Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 18,13 Kb.
tarix22.12.2022
ölçüsü18,13 Kb.
#77190

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Iqtisod fanidan

4-amaliy ish

Bajardi: 830-20 guruh talabasi


Umirov Ulugbek

Mavzu: Soliqlar


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, Soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Soliq kodeksining 167-moddasiga ko’ra Soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi
Yer soligʻi — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi.

Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-asrdan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi yerlarda zakot, xiroj, oʻlpon, tanob, ushr va b. nomlar bilan yuritilgan. Musulmon mamlakatlarida yer maydoni birligidan pulda yoki yer sifati hamda suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 qismi hajmida undirilgan. Oʻrta Osiyoda 8-asr boshida arablar tomonidan joriy qilingan.

Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asr boshlaridagi xonliklarda Ye.s. asosan pul shaklida olingan. Mas, Buxoro amirligida amir ixtiyorida mulk yerlari boʻlgan davlat (podsholik) yerlari amlok yerlar deb atalgan, unga ekin ekkan dehqonlar Ye.s. — xiroj toʻlaganlar. Ye.s. ni yigʻuvchi amlokdor deb atalgan. Xonlardan hadyaga olingan tanho yer egalari davlatga Ye.s. toʻlashdan ozod boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasida Ye.s.ni oʻz mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻlaydilar. Ye.s.ga doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq tartibga solinadi.

E.s.ning stavkalari yer uchastkasining qaysi mintaqada joylashgani, sifati va suv bilan taʼminlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili inflyasiya darajasidan kelib chiqib, yer uchastkasining birligiga (ga, m2) soʻm hisobida tasdiqlanadi. Noqishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ularning qayerda joylashganligi, shahar va shaharchalarda hamda ularning hududlarida infratuzilmalarning rivojlanganiga qarab boʻlingan mintaqalar boʻyicha har xil stavkalar belgilanadi. Qishloq joylari uchun Ye.s. stavkalari sugʻoriladigan va lalmi-yaylov mintaqalari boʻyicha alohida belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari barcha soliqlar oʻrniga (alkogol mahsulotlariga toʻlanadigan aksiz soligʻidan tashqari) yagona Ye.s. toʻlaydilar.

Qishloq xoʻjalik korxonalarida yer asosiy vosita va yerlarning sifati alohida ahamiyatga ega ekanligini hamda dehqonchilikning rivojlanish darajasini hisobga olib, sugʻoriladigan yerlar bonitet ballaridan kelib chiqib, 10 sinfga boʻlingan. Ye.s.ni hisoblashda bazaviy stavkalarga hukumat tomonidan tasdiqlangan koʻpaytirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi. Har bir tuman boʻyicha sugʻoriladi-g a n eng past sifatli yerlarga alohida bazaviy stavkalar belgilangan.

Mas, yagona yer soligʻi toʻlaydigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun sugʻoriladigan yerlarda 1-sinfga mansub 1 ga uchun soliqning bazaviy stavkasi Parkent tumanida 986,4 soʻm, Zangiota tumanida 1487,5 soʻm, Moʻynoq tumanida 668 soʻm qilib belgilangan. Ye.s.ni hisoblashda shu tumanlarda bazaviy stavkalar 5-sinfga kiradigan yerlarga 4,57, 6-sinfga kiradigan yerlarga 6,54, 10-sinfga kiradigan yerlarga 17,5 koeffitsiyentlariga koʻpaytiriladi (2002). Sugʻorilmaydigan lalmi va yaylov yerlari yogʻingarchilik bilan taʼminlanganligini hisobga olgan holda tekislik, adir, togʻ va togʻ oldi min-taqalariga boʻlinadi. Lalmi (mas, Toshkent viloyatida 1,19—1,67 koeffitsiyentlari bilan har ga uchun 84,4 soʻmdan 167,5 soʻmgacha) va yaylov yerlarga (choʻl zonalari uchun 16—30 soʻm, 1,51—2,05 koeffitsiyentlari bilan adir va togʻ oldi zonalari uchun 25—34,2 soʻm) ham alo-hida soliq stavkalari bor.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari imoratlar egallagan (Toshkent viloyatida bazaviy stavka 13285,6 soʻm, koeffitsiyenta 20,44), zovurlar, yoʻllar (24,4 soʻm/ga) bilan band boʻlgan va boshqa foydalanilmaydigan yerlari uchun ham Ye.s. ni toʻlaydilar. Aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllabquvvatlash maqsadida jismoniy shaxslarga yer uchastkalarining joylashgan joyiga qarab Ye.s. stavkalari 10—25 karra kam belgilanadi.


Mulkida soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilaridir.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar, boshqa imoratlar, binolar 
Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, yengil, avtobuslar, mikroavtobuslar va boshqalar), motorli qayiklar, vertolyotlar, samo-lyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar.
Yüklə 18,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin