Demak, moddiy nuqtaning konservativ kuchlar maydoni, (potentsial maydon) dagi har qanday, ko’chishlarida mexanik energiyasi o’zgarmaydi. Bu qonuniyat Yerning tortish maydoni uchun quyidagi ko’rinishda yoziladi:
(6.20)
Endi, moddiy nuqtalar sistemasini qarab chiqaylik. Agar biror sistemada bir moddiy nuqta ajratib olsak bu sistemada boshqa moddiy nuqtalar tomonidan ta‘sir etadigan konservativ ichki kuchlar va nokonservativ ichki kuchlar va shu moddiy nuqtaga ta‘sir etadigan tashqi kuchlar yig’indisi mavjud bo’ladi. U holda mazkur moddiy nuqtalar sistemasi uchun to’la mexanik energiya quyidagicha bo’ladi:
(6.21)
(6.22)
Mazkur tenglama faqat konservativ kuchlar bilan o’zaro ta‘sirlashadigan moddiy nuqtalar birlik sistemasi uchun mexanik energiyaning saqlanish qonunini ifodalaydi.
Nazorat savollari:
1. Dinamika qanday hodisalarni o’rganadi?
2. N`yutоn qоnunlari va inertsial sanoq sistemalar.
3. Tabatda mavjud qanday kuchlarni bilasiz?
4. Burchak tezlik va burchak tezlanish.
5. Kuch momenti, impuls momenti va inertsiya momenti nima?
6. Aylanma harakat dinamikasining qonuni. Aylanma harakatda kinetik energiya.
7. Mexanik ish quvvat nimaga bog’liq?
8. Jismning potentsial va kinetik energiyasi. To’la energiya