Ekologik omillar klassifikatsiyasi. Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga taqsimlash mumkin: 1. abiotik 2. biotik 3. antropogen omillar guruhi.
1. Abiotik omillar- organizmlarga ta’sir qiladigan neorganik muhitning majmua omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning sho’rligi, tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), fizikaviy yoki iqlim (harorat, bosim, yorug’lik, namlik, shamol) omillariga bo’lish mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relyef), geologik va klimatik, abiotik omillarining xilma-xilligi tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
2. Biotik omillar- muhitda uchraydigan organizmlarning hayot-faoliyati, bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular o’rtasidagi munosabatlaridan iborat. Ya’ni bir tirik organizmga, uni o’rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir turli xarakterda bo’lishi mumkin. Masalan: 1. Tirik organizmlar bir-birlariga ozuqa manbai (o’simliklar turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak, ba’zi hayvonlar yirtqich hayvonlarga ozuqa);
2. Bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo’jayin-parazit:sigir, ot, it, tanasi kana, bakteriyalarga, katta daraxtlar moxlar va boshqa epifit o’simliklarga 3). Bir organism ikkinchi organizmning ko’payishiga sabab bo’lishi; 4). Turli organizmlarning boshqa organizmlar yordamida tarqalishi; 5). Bir turning ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta’sir qilishi
3 . Antropogen omillar- insonning hayot- faoliyatining organic dunyoga ta’siridan iborat. Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning tabiatga ta’sir qilishning yangi xillari kelib chiqib, atrof- muhitga salbiy ekologik o’zgarishlar sezila boshlaydi.
4. Abiotik omillarning tirik organizmlarga ta’sir qilish qonunlari. Muhit omillari ta’sirini organizmlar ma’lum chegarada qabul qiladi. Ekologik omillarga organism ma’lum darajada javob reaksiyasini qiladi.
Abiotik omillar organizmlarga to’g’ridan-to’g’ridan (bevosita) va bilvosita ta’sir qiladi. Masalan, muhit harorati o’simlik va hayvonlarga bevosita ta’sir qilib, ular tanasidagi isssiqlik balansi, fiziologik jarayonlar o’tishini o’zgartiradi. Lekin abiotik omildan yorug’lik o’simlikka to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilib, ular tanasida biomass hosil bo’lishiga olib keladi, shu biomassa (yem-xashak, ozuqa) orqali hayvonlarning hayot-faoliyatiga ta’sir ham qiladi.
Turli organism ekologik omillariga turlicha moslashgan. Ba’zilari kuchli yorug’lik va past haroratga o’rgangan. Shuning uchun ham organizmlar turli muhitda uchraydigan mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonlar turli miqdorda ekologik omillarni qabul qiladi. Undan ortiq va kam miqdordagi omillarning ta’siri organizmlarning hayot-faoliyatining pasayishiga olib keladi. Agar ekologik omillar maksimum va minimum darajada ta’sir qilsa, organizmning hayot faoliyati to’xtaydi.
Organizmlarning yaxshi o’sish, rivoshlanish, sharoti optimal abiotik omillar ta’sirida bo’lsa, ularning yomon holati minimal sharoitda, ya’ni abiotik omillarning salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Organizmlarning nobud bo’lish chegara (mintaqa)si, ekologik omillarning haddan ziyod ortiqchaligidan yoki ularning ta’sir qilish kuchlarining kamligidan kelib chiqishi mumkin. Bu holat pesimum mintaqasi deb ham ataladi. Ba’zi mineral moddalarning yetishmasligi minimum darajada bo’lishi, o’simliklarning rivojlanishini sekinlashtirib, hattokiqurib qolishiga olib kelishi mumkin. Ya’ni, tuproqda kaliy, kalsiy, magniy elementlari juda ham zarur hisoblanadi. Lekin yerning tinimsiz ishlatilishi va qo’shimcha mineral moddalarning vaqtida berilmasligidan, ayrim elementlar miqdori tuproqda kamayib, o’simlik normal rivojlana olmaydi. Lekin ayrim mineral moddalarining ma’lum darajasi ekinlar hosilini oshiradi. Ularning ortiqcha dozasi esa o’simlikning nobud bo’lishiga olib keladi.
Har bir organizmning turli ekologik omillarga nisbatan chidash chegarasi bo’lib, shu chidash chegarasiichida (minimum va maksimum) turning ekologik optimum rivojlanish mintaqasi bor. Masalan, O’rta Osiyo sharoitida keng ekiladigan paxtaning shona ko’tarishi, gullashi, ko’sak tugishi va ochilishi ma’lum yorug’lik, harorat, namlik ta’sirida o’tadi. Bordi-yu gullash davrida yuqori harorat bo’lib, namlik yetarli bo’lmasa, paxta shonalarini to’kib yuboradi.
Suv havzalarida temir, azot yoki fosfor birikmalari yetarli bo’lmasa, fitoplanktonni hosil qiluvchi suvo’tlarning rivojlanishi cheg aralanadi, bu holda o’z navbatida baliqlarning asosiy ozuqasi bo’lmish zooplanktonning kamayib ketishiga olib keladi.
O’rta Osiyo daryolari suvi haroratining 20-30 o C gacha ko’tarilishi, suvni «gullashdan» saqlayd. Har bir organism va turning o’ziga xos optimal sharoiti bor. Bu optimal sharoit har xil joydagi turli organizmda turlicha, hattoki ularning rivojlanish davrlarida ham bir xil emas. Masalan, o’simlik urug’larining unib chiqishi, gullashi, meva hosil qilishi yoki baliqning ikra tashlashi (+6+8oC) , ikradan baliqchalarning chiqishi (+12+16o) turli harorat va yorug’likda o’tadi.
XULOSA Turning yaxshi rivojlanishi uchun haroratning qaysi darajasi foydali ekanlogiga qarab, turlar ichida issiq yoki sovuqni sevuvchi: namlikka qarab, quruqlik yoki namlikni sevuvchi: yorug’likka qarab, yorug’likni sevuvchi yoki soya-salqinni sevuvchi: suvning mineral tuzlar miqdoriga qarab, chuchuk suv yoki sho’r suvga moslashgan ekologik guruhlar farqlanadi.
Har bir tur va uning vakili uchun chidamlilik darajasi har xil. Masalan, cho’l, dasht va mo’tadil mintaqalarning o’simlik va hayvonlarni haroratning keng o’zgarib turishiga moslashgan, tropik mintaqalardagi organizmlar haroratning (+5-6oC) o’zgarishiga bardosh bera olmaydi. Turlarning u yoki bu muhit omillarining o’zgarib turadigan doirasiga moslashish xususiyati