Qabul qildi: _O.Bo’tayev________________________________ (F.I.Sh) (imzo)
Guruh № 3.23
Toshkent-2023
O'SIMLIK DUNYOSI BIOLOGIK XILMA XILLIKNING TARKIBIY QISMI Reja:
l. Biologik xilma-xillik 2. Davlatlararo shartnoma va konvensiyalarning tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati. 3. S.Tabiatni muhofaza qilishda davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligi. 4. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish muammolari. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik halokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 5,7 mlrd.dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqiyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yilarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilan hal qilinishi mumkinligi ma'lum bo"lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratilgan: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma va konventsiyalar; 2. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari faoliyati.