Va innovatsiyalar vazirligi


II BOB. “Adolat manzili romanida yozuvchi yaratgan obrazlarning o‘ziga



Yüklə 325,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü325,96 Kb.
#211307
1   2   3   4   5   6   7   8
Adolat manzili kurs ishi

II BOB. “Adolat manzili romanida yozuvchi yaratgan obrazlarning o‘ziga 
xosligi va badiiy talqini 
2.1.Odil Yoqubov ijodida ma’naviy-axloqiy muammolar talqini 
Bilib ishlatilgan so‘z mo‘jizalar javhari-kuladi, kudiradi kurashga undaydi, 
yig‘laydi, yig‘latadi. So‘zlar gapiradi, savol beradi. 
Odil Yoqubov yozuvchi mahorati, so‘z san’ati adabiy va falsafiy tahlil, 
ijodda rostgo‘ytlik va samimiyat o‘zbek tilining ko‘rkamligi, bulrroligi, pishiqligi 
va jozibadorligi, boy va ixchamligi, so‘z ko‘ngil mahoratining qulf va kaliti 
ekanligi, inson tafakkuridagi eng yuksak, eng chuqur va eng otashin tuyg‘ularni 
so‘zda ochiq- oydin ifodalash fazilatlari: so‘zlarning turfa ranglarga bo‘yab-
bejamaslik, dabdabali va baland parvoz chaynalgan chuchuk, tushunish qiyin 
bo‘lgan yaltiroq so‘zlardan qochish so‘zni sevish, e`zozlash hurmat qilish, avaylab 
ehtiyodlab qo‘llash; qalamkashdan har kalomida haqiqat gullari barq urib yashnab 
turishi, hayot nafasi, hayot sururi ufirib turishi haqida mulohazalar bildiradilar.
Ijodkor shu fikrlarni davom ettirib, bo‘sh quduq shudring bilan to‘lmaydi 
bo‘sh asar ham maqtalgani bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi degan fikrlarni keltiradiki 
bu avvalo adib dunyoqarashini, yozayotgan asariga qanchalik talabchan ekanini 
ko‘rsatib beradi.
Bu bilan biz har bitta qahramonning vazifasini asardagi o‘rnini chuqur 
anglab boramiz.
Suyun Burgut barcha roman voqea-hodisalarini birlashtirib turuvchi 
qahramondir. Asar avvalida bu qahramonnng oilasi, otasi, sinfdoshlari bilan 
bo‘lgan munosabatlar Marjonoy tilidan hikoya qilinadi. Burgutning bu laqabni 
olishi bejiz emas, u xuddi xalq og‘zaki ijodi qahramonlarini esga soladi. Asarning 
boshida Burgutning ertakmonant oti Duldul tasviri beriladi. Yoshlikdan ot minib, 
merganlikda, uloq, ko‘pkarilarda toblangan qahramonimiz ko‘z oldimizga keladi. 
Suyun Burgutga yana bir odat xos bo‘lib, u o‘lan aytishni ham do‘ndiradi. Burgut 
o‘lan aytganda hammani og‘ziga qaratadi. O‘rtoqlari bilan samimiy, barcha 
sinfdosh qizlar unga zimdan oshiq bo‘lib yurishadi. E’tibor bersak, bu xatti-


23 
harkatlarda o‘zbek millatiga xos barcha urf-odatlar, an’analar, tarbiya maktabining 
o‘rni aks etib turgani kundek ravshanlashadi.
Suyun Burgut chin vatanparvar inson, haqiqiy o‘zbek, o‘zi-o‘ziga bek bo‘lib 
yetishdi shu sabab hayot yo‘lida bir zum bo‘lmasin haqiqiy o‘zbekka xos tantilik, 
mardlik, adolat bayrog‘ini qo‘ldan bermaydi. Burgut obrazi aks etgan o‘rinlarga 
murojaat etish mobaynida bizning yuqoridagi fikrlarimiz o‘z isbotini topadi. 
Burgut Marjonoyga ko‘ngil qo‘yadi, sekin asta bu muhabbat ikki yoshni o‘z 
og‘ushiga oladi. Suyun Burgut Marjonoyni olib qochadi. U ertaga nima bo‘lishini 
kutadigan qahramonlardan emas, oldida bo‘lishi mumkin g‘ovlarni avvaldan 
o‘ylaydi. Bu yigit o‘z bo‘lajak umr yo‘ldoshini begonalar yonida bo‘lishini 
xohlamaydi. Bu odat ham azal-azaldan ota-bobolarimizga xos o‘zgacha bir 
fazilatdir. Bu ish Marjonoyni also ranjitmaydi. U ham Burgutni sof muhabbatini 
to‘g‘ri tushunadi va ota-onasidan uzr so‘rab, ishongan kishi qo‘lini tutib katta 
hayotga yo‘l oladi.
Inson shaxs jumbog‘i, bu jumboqni yechishga intilish inson hayoti mohiyatini 
tavtish va tahlil qilishga intilish romanning umuman badiiy adabiyotning bosh 
vazifasi: XX asr davomida shakli ifoda usullari juda ko‘p o‘zgarishlarga duch 
kelsada, inson uzoq vaqt o‘zgarishsiz qolib keldi. Faqat asr so‘ngiga kelibgina 
ijodkor insonni anglash bobida yakka hokim dunyoqarsh, mafkura taziqlaridan 
qutuldi. Shaxsni turli falsafiy estetik qarashlar nuqtai nazaridan badiiy talqin qilish 
imkoniga ega bo‘ldi. Nazarimda so‘nggi yillarda o‘zbek romanchiligidagi o‘sish – 
o‘sish esa shubhasiz, mavjud ta’min etgan eng muhim omil shu bo‘lsa ajab emas. 
Bir qarashda keyingi o‘n yil mobaynida yaratilgan romanlarning aksaryati, istiqlol 
arafasidagi mustabid tuzum davridagi hayotini badiiy tahlil etishga qaratilgan 
tematik, jihatda torlikday, bir xillikday taasurot qoldirishi mumkin, ehtimol. Biroq, 
menimcha bunda ham tabiiy, qonuniy holni ko‘rganimiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki 
kechagi kunimiz mana endi – endi ijodkorlarimiz uchun chinakam estetik obyektga 
aylanib bormoqda. Zero, ijodkor (jumladan, boshqalar ham) endigina u davr 
hayotidan rostmana uzilib, unga tugal bir bosqich sifatida chetdan qarash xolis va 
atroflicha chuqur mushohada qilish imkoniga bo‘ldi. Davrdan uzoqlashganimiz 


24 
barobari, asrdan – asraga uning badiiy talqini chuqurlashib borayotgani buning 
yorqin dalili bo‘lgandek, hali bu mavzuning “yopilmagan”idan ham dalolatdir. 
Ikkinchi tamonidan, tematik jihatdan yaqin yuzaki qarganda bir-biriga o‘xshash 
asarlarda talqinlar turfaligi ijodkor shaxsiy nuqtai-nazarining tobora bo‘rtib 
borayotganini adabiyotimizning ertasidan xayrli foldir. Aytaylik, o‘sha davr 
ijtimoiy hayotiy jarayonlarining, absurd voqelikning shaxs tabiati, ruhiyatga 
tasirini o‘rgangan adiblar ijodida bir qarashda o‘xshash, aslida bir-biridan jiddiy 
farqlanuvchi obrazlar (tiblar) yaratildi. 
13 
“Adolat manzili” romanining voqeasi oddiy: unda o‘zbek ishi deb ataladigan 
ko‘ngilsiz hodisaning ayanchli bir ko‘rinishi haqida hikoya qilinadi. Yaqinidagina 
savxoz direktorligiga ko‘tarilgan halol g‘ayratli, shijoatkor, tadbirkor yigit chaquv 
orqali qamaladi, markazdan kelgan desanchilarni tahdidi bedodliklari tufayli 
qamoqxonada o‘zini halok etadi. Asardagi butun gap so‘zlar, voqealar mana shu 
fojiali ko‘rgulikka mubtalo bo‘lgan shaxs – bosh qahramon Suyun Burgut 
tevaragida aylanadi, yozuvchi bu mudhish hodisaga munosabatda bir talay 
persanajlarning ma’naviy qiyofasini gavdalantiradi, o‘zining hayot, uning uning 
chigal jumboqli xususidagi o‘y mushohadalarini ishora etadi: eng muhimi bosh xos 
ruhiy dunyosini ochadi. 
Suyun Burgut avvalo qahramonana xaarakteri bilan ajralib turadi. 80-90 
yillarda O‘zbekistonda totalitar siyosati oqibati o‘laroq hayot girdobiga tushib 
qolgan shaxslar obrazi ko‘proq yaratildi. Ularning aksariyati asosan jabrdiyda 
sifatida talqin etiladi. Suyun Burgut ham jabrdiyda shaxs shu bilan barobar u 
mardona dovyurak kurashchan siymo. Bu yigit boshiga tushgan ko‘rguliklar, 
adolatsizliklar tufayli iztiroblar olovida qovruladi, eziladi, ayni paytda so‘nggi 
nafasiga qadar balo ofatlar, yovuz kuchlar bilan beayov olishadi, mardona turib 
o‘zini halok etadi… Bu bilan yozuvchi ko‘p asrlik ijodiy tajribalarini yangi 
sharoitda davom ettiradi.
13
Normatov U. Ijod sehri. T;, “Sharq”, 2007, 352-b. 


25 
“Adolat manzili” yorqin o‘tmishdan olib yozilgan qator asarlardan farqli 
jihati ham shunda.
14
Bu hol zamonaviy adabiyotimiz uchun hayot-mamot ahamiyatiga molik. 80-
90-yillarda bo‘lgan adabiy bahslarda keyingi avlodlar ko‘z o‘ngida yorqin 
namoyon bo‘luvchi bebaho namunasidir.
Har bir asar o‘z davrining ijtimoiy voqea hodisalarini, kishilarning taqdirini, 
kechinmalarini ifodachisi bo‘ladi. Ushbu roman ham mustamlaka yurtimizning 
so‘nggi kunlari so‘nggi iztiroblari tarixi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Adolat manzili”dagi obrazlar ham xuddi o‘sha aytilayotgan davr kishilarini 
talqin etadi. Bugungi mustaqillik zamonida ko‘proq adabiyotimizning yangicha 
turlariga murojaat qilingan asarlar yaratilibdiki, uni anglash, tushunish, ijodkor 
g‘oyasini chuqur tahlil qilish biroz qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Absurd. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi “bemanilik” bo‘lib shu asosiga 
qurulgan insonlar obrazi, yoki bo‘lmasam voqea hodisalarga keng o‘rin berilgan 
adabiy janrdir. Bugungi kunimizda bu janrning ancha murakkab namunalari 
yaratilganini e’tirof etganimiz holda, “Adolat manzili” romani shu janr dastlabki 
nishonalari deya ayta olamiz.
Asardagi biror gunohni bo‘yniga olmagan shaxsni o‘zlari to‘qigan yolg‘on 
tuhmat bilan qamashlari va qilmagan ishlarini bilib turib bo‘yniga olmaguncha 
ruhiy qiynoqqa solishlari, hatto Suyun burgutning begunohligini bilib turib, uni 
yana yangi- yangibo‘htonlarni yog‘dirish uchun xotinidan pora so‘rashi, buning 
be’manilikdan hech kam joyi yo‘qdek tuyuladi.
Butun umrini, eng kuch-qudratga ega navqiron yigitlik chog‘larini urushda 
kechirib hatto 80-yillarda ham goh maktabda, goh muassalarda yoshlarnimizni 
Rossiyaning sodiq askari bo‘lib va’zlar aytganda ham, ko‘ragiga shoda-shoda 
orden, medallarni taqib hayotdagi eng muhim vazifa haqiqiy vatanparvar, yurtsevar 
fidoiy, jonkuyar siymo bo‘lib o‘tganidan qanchalik mamnun bo‘lsa, kuyovi aybini 
bilish, aybdor emasligini hech qanday gunohsiz qamalganini aytish Burgutni ozod 
14
Normatov U. Yangi o`zbek adabiyoti. T;, “Universitet”, 2007, 102-b. 


26 
qilish yo‘lidagi dastlabki harakatidan keyingi holati bu obrazning umri qanchalik 
besamar kechgani, bemani hayot kechirgani absurddan o‘zga narsa emas.
Odil Yoqubov “Adolat manzili”da bu qahramonlari orqali butun mustamlaka 
tuzumining bemani ekani hech qanday inson manfaatlariga rioya qilinmagani. 
Mustamlaka fuqarosining kim bo‘lishidan qat’iy nazar: xoh u veteran bo‘ladimi, 
xoh oddiy bir cho‘pon buni qizig‘i yo‘q baribir shafqatsiz qullardek guvohi 
bo‘lamiz. Asar qahramonlari shu juhatlarni yuzaga chiqarishda o‘z his – tuyg‘ulari, 
xatti-harakatlari bilan faollik va o‘ziga xoslik kasb etadi.
Burgutga xos telbalarcha rashki, bitiruv kechasida to‘qigan tush hikoyasi 
baxshilarga xos puxta mahorat sohibi shu bilan birga chuqur bilimdon ekanini bilib 
olamiz.
Asarning asosiy voqealari ya’ni syujeti va kompazitsiyasini ta’min etuvchi 
vositalardan birinchisi asar tili; ikkinchisi hayot oqimi va obrazlar; uchinchisi 
asarda o‘ziga xoslik kasb etuvchi qahramonlar nutqi, muallif hikoyasi va 
to‘rtinchisi asar turi janri kabi to‘rt jihatni har bir asarga har bir ijodkor o‘rin 
berishi shart. Shu jihatdan “Adolat manzili” romani ham uchunchi jihati ya’ni 
o‘ziga xosligini ta’min etuvchi vosita sifatida obrazlar tilidan aytilgan xalq og‘zaki 
ijodiga xos vositalar: tush voqealari, o‘lanlar, motam qo‘shiqlari ushbu asarning 
o‘ziga xosligini ta’min etgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sabab ham bu asarni 
tahlil qilgan ko‘plab adabiyotshunos va tanqidchi asr o‘ziga xosligini xuddi shu 
xalq og‘zaki ijodi yaqinligi deb baho beradi.
Badiiy asar syujeti hayot haqiqatiga asosida kitobxonni o‘ziga tortadigan, 
jozibador qilib qurulgandagina muayyan ta’sir kuchiga egsa bo‘ldi. 
15 
Syujet bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib. Biz yuqorida to‘xtalgan 
Suyun Burgutning yoshlik bolalik tasvirlari ekspozitsiyani tashkil etadi. 
Ekspozitsiy Suyun Burgutning adolat parvar obraz bo‘lib yetishining sabablari 
nimda ekaniga o‘quvchini savollariga javob bo‘ladi. Bu kitobxonda Burgutning va 
boshqa qahramonlarning asar davomidagi hatti-harakatlariga asos bo‘luvchi 
debocha qismi hisoblanadi.
15
Xudoyberdiyev E. “Adabiyotshunoslikka kirish”, T;, “Sharq”, 2008, 71-b.


27 
Asarning asosiy qismi – tuguni esa Suyun Burgutning xibsga olinish 
voqeasidan boshlanadi. Asar deyarli shu tugun va buy o‘ldagi qahramonlarning 
turli psixologik va ijtimoiy holatlari bilan kechadi.
Shu o‘rinda asosiy voqealar Burgutning savxoz raisi lavozimiga o‘tirishi bilan 
boshlanadi. Ammo asarga tugun qilib olinadigan ziddiyat faqat sanoqli obrazlar 
emas, balki, barcha kitobxonni dardi ijtimoiy hayot muammosi bo‘lishi kerak. Shu 
sababdan 80 yillar oxirida avj oldi ” O‘zbek ishi” deb qamalgan begunoh 
vatandoshlarimizdan achchiq hayotini aks ettirish bo‘lgan asar tugunini Suyun 
Burgutning qamoqqa olinishi deb talqin qilsak maqsadga muvofaq bo‘ladi.
Burgutning savxoz direktorligiga ko‘tarilishi kutilmas voqea bo‘ldi, bunday 
deyilishini sababi nazarlarida dunyoni ushlab turgan Mansur Mesh va 
Najmiddinovlar ichki ziddiyatlarini bilsada xotini marjona qancha jon kuydirib bu 
yo‘ldan qaytarishga harakat qilsada hatto “iloyo erimning nomzodi o‘tmagay” deb 
xudoga tavallo qilsada avvalboshi Najmiddinov so‘ngra yaxshi-yomonni shunday 
ham ajrata oladigan xalq Burgutni direktorlikka ko‘taradi.
Burgut ishni to‘g‘ri boshlab ko‘p savobli ishlarni amalgam oshirdi. Tez orada 
el-yurt og‘ziga tushadi. Oila a’zolari, hamqishloq, hamyurtlari faxrlanib yurishadi. 
Burgutdagi bu ko‘rinmayotgan qobilyatni: tashkilotchilik, uddaburonlik 
muammolarni tez va oson hal qilish ko‘p holarda haqiqiy boshliq, yurtdoshlari 
mas’ulyatini o‘z zimmasiga olgan fidoiy shaxs timsolining o‘ziga xos na’munasi 
bo‘la oladi. Adib har bitta boshliqning shunday xususiyatlarga ega bo‘lishini 
xohlaydi.
Ko‘p o‘tmay dard ustiga chipqon deganlaridek Darvesh duduqning qo‘rasiga 
o‘t ketadi. Sovxoz hisobidagi oltiming qo‘y yonib kul bo‘ladi. Burgutni avvalo 
yongan qo‘ylar emas tasodif falokat tufayli (balki bu Mansur Mesh singari 
alamzada kimsalar ishidir) qamalishi mumkin cho‘ponlar hayoti sarosimaga soladi 
bu o‘rinda inson parvarlik birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Qo‘ylar esa bir jonivor uning 
qadri oldida inson o‘rni yer bilan osmoncha farq qiladi. Burgut shu narsani aniq 
biladi, u hech qachon arzimagan oltiming bosh qo‘y uchun umri mehnatda o‘tib 
ham kosasi oqarmagan, bolalari to‘yib yoki usti but bo‘lmay ulg‘ayayotgan bitta 


28 
televizorni mo‘jizadek hangu mang bo‘lib tomosha qilayotgan bu insonlarni hech 
qachon tashlab qo‘ymaydi, qo‘ylar o‘rnini to‘ldirish uchun kerak bo‘lsa, o‘z 
qo‘ylarini beradi, xalqni yig‘ib ularni yordamga chaqiradi, xullas, hamqishloqlarini 
nochor ahvolga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bir jihatdan bu voqealar kishilarga 
oddiy ko‘ringan bo‘lishi mumkin ammo Burgutning bu irodasi, matonati, haqiqat 
uchun olib borgan harakati orqali adibimiz har bir o‘zbek boshlig‘ining shunday 
jonkuyar masuliyatli eng asosiysi adolatparvar bo‘lishini xohlaydi. O‘zi qo‘l 
ostidagi jamoaga mehr qo‘yishni har bitta yoshga alohida e’tibor berishni, ularni 
o‘sishi, o‘qishi, ulg‘ayi va hayotda yaxshi natijalarga erishishiga o‘z hissasini 
faqatgina Suyun Burgutga xos fazilat emas, hamma jamiyatning faol a’zosiman 
degan shaxslarga xos xususiyat bo‘lishini xohlaydi. Agar kishilar o‘z oilalariga 
qo‘ygan mehrni yurtdoshlariga ham ulasha olsa, o‘zgalar taqdirini o‘ziniki bilib 
yurtimiz, millatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shsa degan maqsad va g‘oya yotadi. 
Shunga qaramay hamma zamonlarda bo‘lgani singari yaxshiga kun yo‘q, 
yamonga o‘lim. Burugut bir kishi qilishi kerak bo‘lgan ishni juda qisqa muddatda 
amalgam oshirdi bu esa Mansur mesh – sobiq direktorning halovatini buzdi. 
Xalqimizda o‘tdan tushsa ham, egardan tushmaydi degan naql bor. Bu aynan 
Mansur mesh uchun topib aytilgan gapday jaranglaydi. Axir endi boshliqlik 
kezlarida soyasiga salom beradigan va og‘zidan chiqqani muhayyo qiladigan 
kimsalar ichidan chiqdi. Xalqning Burgutni qilayotgan ishlaridan mamnunligi 
Masur meshning paytavasiga qurt tushuradi. Garchi bu adovat o‘rnini Burgutga 
bo‘shatganda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, endi yana ham alamga oladi. O‘z 
maqsadlariga yumaloq xatlar yozib, tuxmat yog‘dirib erishadi.
Bu gunoh Burgut tergovning dastlabki kunlarida tushkunlikka tushadi. O‘zi 
yozgan o‘lan so‘zlari diqqatimizni tortadi.bu so‘zlar Burgut qalbida qo‘zg‘algan 
adalatsizliklarni isyondek taassurot qoldiradi. 
Qirg‘in kelsa qo‘rg‘onim, 
Yov bosganda qalqanim. 
Yiqilganda suyanchim, 
Qoqilganda tayanchim. 


29 
Agar kishilarning boshiga og‘ir kunlar tushsa, eng avvalo o‘z yaqinlari, 
tug‘ilib o‘sgan yurti, hamqishloqlariga suyanadi, tayanadi. Burgut ham o‘z yurtiga 
shunday mehr qo‘yadi. Adalatsizliklar eshik qoqayotganda shu mehnatsevar xalqi 
ko‘magiga ko‘z tutadi, undan madad kutadi.
Farzandlarining boshiga 
Sinov tushdi,Marjontov 
Yomonlarning yegani 
Qazi o‘ldi, Marjontov! 
Yaxshilarning boshiga 
Qirov qo‘ndi, Marjontov, 
Nechuk sukut saqlaysan? 
Qaldirog‘ing qaldirab, 
Haqni haqqa yo‘ymasan? 
Yomonlarga ters boqib 
Duoyi bat qilmaysan 
Nechuk sukut saqlaysan, 
Aylanayin Marjontov 
O‘rgilayin, Marjontov… 
Bu adolarsizliklar qanday tog‘larni larzaga solmayapti, axir, uning bag‘rida 
o‘sib ulg‘aygan farzandlarining birma- bir kulfatlarga mubtalo bo‘lmoqdaki, yana 
begunohlar jabr ko‘rib, gunohkorlar suvdan quruq chiqmoqdaki nechun, 
nimaaga… bu so‘zlar tilga ko‘chganda Burgut yuragidagi norozilik adolatsizlikka 
qarshi isyon olovining butun tanasiga o‘t oldirganday tuyuladi. Alanga kuchaygan 
sari, o‘lan ham avjiga chiqadi.Bu Marjontovga emas, butun xalqqa aytilgandek 
xalq tilidan aytiladi. 
Bukun senga ne bo‘ldi? 
Eling bukun quvg‘inda, 
O‘g‘lonlaring surgunda, 
Onalarning faryodi 
Yetti arshi- a’loga 


30 
Nechuk senga yetmaydi 
Yetgan
bo‘lsa nolasi, 
Nechuk sukut saqlaysan? 
Axir senga ne bo‘ldi. 
Aylanayin, Marjontov, 
O‘rgilayin Marjontov!
O‘lan chog‘ida qahramonlarimizning holatiga bir nazar tashlang-a “… O‘lan 
oxiridagi mungli satrlarga, doim mehribon Marjontovning bugun, farzandlari 
boshiga qora bulut kelganda nechundir sukut saqlayogan Bobotog‘ga murojaat 
qilganlarida Burgutning ovozi shunday tizginsiz bir dard bilan yangradiki, son- 
sanoqsiz qiz- kelinchaklar mo‘ralab qarashdi, olma va o‘riklarga osilgan 
bolakaylar chumchuq bo‘p ketdi!”…
16
Inson g‘amga botganda, ayniqsa, qahramonimiz Suyun Burgut singari bu 
tashvishlar yolg‘on,uydurma gaplar bo‘lganda ruhiy dunyosi qaqshatqich zarbaga 
uchraganda, yurak dengizi ko‘pirib, toshganda, qirg‘oqlarga sig‘may quyun 
ko‘targanda chekkan iztirobi o‘langa ko‘chgan er-u xotinning bu faryodi dilidan 
otilib chiqadiki, hech kim befarq eshitmaydigan, katta yosh bolalar ham chumchuq 
kabi shoh-shohga qo‘nib, bir-birini pinjiga kirib, sukut saqlagan holda quloq 
tutadilar. Bu manzara qahramonlarning ma’naviyatli diyonatli obrazlarining yana 
bir o‘ziga xosligidir .
Shunga qaramay, ular yashab turgan jamiyat oqni oq emas qora deb o‘z 
bilganini, o‘z maqsadini hech bir mubolag‘asiz amalga oshirgan.
Burgut o‘g‘li Lochin bilan xuddi do‘stlardek muomilada bo‘ladi. Ular bir 
bo‘lgandan ochiq oydin gaplashib, bahsga munozaraga kirisha oladilar. Bu 
ikkovlarining suhbati jarayonida namoyon bo‘ladi.Ular ijtimoiy hayotda sodir 
bo‘lgan ,bo‘layotgan nohaqliklarni haqiqiy bahosini beradilar.Lekin ota 
hukumatning hazillashib bo‘lmaydigan ayovsiz va adolatsiz ekaniniaytib bunga 
bas keluvchi insonni toppish amri mahol ekanini qayta-qayta ta’kidlasa –da Lochin 
16
Yoqubov O . Adolat manzili. T.; “Sharq”, 2005, 43-b 


31 
ham ko‘p kitob o‘qigan,vatani tarixini va tarixiga aylangan kechagi kunini yaxshi 
biladi.Undagi yoshlarcha qiziqqonlik, kitoblardan singgan adolat tantanasiga 
ishonch dilidagi o‘y-fikrlari otasi aytgan gap asl haqiqat ekanini tan olgisi 
kelmaydi.Kitoblardan o‘rgangan haqiqat ekaniga shubha qilmaydi.
Suyun Suvonqulov Sharanovskiy, Mirjalolov Mansur mesh (o‘zlaricha adolat 
va isbotlarsiz, hech qanday dalillarsiz) qamoqqa olinar ekan xatni Marjonoydan 
kechirim so‘raydi.
Kechir meni!- dedi o‘pkasi to‘lib-gunohkor Burgutingni kechir,xudoga 
topshirdim,seni… u tomog‘i g‘ip bo‘g‘ilib, o‘zini dahlizga urdi.
17 
“Gunohkor” Suyun Burgut odamlar aytganidek pora bergani uchun emas, 
ayolini el-u yurt oldida gapga qolishi nohaq bo‘lsada, besh qo‘l baravar emas, 
baribir bu tuhmat chin bo‘lib el ichida yoyilishi hamma ularga ola qarashi 
mumkinligidan xijolat bo‘lib kechirim so‘raydi. Lochinni tarbiyasini yolg‘iz o‘ziga 
topshirib ketayotganidan, kelajakda ularni juda qiyin kunlar kutishidan iztirib 
chekib kechirim so‘raydi. Vafodor umr yo‘ldosh, u ayolini hech qachon 
kimlargadir muhtoj bo‘lishini xohlamaydi, lekin ayni vaziyatda ular bu ko‘rgulikka 
qaqnday sababdan qanday chidaydi. Shu sabablardan kechirim so‘raydi. Aslo 
aybini bo‘yniga olib emas xotinini, farzandini qiyinchilik girdobiga solib 
ketayotganidan qattiq o‘rtanib kechirim so‘raydi.
Burgut o‘zi oilasi a`zolaridan-da ko‘proq g‘amga qayg‘uga botadi, balki 
bunday deyishimiz noo‘rindir. Uqamoqda ligida butun o‘tmishiga nazar tashlaydi. 
Har qancha o‘ylamasin, o‘rtanmasin nega qamoqda yotibdi, qayerda xatoga yo‘l 
qo‘ydi anglab yetolmaydi.
Bu o‘sha davrda yigirma besh mingga yaqin “ O‘zbek ishi” deb qamalgan 
vatandoshlarimizning ko‘pini qiynagan savol bo‘lishi ular ham ruhiy 
qiyinchiliklarning omonsiz yomg‘irida sel bo‘lganini bugungi kun isbotlab turibdi. 
Suyun Burgut obrazi yozuvchining, qolaversa butun o‘zbek nasrining jiddiy 
yutug‘i undagi isyonkor ruh, haq gapni har qayerda har kimga qo‘rqmasdan ayta 
olishi, qamoqda yotganda Sharanovskiyning savollariga javob berishida boshqa 
17
Yoqubov O. Adolat manzili. T.; “Sharq”, 2005,53-b. 


32 
xonaga o‘tkazishganda ham hech qachon e’tiqodini o‘zgartirmadi. Nohaqlik 
soyasiga salom bermadi Sharanovskiyning gaplari izzat nafsini qo‘zg‘atsa-da 
alamlarini ichiga yutdi. Aybini atrofdan emas o‘z hayot yo‘lidan izladi. U gunohi 
nimada uning nima uchun bu xo‘rliklarga chidashga majbur iztiroblar oloviga 
jizg‘anak bo‘lsa-da, u yashayotgan jamiyatda buni isbot qilib bo‘lmaydi. Ular to 
“aybdor”ni o‘z “aybi”ga iqror qilmaguncha turli- tuman sinovlarga 
tashlayverishadi.
Burgut uchun keyingi bosqich bir qator xudodan qaytgan Levon, Bo‘rsiq, 
Malikai ayyor qamalgan xonaga tashlaydilar. Ularni xatti-harakatlaridan seziladiki, 
u bekorga bu xonaga kelib qolgani yo‘q, bu Burgutga aybini bo‘yniga olishi uchun 
yana bir sinov, ammo yoshlikdan chiniqqan qahramonimizga bu kimsalarni yer 
tishlatish 
uncha 
qiyinchilik 
tug‘durmaydi. Qamoqxonadagi to‘polondan 
militsionerlar Burgutni tartibga chaqirib bu qilmishidan uyaltirmoqchi 
bo‘lishdi.O‘zlaricha tanbeh ham berishdi. Burgut bunga javoban shunday dedi:
Bir bo‘xton yetmovdi, ikkinchisini boshlamoqchimisiz? –bo‘g‘ilib dedi u va 
oyoq ostida yarqirab yotgan ikkita pichoqni ko‘rsatdi.
Avval so‘rab- surishtiring bu pichoqlar kimniki? Kim qamoqxonada yotgan 
kallakesarlar qo‘liga pichoq berib qo‘ydi? Maqsadlaring nima? Bo‘xtonga 
uchragan halol insonlarni bukolmagandan keyin ularga mana shu iflos qimorbozlar 
yordamida tiz cho‘ktirishmi niyatlaring? Meni bu kissavurlar orasiga tashlashga 
kim ruxsat berdi sizlarga? Insof bormi sizlarda?
O‘g‘risi zo‘r kelsa, qozi muttaham bo‘lur dedi. –Og‘zingdan chiqqan gaplarga 
qara! Uyat senga, Burgut , uyat.
18 
Ha yuqoridagilar qilayotgan qilmishlari bilib turubdi, bularning bari 
“Burgutning tan olishi kerak bo‘lgan qilmishi uchun” uyushtirilgan sinov edi. Uni 
buy o‘l bilan qo‘qitib bo‘lmasligini anglab yetishdi. 
Shu o‘rinda militsionerni javobiga e’tibor beramiz. O‘g‘ri zo‘r kelsa, bu 
de4gani Sharanovskiy boshliq tergovchilar buyrug‘ini bajarishga majburlar, lar 
ham adolat kim tomonida ekanini yaxshi biladilar, ammo na chora xohlasa 
18
Yoqubov O. Adolat manzili. T.; “Sharq, 2005, 140-b. 


33 
xohlamasa ular buyrug‘ini bajarishadi. Aybli bo‘lmasada barcha nohaqliklar ular 
qo‘li bilan bajariladi. Shu sabbab ham muttaham kishilarga aylanishadi. Syyun 
Burgutni navbatda turgan sinov-oxirgisidan o‘tkazishdi. Yana tergov qilishdi endi 
ular o‘ylagan maqsad amalga oshay deb turibdi.O‘sha pora bergan Najmiddinov 
ayovsiz azoblardan so‘ng aybini bo‘yniga olgan. Burgutni pora berganini tan olgan 
edi. Axir, hayvonga bunchalar azob bermaydilar va ularni-da bunchalar 
xo‘rlamaydilar sobiq kotib bu qiynoqlarga dosh bera olmadi. Ikkita maxbus 
dialogiga diqqat qarataylik!
Sizga nima bo‘ldi Jamoliddin aka? Yigirma yildan beri viloyatda dag‘dag‘a 
solib yurgan odam … qanday qilib bu ahvolga tushdingiz? Bu … bu jallodlar bilan 
olishib, uydirma gaplarni, kurakda turmaydigan g‘irt bo‘xtonlarni o‘z yoqalariga 
yopishtirish o‘rniga… olmagan porani oldim deysiz? O‘zingiz yetmagandek 
meninh ham boshimga mag‘zava to‘kasiz. Sizga nima bo‘ldi, Jamoliddin aka? 
Erkakmisiz yo?.. Suyun Burgut so‘zini tugatmagan ham ediki, Najmiddinov 
kalovlanib o‘rnidan turdi-da mast odamday gandiraklab borib Burgutning oyoq 
ostiga gurs etib yiqildi-yu ko‘z yoshidan bo‘g‘ilib:
Kechir meni, ukajon ! –deb ingradi. Ko‘rib turibsanki ahvolimni !
Xudo hech kimning boshiga solmasin men ko‘rgan azoblarni.
Ha Mirjalolovlar ularning begunohligini yaxshi bilishadi. Ammo Burgut 
Najmiddinovdan farqli o‘laroq hech qachon, har qanday qiynoqlarga solinsada o‘z 
nomiga dog‘ tushurtirmaydi. Burgutni buy o‘llar bilan mag‘lub qilolmagandan 
so‘ng Sharanovskiy o‘ylagan so‘nggi chorani ishga soloshadi. U ham bo‘lsa, 
guvoh qilib xotini Marjonoyni chaqirishgan.
Hali bunchalik tubanlikka borishlari xayoliga ham kirib chiqmagan burgutning 
oldida so‘nggi chora qoladi bu chora bo‘lsa, Marjonoyga hech qanday qora 
yuqtirmasdan, ham o‘g‘li bir umr elu-yurt oldida izza bo‘lib yurishnini oldini 
oladigan kishi sifatida o‘z joniga qasd qilishga ahd qiladi. U oila a’zolarini bu iflos 
joyga kelib, masqara bo‘lishini xohlamaydi. Razil, olchoqlar qo‘lida o‘yinchoq 
bo‘lishga toqat qiloldi.


34 
Sevimli yoriga xati hech qachon undan xafa bo‘lmasligini, Lochin uni 
kechirishini otasi tutayotgan yo‘l eng to‘g‘ri qaror ekanini yozadi, ularni qog‘ozga 
tushiradi, eng adolatli yo‘l o‘z joniga qasd qiladi.
“Burgutning o‘limi – mardona o‘lim. U o‘z insonlik sha’nini yuksaklikka 
ko‘tarib, sevikli jufti haloli nomusini saqlab qolib el-yurt ko‘nglida yorqin iz 
qoldirib, odamlar yuragiga olov yoqib, beshavqat g‘animlarni lol qoldirib bu foniy 
dunyodan ketdi. Burgutning dafn marosimida marhum haqidagi odatdagi savolga 
“yaxshi odam edi, mard yigit edi. Suyun Burgut!” deya hayqiradi. Bu hayqiriqdan 
Marjontov ham yig‘ladi-yov, Marjontov ham silkindi-yov!..” – deb yozadi.
19
Muallif asrdagi yana ikkita shaxs – Veteran va Lochin obrazlari ustida to‘xtab 
o‘tilmasa roman va uning bosh pafosi haqidagi tasavvur kemtik bo‘lib qoladi. Odil 
Yoqubovning avvalgi romanlarida sho‘ro odam bo‘la turib, inqilob ideallariga 
sho‘ro hokimiyatiga sodiq qolgan holda halolligi, rostgo‘yligi, adolatparvarligi, 
imon-e`tiqodi, diyonati bilan davrga bot-bot duch kelganda ham ahdidan 
e`tiqodidan qaytmagan. Ko‘pni ko‘rgan nuroniy qariyalar obrazi yaratilgan edi. 
“Diyonat”dagi Normurod domla “Oqqushlar”dagi Shorahim Shovvoz shular 
jumlasidandir. “Adolat manzili”dagi Veteran ham o‘sha personajlarni eslatadi. 
Qizil mustabid tizimining eng o‘g‘ir gunohlaridan biri shuki, u yaxshi va 
yomonning, do‘st-u dushmanning farqiga bormadi. Hatto o‘ziga sadoqatli 
kishilarning qadriga ham yetmadi. Mana shu haqiqatlar qator reallistik adiblar 
qatori Odil Yoqubov romanlarida, jumladan Domla, Shovvoz obrazlari o‘z 
ifodasini topdi. Yangi romandagi Veteran timsolida esa bu fikr g‘oya nihoyasiga 
yetkazildi. Butun umri sovet tuzumi xizmati jang-u jadalda kechgan, katta 
lavozimlarda ishlagan. Qariya kuyovi Burgut boshiga tushganidan haqiqat adolat 
izlab, ma’sul rahbarlarga ro‘baro keladi. Bir vaqtlar ko‘plar soyasiga salom 
beradigan bu odamni endilikda dardini tinglaydigan, tushunadigan zot yo‘q. sovet 
idoralarida dardini, arzini tinglash u yoqda tursin, uni haqorat qiladilar.
Shunda qariyaning ko‘zi yarq etib ochiladi. “Yo‘q, sho‘ro hukumati yo‘q 
endi!.. Esiz bu hukumatga bag‘ishlangan umrim bu hukumatni deb jonini ham, 
19
Yoqubov O. Adolat manzili. T.; “Sharq”, 2005, 170-b. 


35 
qonini ham ayamagan kaminadek odamlar oyoq osti bo‘lsa-yu, umri bino uni 
kalamushday kemirib kelgan muttahamlarga qolsa … Insof nimaligini unutgan 
iymon va diyonat nimaligini bilmagan shu battol haromxo‘rlar hal qilsa 
taqdirimizni. Esiz, umrim, esiz, umrim… ” 
20
Keyingi paytlarda Veteran telivizorga yaqinlashishdan markaziy gazetalarni 
qo‘liga olishdan yuragi bezzilaydi. Gazetani ochsa ham, tez uni qulog‘ini burasa 
ham yurakni qaqshatadigan bitta yu bitta gap: boshqa 
hamma el, hamma yurt-
halol, pok, u yoqlarda qullar bor, na ko‘zbo‘yamachilik, na o‘g‘rilik! 
Poraxo‘r ham, savdogar ham, millioner ham –hammasi shu elda! Bu elga 
ishonmanglar sababi mug‘ombirlik u o‘zini gado qilib ko‘rsatadi, o‘lgan 
paxtakorning yirtiq choponidan ham bir xalta oltin, bir to‘rva pul chiqadi…
21
Veteran eng ko‘p umri paxta dalasida o‘tgan hech qanday aybsiz 
qamalgan. Shaxslar taqdirini o‘ylab o‘zini aybdor sezadi.
Veteran kuch- quvvati bor yoshlik kezlarida faqat bitta mustamlaka 
tuzum buyruqlarini bajaruvchisi bo‘ldi. Urushda qatnashib qahramonliklar 
ko‘rsatib, ko‘kragini qator medallarga to‘ldirdi, lekin shu yerga yeti 
kelguncha biron marta borayotgan yo‘lining oxiri nima bilan tugashini o‘ylab 
ham ko‘rmadi. Hayoti mazmunini shunday xizmat qilishda deb bildi. Bugun 
esa sakson yillik umr sarob bilan tugaganini shuncha harakat sarob bo‘lib 
chiqqani nafaqat ruhan, balik jisman ham to‘xtatib holdan toydiradi. 
To‘shakka mixlanib qoladi. Bu qahramon taqdiri umri besamar kechgan 
qariganda hech keragi bo‘lmay qolgan ko‘plab vatandoshlarimiz yuragini 
kemirgan dard bo‘lib qoldi. Lochin keyin Burgutning o‘g‘li, o‘g‘li bo‘lganda 
ham ham Burgut o‘zini bosadigan,shijoatli,matonatli voris.
20
Normatov U. Yangi o`zbek adabiyoti. T.; “Universitet”, 2007, 105-106- b. 
21
Yoqubov O. Adolat manzili. T.; “Sharq”, 2005 , 21-b.


36 

Yüklə 325,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin