Valentlik tushunchasi Xulosa. Sintaktik aloqa haqida


Grammatik shakl valentligi



Yüklə 164 Kb.
səhifə10/11
tarix16.12.2023
ölçüsü164 Kb.
#183718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Valentlik tushunchasi Xulosa.

Grammatik shakl valentligi. Leksemaga grammatik shakl qo‘shilganda ularning birikuvchilari sirasida jiddiy o‘zgarish yuz beradi. Shoirman so‘zshakli – -man shaxs-son qo‘shimchasi bilan birikmasdan oldin, ya’ni shoir leksemasi sifatida men olmoshi bilan birikish ehtiyojiga ega emas edi. Shaxs-son ma’nosini ifodalovchi (-man) qo‘shimchasini qabul qilgach, shunday ehtiyoj tug‘ildi. Bu ehtiyoj, zarurat -man qo‘shimchasida mujassam, u II shaxs birlik son shaxs/son qo‘shimchasining sintaktik ehtiyoji, kengayish talabi, ya’ni valentligi.
Grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan leksemaning lisoniy (ma’noviy va sintaktik) valentligini yo kengaytiradi, yoki cheklaydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilib kelgan ism turkumiga mansub so‘zga qaratqich kelishigi shaklida turgan boshqa ism bilan qaralmish-qaratuvchi aloqasiga kirishish imkoniyatini beradi. Demak, o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik imkoniyatini kengaytiradi. So‘zshakl ma’noviy va sintaktik valentligi shu so‘zshakl uchun asos bo‘lgan leksema lisoniy valentligidan keng. Shunday hodisani orttirma nisbat morfemasi bilan o‘timsiz fe’l leksema birikishida ko‘rish mumkin. Qiyoslang: Mashina yurdi. Bola uxladi. uxla, yur fe’llari vositasiz to‘ldiruvchi bilan birika olmaydi. Lekin Haydovchi mashinani yurgizdi, Ona bolani uxlatdi me’yoriy birikma. Vositasiz to‘ldiruvchi bilan birika olish valentlik qobiliyatini yur, uxla leksemalariga orttirma nisbat morfemasi berdi, boshqacha aytganda, bu fe’lga qo‘shilib kelgach, u morfema o‘z valentligini olib keldi. Ayrim grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan leksemaning lisoniy valentligini toraytiradi.
Masalan, majhul va o‘zlik nisbat shakli o‘timli fe’lni o‘timsizlashtiradi, uning vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish imkoniyatini cheklaydi. Bunga amin bo‘lish uchun kitob leksemasining grammatik shaklsiz va grammatik shakllangan holatida valentlik imkoniyatini taqqoslash kifoyadir. Quyidagi gaplarda esa leksemaning biriktirish imkoniyati kengayganligiga amin bo‘lamiz: 1. Halim kitob o‘qidi. 2. Halim ukasiga kitob o‘qitdi.
XULOSA
Ma’lumki, har bir milliy til o‘z taraqqiyotida mukammallashib boradi: uning grammatik va fonetik normalari barqarorlashadi, lug’at tarkibi esa boyib boradi. Shuning natijasida til eng murakkab fikrlarni chiroyli va har xil formada ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbek tilida teng va tobe bog‘lanish, shuningdek bog’lovchi vositalar an’anaviy tilshunoslikda shakliy-funksional tomondan ancha o‘rganilgan. Bu sohada ko‘pgina maqolalar, monografiya va qo‘llanmalar nashr qilingan. Ammo ulardagi barcha holatlar aniq, ular oxirigacha o‘z yechimini topgan deyish qiyin. Biz kichik tadqiqotimizda sintaktik aloqa turlari haqidagi nazariy qarashlarni umumlashtirish, munosabat bildirishni ma’qul deb bildik.
Aslida ba’zi mustaqil, so‘zlar tilning taraqqiyoti va tarixiy takomillanishi protsessida so‘zlar birikmasi tarkibida qo‘shni so‘zlarga qo‘shilib, enkliza holatida qo‘shni so‘zga tobelanib, ularga biror yo‘sinda singib ketib, shaklan va mazmunan turlicha o‘zgarishlarga uchrab, natijada, mustaqil shaklini, muayyan ma’nosini yo‘qotib o‘zi qo‘shilgan so‘zlar uchun bir affiks vazifasini bajara boshlaydi va shu holatda affiksga aylanadi, degan turlicha ilmiy nazariya’ning haqiqat ekanini tasdiqlovchi bir qancha asosli dalillar mavjud.
Kurs ishi kirish ,asosiy qism ,xulosa ,foyalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat . Mazkur kurs ishida teng va tobe bog’lanishlar, valentliklar ularni hosil qiluvchi birliklar haqida mulohazalar yuritildi.
Prezdidentimiz aytganidek,” O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-manaviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi, ona tili bu millatning ruhidir”1
Tilimizdagi so‘zlar va muayyan grammatik format (affikslarning har biri til va tafakkurning zo‘r ehtiyojlari, hayotning keskin talablari bilan til taraqqiyoti protsessida biror konkret so‘z shaklidan paydo bo‘lgan: -ni, -ning, -ga, -da, -dan kabi kelishik affikslari aslida azaliy emas, ularning har birining o‘ziga xos muayyan tarixi va konkret rivojlanish qonuni borki, ilmiy analiz yo‘li bilan har bir so‘z va har bir affiksning paydo bo‘lish tarixi, rivojlanish qonunlari, taraqqiyot yo‘llarining ochilishi, aniqlanishi mumkin2.
Aslida ba’zi mustaqil, so‘zlar tilning taraqqiyoti va tarixiy takomillanishi protsessida so‘zlar birikmasi tarkibida qo‘shni so‘zlarga qo‘shilib, enkliza holatida qo‘shni so‘zga tobelanib, ularga biror yo‘sinda singib ketib, shaklan va mazmunan turlicha o‘zgarishlarga uchrab, natijada, mustaqil shaklini, muayyan ma’nosini yo‘qotib o‘zi qo‘shilgan so‘zlar uchun bir affiks vazifasini bajara boshlaydi va shu holatda affiksga aylanadi, degan turlicha ilmiy nazariya’ning haqiqat ekanini tasdiqlovchi bir qancha asosli dalillar mavjud.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligining ilg‘or g‘oya va metodlarini o‘zlashtirgan holda uni yangi ilmiy dunyoqarashlar, zamonaga munosib talqinlar, fanning ilg‘or nazariyalari, manbalari bilan boyitishga harakat qilmoqda. Shuning natijasi sifatida A.Nurmonov va N.Mahmudovlar “O‘zbek tili nazariy grammatikasi”ni nashr qildilar.3 Bu ham ilgarigi sintaktik qarashlarga yangi izlanishlar samarasi sifatida katta hissa bo‘lib qo‘shildi va bu sohani jahon tilshunosligidagi chuqur sintaktik ma’lumotlar materiallar bilan to‘ldirdi.
O‘zbek tilshunosligida so‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarda sintaktik aloqalar haqidagi nazariy qarashlar, munosabatlar ham o‘zgarayotganligini aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa kesimning asosiy markaziy bo‘lak ekanligi, ismlar va kelishiklar



Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin