaruv organlari
tuzilishi mumkin. 
Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy 
tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat 


ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis 
yig‘ilishi tomonidan tuziladi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi 
o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod 
qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy 
ta’lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat 
dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat.
Markaziy boshqaruv organini tuzish tartibi va qoidalari diniy tashkilot tuzish 
tartibidan ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Jumladan, Markaziy boshqaruv organi 
faqat Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ya’ni adliya boshqarmalaridan 
emas. Shuningdek, diniy tashkilot tuzishdagi 100 nafar tashabbuskorning bo‘lishi 
ham talab etilmaydi. Balki respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida 
faoliyat olib boruvchi bir konfessiyaga mansub diniy tashkilotlarning ta’sis 
konferensiyasi qarori asosida tuziladi.
Diniy tashkilot yoki Markaziy boshqaruv organining rahbarlari tegishli diniy 
ma’lumotga ega bo‘lishi va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi zarur. Mabodo, diniy 
tashkilot rahbarligiga talabgor shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmasa, uning 
nomzodi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan 
kelishilgan holda olinadi. 
Diniy tashkilotning nomi, turi, joylashgan manzili, qaysi dinga mansubligi
maqsadi, vazifalari, mablag‘lari manbai hamda mulkiy munosabatlari uning 
ustavida ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, ustavda tashkilot faoliyatining asosiy turlari ham qayd etiladi. 
Diniy tashkilotlarning faoliyat turlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

ibodat va boshqa diniy marosimlarni tegishli bino va boshqa joylarda 
o‘tkazish; 

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanadigan
qariyalar va nogironlar uylarida xayriya faoliyatlarini amalga oshirish; 

diniy ta’lim va tarbiya; 

ziyoratlarni tashkil qilish, diniy arboblarni qabul qilish; 

noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, diniy adabiyot va 

Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin