Va kategoriyalar”



Yüklə 120,65 Kb.
səhifə5/14
tarix10.04.2023
ölçüsü120,65 Kb.
#95494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar(1)

Olamning mavjudligi miqdor va sifat voqyeligi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida me'yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo‘lib, uningqator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifatnarsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda
namoyon qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini ifodalaydi. U keng ma'noda narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma'nodagi tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar sur'atda, xossaning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har
doim sifatning o‘zgarishiga ta'sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta'sir
etmasdan yoqbolib ketishimumkin. Sifatpredmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda
etadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyatijihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan, ya'ni sifati bo‘lib miqdori,
miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagannarsaning o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me'yor tushunchasida ifodalanadi.
Me'yorningbuzilishipredmet mavjudligimumkin bo‘lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat'iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi. Olamdagi barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari muayyan chegarada sifatning barqarorligiga ta'sir etmaydi. Miqdoriy o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xosxusussiyatlarga ham ega. Chunonchi:
- birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz beribturadi. Hatto hodisalar sifatiningnisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish
faqatma'lum bir davrda boshlanadi;
- ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma'lum vaqtgacha narsalarga muhim ta'sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga aylanadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan
o‘zgartirib,uningboshqahodisaga aylanishinitaqozo qiladi;
- uchinchidan, miqdor ozgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko‘p hollarda sezilmasdan
o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa anchatez, ayrimholatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
- tortinchidan, sifat ozgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub o‘zgarish bo‘lib
hisoblanadi.

Yüklə 120,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin