ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org May 28 th 2022 315
ikki fazilatga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tadi.[5] Bu bilan u kishilarning insoniylik belgisi
uning yaxshi amallari odobli, axloqli ekanligi bilan o`lchanadi, deb ta'kidlaydi va barcha
insonlarni ezgulik qilishdan hech ham charchamaydigan, yaxshi xulqli bo`lishga chaqiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi
kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki e’tiqod qilmasligi huquqiga
ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi[6].
Shunday ekan hamma insonlarning diniy qarashlari bo‘ladimi, axloqiy qarashlari bo‘ladimi
to‘sqinlik qilinmaydi biror sababga ko‘ra ta’qiqlanmaydi. Qadimdan hududlarimizda turli
dinlar mavjud bo‘lgan, bu o‘z navbatida axloqning rivojlanishiga, axloqiy qarashlarning turli
yo‘nalishda bo‘lganligi haqida fikir yuritishimiz mumkin shu o‘rinda misol qilib o‘sha
davrdagi dinlardagi axloqiy qarashlarni olsak bo‘ladi.
Zardushtiylik dinidagi axloqiy ta’limotlarning mukkamal darajasi “Avesto” kitobida bayon
etiladi.Xususan “Asha alqovi”dan joy olgan quyidagi so‘zlarni ayttamiz: “Quvonsin
Ahuramazda “Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobi bo‘lib “Ahriman daf bo‘lsin. Ezgu o‘y, ezgu
so‘z, ezgu amallarni alqayman. O‘zimni butkul ezgu o‘y, ezgu so‘z,ezgu amallarga baxshida
etaman,hamma qabih o‘y,yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman”[7]. Bunda yuzaga kelgan
fikirlar shundan iboratki men umrimni faqatgina ezgu so‘zlar-u, ezgu amallarga va ezgu
o‘ylarga baxshida etishini sharaflaydi.
Islom dinida ham insoniy komillikning yana bir belgisi bu uning ilm egasi bo‘lish imkonidan
foydalanishidir deyiladi. Qur’oni karimning “Mujodala” surasi 11-oyatida karimasida shunday
marhamad qilingan, “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etgan zotlarni (baland) daraja-
martabaga kelturur” [8] dedi. Har bir davrning o‘z axloqiy qarashlarimavjud bizning vazifamiz
esa o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan axloqiy qarashlarni to‘g‘ri anglab yetishdadir.
Shu o‘rinda prezidentimiz Shavkat M.M quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin: “Millatning
o‘zligini anglash tarxini bilishdan boshlanadi”[9] degan edi. Bunda biz o‘zligimizni
anglashimiz avvalo, ajdodlarimiz kim ekanligi, kimning avlodi ekanligimiz va biz ulargan
qanday qilsak munosib farzand bo‘lishimiz kerakligini anglab yetishimiz, shu sababli ham biz
o‘z tariximizni bilishimiz kerakligini aytmoqda muhtaram prezidentimiz.
I.A.Karimovning “Yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq yuzaga kelmasligi ,ularning
qalbi va ongida sog‘lom hayot tarizi,milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ehtirom
tuyg‘usini bolalik paytdan boshlab shakllantirishimiz kerak”[10]
Xullas, shuni aytishmiz lozimki har bir davlatning davlat, har bir jamiyatning jamiyat bo‘lib
rivojlanishida qadimdan shakllanib kelgan axloqiy, diniy qarashlarining o‘rni beqiyos. Biz
yoshlarning asosiy vazifamiz esa ularni to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri anglab yetishdadir.Bugungi
kunda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ham misol qilib olsak bo‘ladi. Shu
o‘rinda Ibn Sinoning “Bilimlarni anglashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribaga
tayanish kerak”.