Mavzuning maqsadi va vazifalari.
-
XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida Odil Yoqubovning o‘ziga xos o‘nini
ko‘rsatish;
-
O‘zbek romanchiligi maktabi rivojida yozuvchi romanlarining o‘rnini
ta’kidlash;
-
Yozuvchining zamonaviy romanlari va ular o‘rtasidagi mantiqiy
bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratish;
-
Odil Yoqubov ijodida “Adolat manzili” romanining o‘ziga xosligini
ko‘rsatish; “Adolat manzili” romanidagi davr vqeiligini shaxslar taqdiri
bilan qiyoslab o‘rganish;
-
Asarda ijodkorning obraz tanlash va unga ma’lum g‘oya va maqsadlar
yuklash mahoratini ochish;
-
Har bir qahramonni o‘ziga xosliklarini topishga, boshqa asar va obrazlardan
farqlarini topish;
6
I BOB. “Adolat manzili” romanida yozuvchining obraz yaratish mahorati
1.1.Odil Yoqubov ijodida shaxs muammolari
Har bir adabiyotning bosh xususiyati milliyligidir. Shuning uchun ham milliy
adabiyot deymiz.Dunyoda esa minglab millatlar, elatlar bor. Birini ikkinchisi bilan
adashtirmaysiz. Chunki biri ikkinchisidan nimasi bilandir farq qiladi. Mana shu
“nimasi” bo‘lmagan, o‘zligi yo‘q millat uzoq yashay olmaydi, boshqasiga singib
ketadi.
3
Milliy taraqqiyot, milliy istiqlol orzusini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lgan
ko‘plab ajdodlarimiz qatog‘on qilinganiga tarix guvoh.Taraqqiyparvar
ziyolilarning asosiy qismini qatog‘on qilish milliy taraqqiyot va milliy uyg‘onish
g‘oyalarini millat ongidan, uning keyingi avlodi ziyolilari ongidan butunlay
o‘chirib tashlay olmadi. Zero xalq bor ekan, mustaqil milliy taraqqiyot orzusi hech
qachon izsiz o‘chib ketmaydi. Milliy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasining o‘ziga
xos mohiyati ijtimoiy ongning qaysidir qatlamlarida saqlanib qolaveradi. Mazkur
g‘oyalarni sun’iy tarzda yaratib bo‘lmaganidek ularni zo‘ravonlik bilan millat va
xalqdan butunlay ajratib olish ham mumkin emas.
Vatanimiz tarixida kommunistik mafkura davrida milliy taraqqiyot g‘oyasini
yo‘q qilish uchun barcha munofiqliklar ishga solindi.Millat, vatan taraqqiyoti bilan
bog‘liq biror masala, xoh u ijtimoiy- siyosiy bo‘lsin, xoh ma’naviy, iqtisodiy
bo‘lsin, kommunistik mafkura tazyiqidan xoli bo‘la olmas edi. Mafkuraviy tazyiq
to‘la shakllangan davrda xalqqa xolis xizmat qilish, unga nisbatan farzandlik
burchini unutmaslik, xiyonat qilmaslik, asriy qadryatlargasodiq bo‘lish
ziyolilarimiz uchun asosiy imkoniyat chinakam shaxslik hamda insoniylikning
mezoni bo‘lib qolgan edi.
Shunday murakkab davrda millat ziyolilarining eng ilg‘orlari xalqqa xizmat
qilish, ertangi kunga umid, ishonchni so‘ndirmaslik maqsadida xalqqa xizmat qildi.
Ular ilgari surgan go‘yalarning millie ongni o‘stirishga qaratilganini mazkur davr
3
Qosimov B.O`zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi. T.; “Fan va texnologiya”, 2008, 331-b.
7
adabiyotining eng yaxshi asarlarida, ayrim bilvosita niqoblangan shaklda
kuzatamiz.
60-70-yillarda ziyolilar ijodida milliy qadr-qimmat, milliy o‘zlik, ona tiliga va
ajdodlarmadaniy merosiga ehtirom, millatga muhabbat, qadryatlarga egalik hissi,
milliy tengsizlikka qarshi kurshuvchanlik, ma’naviy qashshoqlikdan uyg‘onishga
undash, qaramlik ko‘rinishlarini inkor etish kabi muhim g‘oyaviy qarashlar yanada
yorqin ma’no kasb etib borganini kuzatamiz.
Mana shunday tengsizliklar, mute’liklar alangalangan bir avlodning
karvonboshlaridan biri Odil Yoqubovdir. U o‘zining faol ijtimoiy ishlari,
jurnalistik vaijodiy faoliyati bilan respublikamizda hozirgi adabiy badiiy tafakkur
rivojiga samarali ta`sir qildi.
4
Adabiyotning chinakam san’at mo‘jizasi betakror xazina ekaniga har gal imon
keltiradi kishi.
Dunyoda shunday mo‘jizalar borki, ukarni biz qadimiyligi, qimmati yoki
chiroyi vag‘aroyibligi uchun asraymiz, avaylaymiz.
O‘ylab qarasak, yuqorida sanagan sifatlar ikkinchi darajali bo‘lib ko‘rinadi
kishiga. Aslida bu hurmat bu e’zozimiz ostida tabiatning buyuk mo‘jizasi bo‘lmish
insonga tahsinlar o‘qiymiz. Inson mehnatini nechog‘lik bunyodkor, ongli yaratiq
ekaniga ishonch hosil qilamiz.
Agar biz imkoni bo‘lganda insoniyat ardoqlab kelayotgan mo‘jizalar qatoriga
ming yillardan yuz yillardan beri o‘z qimmatini ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan
nodir adabiyotlarni qo‘shar edikki, bularni o‘qigan sari, umrimiz sarhisobida
chiqarishimiz ma’lum bo‘lgan hayot falsafasini oldindan uqqandek bo‘lamiz
shunday asarlar bor ekan adabiyot, badiiy adabiyot tirik, o‘lmas, hamisha barhayot
deging keladi.
Ustoz Ozod Sharafiddinov Odil Yoqubov va u kishining asarlari haqida
quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan.
4
Munavvarova M. Milliy g`oyaning ma`naviy ildizlari. T.; “Ma’naviyat”, 2011, 79-80-b.
8
Men cheksiz mamnuniyat bilan ta’kidlashim mumkinki, do‘stim Odil Yoqubov
ham o‘z ijodi davomida bir qancha eskirmaydigan, vaqt-soati o‘tganday
ko‘rinsada, kitobxonning koriga yaraydigan asarlar yaratish baxtiga miyassar
bo‘lgan adibdir.
5
Odil Yoqubov adabiyot maydoniga kirib kelganiga yarim asrdan oshdi.
Tabiiyki, bu yillardagi ijod nog‘ora karnaylar sadosi ostidagi g‘olibona yurishdan
iborat bo‘lgani yo‘q. Unda xatoliklar ham, pasayishlar ham bo‘ldi, ba’zan esa
asarlarida hukmron mafkura tazyiqida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar ham mavjud.
Albatta, bunday nuqsonlarni pesh qilib to‘ydan keyin nog‘ora chalib, xinalar
qo‘yib Odilning nechog‘lik “yomon” bo‘lgani haqida ham yayrab gapirish
mumkin. Lekin men baxil odam emasman –birovning kemtikligidan yayrab
semirib yurish odatim yo‘q, bundan tashqari o‘zim farishta emasmanki boshqalarni
chalg‘itib yuraversam. Yo‘q, men boshqa bir narsaga guviohman –Odil Yoqubov
eng og‘ir sho‘ro yillarida ham xalq dardi bilan yashaganini, ona yurtining kelajagi
va baxtini orzu qilganini imkon qadar shu yo‘lda qalam tebratganining
guvohiman.
6
Odil Yoqubov “Muqaddas”, “Bir feleton qissasi”, “Qanot juft bo‘ladi”,
“Matluba” qissalari, “Namangan tomonlarda”, “Qishloqdagi fojia” sinagari
publitsistik maqolalari , “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Oqqushlar oppoq
qushlar”, “Adolat manzili” romanlari keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi,
qizg‘in bahs – munozaralar markazida turdi; Odil Yoqubovning bu darajaga
yetishishida undagi adabiyotga bo‘lgan mehr va adib boshidan o‘tgan voqealar,
hayotiy tajribalari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Adibning xalqqa tanilishiga sabab bo‘lgan asari 1961- yilda yozilgan
“Muqaddas” qissasi bo‘ldi. O‘sha davr ijodkorlari bu asarni eslaganda barcha
davrlarda va hatto ikki ijodkor suhbatida, nafaqat ijodkorlar, balki butun xalq
og‘ziga tushgani, sevib o‘qilgani haqida ma`lumotlar beradilar “Muqaddas”
yozuvchining bosh estetik, ahloqiy prinsiplarini shakllantiruvchi asar sifatida ham
5
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. Qaydasan, Moriko? T.; “Sharq”, 2004, 586-b.
6
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti . Qaydasan, Moriko?. T.; “Sharq”, 2004, 592-b.
9
qimmatli: “Muqaddas” so‘zi nafaqat qissa qahramoni nomi bilangina bog‘liq
bo‘lmay, yozuvchi asarda zo‘r ehtirom bilan ilgari surgan insondagi eng aziz,
muqaddas tuyg‘ular –vijdon, burch, diyonat, iymon, e’tiqod, adolat goyasini ham
o‘zida ifodalaydi. “Muqaddasdan” “Diyonat”, “Oqqushlar oppoq qushlar” va
“Adolat manzili”ga qadar adibning e’tiborga sazovor barcha asarlari xuddi shu
muammo tevaragida aylanadi. Qisqasi diyonat, iymon- e’tiqod, ijtimoiy adolat –
yozuvchi ijodining bosh ma’naviy muammosi, uning asosiy estetik prinsipi esa –
haqiqatni aytish hayotni murakkabligi bilan ko‘rsatishidir.
Ma’lumki, diyonat, iymon- e’tiqod ishtimoiy adolat xuddi muhabbat kabi so‘z
san’atining qadimiy va boqiy mavzu muammolaridan. Har bitta davr uni yangicha
qo‘yadi, o‘zgacha mezonlar bilan baholashni taqozo etadi; qolaversa, har bitta adib
unga o‘zicha yondashadi.Burch, diyonat, adolat muammosi ham xuddi muhabbat
kabi adabiyotda birdan -bir maqsad emas. Burch, diyonat davrning katta
haqiqatlarini ifodalashga, muhim ijtimoiy muammolarni qo‘zg‘ash, kishilarning
ko‘ngil dardini izhor etishga, Lev Tolstoy so‘zlari bilan aytganda, inson qalbi
haqidagi haqiqatni ochishga qaratilgan taqdirdagina chinakam badiiy qimmatga
ega bo‘ladi. Afsuski, 50-60-yillarda yozilgan qator asarlarda burch, diyonat,
adolat,bir yoqlama, tor, sayoz yoritildi, birdan- bir maqsadga aylanib qoldi; bu
borada andozalar paydo bo‘la boshladi burchga sadoqat nuqul nomusi poymol
etilgan ayolga yoki fojiaga uchragan odamga mehr qo‘yishdan iborat qilib
ko‘rsatildi… Odil Yoqubovning roman, qissalari bu xildagi andozalardan yiroq.
Odil Yoqubov “Muqaddas”dan boshlab deyarli har bitta asarida biror muhim
masalani ko‘tarish bilan barobar, qalamga olingan mojorolarning hayotiy ildizini,
sabablarini ochishga intildi. Boshqacha aytganda yozuvchi yetuk realizmga xos
analitik tasvir yo‘lidan boradi.
Analitik tasvirga moyillik adib ijodida yetuk realizmga xos yana bir fazilatning
shakllanishiga olib keldi –uning qahramonlari murakkab tabiatli shaxslarga aylana
boshladi. Shaxsga xilma- xil tomondan yondashish, hodisaning ham musbat, ham
manfiy tomonlarini yodda tutishga intilish, odamni osongina “yaxshi” va “yomon”
ga “ijobiy” yoki “salbiy” qahramonlarga chiqarib qo‘yishdan o‘zini tiyish, inson
10
qalbini his etgan holda qalam tebratish –adib ijodining yo‘nalishini ko‘rsatib
beradi.
O‘zbek prozasi balandda uchib borayotgan bir qush desak, Odil Yoqubov bilan
Primqul qodirov uning ikki qanotiga o‘xshaydi, - deydi. Taniqli adabiyotshunos
olim va “Sharq yulduzi” bosh muharriri Pirmat Shermuhammedov – Bularsiz
nomimiz ko‘rimsiz. Kambag‘al va g‘arib bo‘lib qolar edi.
Odil Yoqubov ijodida yana shunday o‘ziga hos bir janr bu nutq deb atalib,
ijodkor hayotida muhim o‘rin tutadi. Adibning bu nutqi o‘sha paytda butun
Rossiya imperiyasi bo‘ylab yoyilgan. O‘zbek adibining bunchalik g‘ayratiga kerak
bo‘lsa, qahramonligiga qoyil qolingan edi.
Agar adibning barcha ijod mahsullarini, tarozining bir pallasiga qo‘yilsa bu
nutq-tarozining ikkinchi pallasidan joy oladi. Lekin shunda ham ikkinchi palla
og‘irlik qiladi. Adib ham buni bor ta’kidlab, “Agar barcha asarlarimni almashtirish
imkoni bo‘lganda shu nutqqa almashtirmoqchi ekaligini aytib o‘tadilar”.
“Ba’zan katta-katta kitoblar qilolmagan ishni jimitgina bir nutq qilishi
mumkinligiga, minbardan turib aytilgan so‘z yurakdan otilib chiqsa, boshqa
odamlar qalbidan ham unitilmas iz qoldirishga imon keltirgan edim”, -deb yozadi.
Taniqli ustoz buyuk inson Ozod Sharafiddinov o‘zining “Nutq yoxud hayotining
yulduzli onlari” maqolasidir. Bu maqola Odil Yoqubovning mashhur nutqiga
bag‘ishlangan bo‘lib, ijodkorning qanchalik jasorat ko‘rsatganining guvohi
bo‘lamiz.
Bu nutq ko‘pchilik yurtdoshlarimiz tomonidan intizorlik bilan kutilayotgan edi.
Har kimga ham butun millat nomidan gapirish ishonib topshirilavermaydi. Odil
Yoqubovga shunday mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilgan edi.
80-yillarning oxiri Rossiyaga qaram barcha mamlakatlardan deputatlari
yig‘ilgan, butun omma e’tiboridagi yig‘in bo‘lmoqda. Adib so‘zga chiqishni 3 kun
kutdi, nihoyat uzoq kutilgan fursat yetib keldi.
Odil nutqini boshidan boshlamadi. Sho‘ro zamonida katta kichik gapiriladigan
nutqining ichki qurilishi muayyan qolipga tushib qolgandi. Odatda nutqni
muqaddimadan boshlash kerak edi, ya’ni avvalo partiyaga qulluq qilmoq, keyin
11
erishilgan yutuqlarning olamshumulligini aytish va umuman, 3 – 4 og‘ir bo‘lsada
xushomad gapalarni aytish, hamd-u sanolarga o‘rin berish, shundan keyingina
“ammo tarixiy yutuqlarimizga qaramay” degan gapdan keyingina asosiy masalaga
mumkin edi. Odil gapni po‘stkallasidan boshladim. U o‘ziga ajratilgan vaqt
g‘oyatda tig‘iz ekaninig aytdi-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek dehqonining ahvoli
haqida hikoya qila boshladi. Lekin bu gaplar odatdagi “oq oltin” yaratgan. “oltin
qo‘llar” to‘g‘risida yoxud o‘zbek dehqonining bag‘ri kengligi, saxovat peshaligi,
mehnat sevarligi haqidagi allaqachon medaga tegib ketgan gaplar emas. Notiq
qisqagina qilib, mamlakatning paxta mustaqilligini ta’minlashda o‘zbek
paxtakorlarining o‘ta qashshoq va nochor ahvolda yashayotganini, qorni ovqatga,
usti kiyimga yolchimayotganini ayta boshladi. Yillar moaynida kuniga 12 soatdan,
ba’zan esa undan ham ko‘proq, dam olish, tatil degan narsalarni bilmay mehnat
qilgan dehqon bugun o‘ta shafqatsiz tarzda eksplutatsiya qilinmoqda. “Bir kilo
paxtaning kamida erkaklarning ikkita ko‘ylagi” chiqadi. Bu ko‘ylaklar 50 so‘m
(o‘sha vaqtning narxida)turadi. Dehqonga esa 1 kilo paxtasi uchun atagi 50 tiyin
haq to‘lanadi! Dedi notiq: Bunaqa haq to‘lash mislsiz talonchilikdan o‘zga narsa
emasligini zalda o‘tirganlar osongina tasavvur qilishi mumkin edi. Bu nutq
davomida yana shunday isbot talab qilmaydigan faktlar keltirildiki, butun zal
sukutda edi.
Bu gaplar zaldagilarning ko‘pchilik uchun mudhish bir yangilik bo‘layotgani
sezilib turar edi. Chunki bizning matubotimizda, radio, televideniyada ko‘p
yillardab beri faqat yolg‘on yashiq havoyi gaplar aytilar, o‘zbek dehqonining
“qo‘shiq aytib quvonch bilan” mehnat qilishi madh etilar edi, lekin haqiqiy ahvol
to‘g‘risida biror og‘ir ro‘yi-rost gap aytilmas edi. Minbardan esa brogan sari
odamning badanini junjuktiradigan, yuraklarni zir titratadigan haqiqatlar
yog‘ilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi 2 yil ichida 500 ga yaqin kishi o‘ziga o‘t qo‘yib
nobud bo‘lgani aytilganda zaldagilar larzaga tushdi.
12
Bu mashaqqatlar yetmaganday, so‘nggi yillarda “o‘zbek ishi” degan narsa
o‘ylab topilganini qattiq qaralib, notiq o‘z xalqining vijdoni pokligini, haloligini
aytdi.
Xullas, sho‘rolar tuzumi yetmish yildan beri dehqonni quldan battar ezib
kelganini endi esa uning ahvolidan mutlaqo xabar olmay, qirilib ketishga mahkum
etgaini g‘azab bilan gapiradi.
Nutqni eshitib turib, qorqqanidan miyamda bir fikr charx urdi – men bu nutq
qurultoy arafasida besh olti kun mobaynida tayyorlangan bo‘lsa kerak deb
o‘ylagan edim. Endi o‘ylasam, bunaqa teran mukammal nutqni besh olti kunda
tayyorlash sira mumkin emas. Albatta, nutqni qog‘ozga tushirmoq uchun, ehtimol,
3 kun va hatto 2 kun ham kifoya qilmog‘I mumkin, ammo baribir, bunday nutqlar
odatda butun umr davomida yoziladi. Odilning butun hayot yo‘li, 40 yillik ijodi,
shu yillar mobaynida boshidan kechirganjamini murakkabliklar, chekilgan
iztiroblari shu nutqqa olib kelishi muqarrar edi.
Bu nutqning ibtidolari, ehtimol, olis bolalik yillariga borib tarqalgai uchun
o‘g‘liga muzqaymoq olib berolmay aarmonda ketgan otaning anduklari, “xalq
dushmanining o‘g‘li”deb yakka maxov qilib qo‘yganlarida murg‘ak qalbida bir
umrga cho‘kib qolgan alamlari zuhur etgandir. Odil butun ijodi davomida yaratgan
katta-kichik asarlarida, romalari va qissalarida adolatni kuyladi, zulmni nohaqlikni
qoraladi butun hayotini qoplagan quyuq zulmatning loqal bir chekkasini yaratishga
intildi. Shundoq ekan, qanday qilib o‘sha asarlarda ifodalangan xalq dardlarini
adib, minbarga olib chiqmasligi mumkin edi?
Adibning bu nutqqa javob bo‘ladigan. Lavha olingan “Oqqushlar oppoq
qushlar” romanidan bir lavha keltiramiz.
Ha, qanchalik og‘ir, sermashaqqat, qanchalik izzattalab narsa ekan bu paxta.
Uni ekib - tikib, mehr bilan parvarish qilib, hosil olguncha dehqon sho‘rlik ming jo
berib, ming jon oladi, desa mubolag‘a bo‘lmas?! Har yili kuz keldi deguncha butun
el oyoqqa turadi. Yosh-u qari, ishchi-yu ziyoli, o‘quvchi-yu talaba, hamma shu
13
bitta tashvish, paxta tashvishi bilan band. Holbuki, ko‘plar, juda ko‘plar bu
mehnatning beayov mashaqqati uyoqda tursin paxta, nimaligini tasavvur ham
qilishmaydi!...
Bundan uch-to‘rt yil avval Rasul Nuriddinov bir guruh san’atkor va adiblar
qatori uzoq shimol tomonlarda adbiyot kunlarida ishtirok etgan edi. Kunlar savuq,
qor tizzadan keladi. Shunda avtobusda bir rayondan ikkichi rayonga
ketayotganlarida – bu rayonlarning oralig‘I ham kam deganda 300-400 kilometr
kelardi, o‘sha taraflik taniqli bir adib bilan yonma-yon o‘tirib qolishdi. Suhbat
orasida tabiat qiyichiliklarini, shimolda ishlashning mushkulligi haqida gap ketdi-
yu, Rasulning hamsuhbati:
Mazza-mazza, sizlarga mazzada!- dedi, qandaydir ichki bir hasad bilan. Qish-u
yoz oftob, hammayoq bog‘-rog‘, sharqirab oqqan ariqlar, daryolar. Bunday
joylarda mehnat qilish o‘zi bir rohatkon-ku.
Biz paxta ekamiz, - dedi Rasul qizishib… bu ekinni umringizda kormagansiz?
Uning azobidan xabaringiz bormi?
Qanaqa azob? – dedi hamsuhbati ko‘zlari pirpirab.bizning iqlimimizda ishlash
oldida-ya? Qo‘ysangizchi, birodar! Men paxta haqida yozilgan qanchadan-qancha
asarlarni o‘qidim. Kinolarni ko‘rdim… hammayoq bog‘-rog‘. Atlas ko‘ylak kiygan
go‘zal qizlar ko‘m-ko‘k bepayon dalalarda paxta terib yurishibdi. Ozgina terishadi-
yu, bir-birlari bilan qulashib, bog‘larga chopishadi. Bog‘larda deng har biri
choynakdey choynakdey noklar, olmalar g‘arq pishib yotibdi? Bir yoqda tillarang
husayniylar, bir yoqda qovun – tarvuzlar siz aytgan haligi… “mehnatdan ezilib
ketgan” qizlar … dam noklarni uzishib, bir birlariga otib o‘ynashadi, dam
qarasangiz … poliz oralab, quchoqqa sig‘mas qovun tarvuzlarni so‘yib yeb aysh
qilishadi… O! qani endi bu “qiyinchiliklar” bizda bo‘lsa…
Rasul paxtakor mehnatining ko‘rsatuvchi asarlar kamligini yaxshi bilar, bu
haqda ko‘p kuyunib gapirar edi. Biroq bu mehnatni bo‘yab-bo‘yab, uning
qiyinchiliklarini satpo‘shlab ko‘rsatuvchi asarlarning butun dahshatini o‘shanda,
14
nihoyatda dilkash, samimiy, ammo paxtakor mehnatidan batamom bexabar taniqli
adib bilan suhbatlashganda bilgandi.
Odil Yoqubov bu kuyunchak qahramoni o‘sha minbarga chiqqandek va yoki
o‘sha jonkuyar millat adibning nutqi shu obraz fikrlarini ko‘chgandek
tuyulaveradi. Adib har bir asarning Rasul Nurriddinovga o‘xshagan jamiyatning
har tamonlama faol shaxslarini obrazini keltiradiki, ular o‘z navbatida o‘sha
jamiyatning yanada aniqroq qilib aytsan, mustamlaka xalqning ko‘ngil dardlari
ifodachisi bo‘lib xizmat qiladi.
|