Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Germaniyaning O’zbeksiton bilan iqtisodiy aloqalari



Yüklə 261,8 Kb.
səhifə3/3
tarix05.04.2023
ölçüsü261,8 Kb.
#93463
1   2   3
1-topshiriq Askarov

Germaniyaning O’zbeksiton bilan iqtisodiy aloqalari.

Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida rasmiy munosabatlar 1992-yildan boshlangan. Ammo bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar uzoq davrga borib taqaladi. O‘zbekistonning G‘arbiy Еvropadagi birinchi elchixonasi 1993 yil Bonn shahrida ochildi. O‘sha paytdanoq o‘zaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo‘lga qo‘yildi. Germaniya Federal iqtisodiy hamkolik vazirining 1992 yil avgustdagi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi.


Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 1993-yil avgustda idoralararo komissiya hamda 1995-yil may oyida O‘zbekiston - Germaniya doimiy ishchi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam ravishda yig‘ilishlar o‘tkazib, investitsiyalarni kafolatlash va sug‘urtalash, loyihalarni moliyalash, xususiylashtirishga ko‘maklashish, qimmatli qog‘ozlar bozorini vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelyapti. 1993-yil Toshkentda Germaniyaning texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi ochildi. Jamiyat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazish yo‘li bilan mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy qonunchilik, xususiylashtirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar yo‘lovchi transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, “Onalik va bolalikni himoya qilish” tadbirlari bo‘yicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi.Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonda taraqqiyot sohasida keng miqyosda faoliyat olib bormoqda hamda iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohotlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Bunga quyidagi asosiy yo'nalishlar kiradi: Xususiy sektor va huquqiy tizimni takomillashtirish, kasb-hunar ta'limi, infrastrukturalarning rivojlantirilishi, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, atrof-muhit uhofazasi, iqtisodni rivojlantirish, turizm, aholi daromadining yaxshilanishi va maktab tizimi. Ko'p tomonlama hamkorlik bilan bir qatorda - masalan, UNDP, UNHCR, EU, Jahon Banki, YeXTB va OTB – Germaniya federal hukumati 1992 yildan 2010 yilgacha taraqqiyot sohasida ikki tomonlama hamkorli dasturlari uchun 300 million Yevro mablag' ajratgan, shundan 240 million Yevro atrofida mablag' moliyaviy hamkorlik uchun va taxminan 60 million Yevro mablag' texnik hamkorlik uchun ko'zda tutilgan. Quyidagi german tashkilotlari O' O’zbekistonda taraqqiyot sohasidagi hamkorlik doirasida faoliyat yuritadi: GIZ (Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya tashkiloti) Toshkent, Nukus, Andijon va Termiz shaharlardagi bo'linmalari bilan, KFW (Tiklanish uchun kredit tashkiloti), CIM (Xalqaro migratsiya va taraqqiyot markazi), SES (Faxriy mutaxassislar xizmati), Germaniya Omonat kassalarining xalqaro hamkorlik bo'yicha jamg'armasi, ZEF (Bonn universitetining taraqqiyot yo'nalishidagi tadqiqotlar markazi), DVV (Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi), KAS (Konrad Adenauer jamg'armasi ) va FES (Friedrix Ebert jamg'armasi). Joylarda o'z xodimlariga ega bo'lgan ushbu tashkilotlar bilan bir qatorda quyidagi tashkilotlarning alohida loyihalari ham mavjud: Sequa, Tyuringen federal o'lkasi savdo va sanoat palatasi, Chegera bilmas shifokorlar, DEG (Germaniya taraqqiyot jamiyati), IRZ (Huquq sohasi bo'yicha xalqaro hamkorlik jamg'armasi) va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning iqtisodiy taraqqiyotidagi va o'zgarishda bo'lgan hududni barqarorlashtirishdagi geostrategik ahamiyati sababli Germaniya uchun muhim hamkor hisoblanadi.
O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi ortib bormoqda. Masalan, 2016-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 521,5 mln. AQSH dollari, jumladan, eksport – 32,9 mln. AQSH dollari, import esa – 488,6 mln. AQSH dollarini AQSH dollari, import esa – 488,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik bugangi kunda ham izchil rivojlanib boradi, albatta. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkel O‘zbekiston Respublikasi va GFR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlariga yo‘llagan tabrik misol bo‘ladi.

Xulosa

So’zimiz yakunida shuni aytib o’tish joizki, bugungi globallashgan dunyoda yashar ekanmiz, dunyoning har bir burchagida kuzatilayotgan voqealar, holatlarni kuzatib borish imkoniyatiga egamiz. Shu bilan birga boshqa davlat vakillari ham xuddi shunday imkoniyatga ega. Bugungi kunda hayot misoli poygaga aylanib ketdi. Hamma birinchilikka qarab intiladi. Shunday ekan biz ham hayot bilan hamnafas bo’lgan holda bu poygaga ildamlik bilan qo’shila olishimiz va o’z o’rnimizga ega bo’lishimiz kerak. Germaniya Federatsiyasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holat bilan tanishib chiqar ekanmiz, buni shunchaki ko’z yugurtirib qo’yib qo’ymasdan, undan jamiyat rivoji uchun foydalanishga harakat qilishimiz kerak. Chunki biz ko’rib o’tgan ma’lumotlar, raqamlar shunchaki statistika emas, bu yillar davomida shakllanib kelgan mehnat, mashaqqat mahsulidir. Jahon ekspertlarining fikricha, nemis moʻjizasi zamirida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka toʻla erkinlik berish hamda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash gʻoyasi mujassamdir. Germaniya federal statistika xizmati maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda mamlakatda kichik biznes subyektlari soni 3,5 millionga yaqin. Bu mamlakatdagi barcha korxonalarning 80 foizi degani. Kichik biznes vakillarining asosiy qismi oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida faoliyat yuritadi va ularning har biri 1 yilda oʻrtacha 700 ming yevro daromad koʻradi. Qayd etish joizki, mamlakat aholisining qariyb 70 foizi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat soliq hajmining 41 foizi, yalpi ichki mahsulotining esa teng yarmi ushbu sektor hissasiga toʻgʻri keladi. Birgina misol. 2017 yilda Germaniyaning umumiy YAIM hajmi 3,70 trillion AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, shundan salkam 1,8 trillion dollari aynan kichik biznes sektoriga tegishlidir.
Yüklə 261,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin